Rossiya va O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar Vaziri va uning rossiyalik hamkasbi Afg‘onistondagi siyosiy inqirozni tartibga solish masalasini ko‘rib chiqdilar.

TOShKENT, 4 dek ─ Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya davlat kotibi Grigoriy Karasin boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi, Respublika tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra.

Tomonlar bo‘lajak O‘zbekiston-Rossiya siyosiy hamkorligini muhokama qildilar. Uchrashuv davomida Afg‘onistondagi siyosiy inqirozni tartibga solish mavzusiga alohida urg‘u berildi.

Respublika Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muassasa bir kun oldin Rossiya elchisi Vladimir Turdenev bilan BMT, OBSE, YuNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zbek-rus hamkorligi borasida fikr almashgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosobatlar 2004-yilda imzolangan strategik hamkorlik haqidagi va 2005-yilgi Ittifoqlik shartnomalari asosida rivojlanmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0