Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi 26-27 yanvar kunlari boʻlib oʻtmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston prezidentining Qirgʻiziston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida davlat rahbarlari huzurida 20 dan ortiq ikki tomonlama hujjatlar almashinildi.
Undan tashqari prezidentlar uchrashuvi oldidan 26 yanvar kuni Bishkekda boʻlib oʻtgan "Qirgʻiziston – Oʻzbekiston" biznes forumida ikki davlat oʻrtasida taxminan 1,6 milliard dollarlik 50 dan ortiq hujjatlar toʻplami imzolandi.