Prezident Shavkat Mirziyoyev pribыl gosudarstvennыm vizitom v Bishkek. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.01.2023
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi 26-27 yanvar kunlari boʻlib oʻtmoqda.

Bishkekda Mirziyoyev va Japarov oʻrtasidagi rasmiy uchrashuvlar boshlandi - video

© PulatovShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Davlat rahbarini Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov kutib oldi.
TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Qirgʻizistonda boʻlib turgan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy uchrashuvlar oʻtkazish uchun yetib keldi. Davlat rahbarini Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga Oʻzbekiston madhiyasi yangradi. Shundan soʻng Shavkat Mirziyoyev faxriy qoravul va askarlar bilan koʻrishdi.
Qoʻshma yigʻilishdan soʻng bir qator hujjatlar imzolanadi. Bundan tashqari, prezidentlar chegarani demarkatsiya qilish va delimitatsiya qilish boʻyicha parlamentlar tomonidan ilgari qabul qilingan kelishuvlarni imzolashi kutilmoqda.
Tashrif dasturiga koʻra, davlat rahbarlari matbuotga qoʻshma bayonot beradi.
Yangiliklar lentasi
0