Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil gosudarstvennim vizitom v Bishkek. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi 26-27 yanvar kunlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston bilan tashqi savdo hajmi 2,7 barobar oshdi - Qirg‘iziston vaziri o‘rinbosari

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishJeleznodorojniy uzel
Jeleznodorojniy uzel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistondan eksport 44 foizga, import esa 5,6 barobarga oshgan.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. 2016 yildan 2021-yilgacha Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi 2,7 barobarga oshdi. Bu haqda Qirg‘iziston respublikasi iqtisodiyot va savdo vaziri o‘rinbosari Kanatbek Abdrahmanov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistondan eksport 44 foizga, import esa 5,6 barobarga oshgan.
Qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston respublikasi chegarasidagi avtomobil yo‘li (piyodalar), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali yuklarni har olti oyda bir marta qo‘shimcha yig‘imsiz olib o‘tish mumkin. Ro‘yxatga 20 turdagi maishiy va orgtexnika, shuningdek, boshqa turdagi iste’mol tovarlari (har bir buyumdan oyiga ikki kilogrammgacha) kiritilgan. Ushbu tovarlarning umumiy og‘irligi 10 kilogrammdan oshmasligi kerak.
Qirg‘iziston O‘zbekistonga asosan ko‘mir, neft mahsulotlari, qora metall va undan tayyorlangan buyumlar, kulolchilik mahsulotlari, transport vositalari va ularning qismlari, shisha, turli anjomlar va mexanik qurilmalar, plastmassa buyumlari, gips, tosh, sement, qayta ishlanmagan alyuminiy, yog‘och-taxta materiallar, hayvonlar, kartoshka, mevalar va yong‘oqlar eksport qiladi.
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi xomashosi, plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar, o‘g‘itlar, farmatsevtika mahsulotlari, tabiiy gaz, yengil sanoat mahsulotlari, alyuminiy mahsulotlari, mis, shisha, kulolchilik buyumlari, transport vositalari va ularning qismlari, elektr mashinalari va apparatlari, turli jihozlar va uning detallari yuboriladi.
Yangiliklar lentasi
0