TAShKENT, 17 sen – Sputnik. O‘zbekiston harbiy kuchlari Global Firepower ekspertlarining yangi reytingi bo‘yicha 54 o‘rinni egalladi.
Hozirgi kunda Respublika harbiy kuchlari tarkibida 420 tank, 715 Harbiy mashina, 143 o‘zi yurar qurilmalar, 880 artilleriya qurollari, 109 baravariga o‘q otuvchi qurollar bor. Harbiy-havo kuchlari esa 69 qiruvchi, 89 hujumchi, 49 transport samoletlaridan va 65 oddiy, 25 harbiy vertoletlardan tashkil topgan. Izlanish ma’lumotlariga qaraganda O‘zbekistonning yillik harbiy xarajatlari 70 million dollarni tashkil qiladi.
Dunyo harbiy kuchlari reytingida MDH davlatlari quydagi tartibda joylashgan: Rossiya – 2, Ukraina – 25, Belorus – 45, O‘zbekiston – 54, Ozarbayjon – 63, Qozog‘iston – 66, Armaniston – 74, Gruziya – 75, Qirg‘iziston – 78, Tojikiston – 81, Latviya – 87, Turkmaniston – 90, Litva – 92 va Estoniya – 108.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda harbiy kuchlarni yangilash va qayta jihozlash dasturi amalga oshirilmoqda. Vertoletlar, havo-hujumiga qarshi qurollar va zirhlangan texnikalar, artilleriya tiimlari va aloqa vositalari sotib olinmoqda.
Shu yil yozda AQSh O‘zbekiston armiyasiga 328 zirhlangan avtomobil va Milliy Xavfsizlik vazirligining chegara xizmati uchun 20ta maxsus avtomobil yetkizib berdi.