TOShKENT, 24 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 23-dekabr kuni 2016-yilning fevral – mart oylarida chaqiruv yoshidagi fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish haqidagi qarorni imzoladi, Milliy axborot agentligi xabari asosida.
“Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2016-yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin”, — deyilgan qarorda.
O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmat 12 oy davom etadi. Alternativ xizmat – bir oy. Alternativ xizmat o‘tayotgan yoshlar davlatga kompensatsiya mablag‘i to‘laydi.
Shu bilan bir vaqtda, qarorda, muddatli harbiy xizmat o‘tash muddati tugagan fuqarolar 2016-yilning aprel-may oida Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatilsin, deyilgan.