O‘zbekiston chegarachilari qirg‘iz chegarabuzarlarga qarata o‘q uzdi

© IA "Jaxon"O‘zbek chegarachisi
O‘zbek chegarachisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Voqea 9-yanvar kuni Namangan viloyatida shaxsi aniqlanmagan kishilar Respublika hududidan metall trubalarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lganda sodir bo‘lgan.

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Davlat chegarasini qo‘riqlash bo‘limi vakilining so‘zlariga qaraganda, chegarachi otrad O‘zbekiston hududidan metall trubalarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan bir necha kishiga qarshi o‘q uzgan.

Uning so‘zlariga qaraganda, 9-yanvar kuni soat 15:45 atrofida Namangan viloyati, O‘ychin tumani O‘rikzor aholi punkti yaqinida, chegarachilar truba kesayotgan bir necha notanish kishilarni uchratib qolgan.

“Qoidabuzarlar chegarachilar buyrg‘iga bo‘y so‘nmagach, osmonga qarata bir necha marta o‘q uzilgan. Bunga qaramasdan ular o‘z ishini davom ettiravergan.Shundan keyin o‘zbek chegarachilari qoidabuzarlarga qarshi qurol ishlatishga majbur bo‘lishgan”, — dedi chegara qo‘riqlash bo‘limi vakili.

Oqibatda qoidabuzarlardan biri chap oyog‘idan yaralangan va Uychin tumani kasalxonasiga yetkizilgan. Hozirgi vaqtda uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Qolgan qoidabuzarlar qochishga ulgurgan.

Jabrlangan Qirg‘izistonning Jalolobod tumani, Aksiy rayon, Deres aholi punktida yashovchi fuqaro bo‘lib chiqqan.

Shu kunning o‘zidayoq O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara qo‘riqlash xizmatlari vakillari uchrashuv o‘tkazishgan va bo‘lib o‘tgan voqeani muhokama qilishgan. Huquqni saqlash organlari ham ushubu voqea bo‘yicha o‘z tekshiruvlarini olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0