Prezident Shavkat Mirziyoyev pribыl gosudarstvennыm vizitom v Bishkek. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.01.2023
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi 26-27 yanvar kunlari boʻlib oʻtmoqda.

Bishkekda Qirgʻiziston-Oʻzbekiston biznes-forumi boshlandi

© PulatovQirgʻiziston-Oʻzbekiston biznes-forumi
Qirgʻiziston-Oʻzbekiston biznes-forumi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.01.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Forum doirasida taxminan 100 million dollarlik hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Bishkekda Qirgʻiziston-Oʻzbekiston biznes-forumi boshlandi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar berdi.
Tadbir Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatga davlat tashrifi arafasida boʻlib oʻtmoqda.
Forumda Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov, Oʻzbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov va iqtisodiyot va sarmoya sohasidagi boshqa davlat tuzilmalari vakillarining chiqishlari rejalashtirilgan.
Qirgʻiziston rasmiylari mamlakatning sarmoyaviy salohiyati haqida videorolik taqdim etadi va Oʻzbekiston-Qirgʻiziston taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyati haqida soʻz yuritishadi.
Taxminan 100 million dollarlik hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Tadbirning ochilish va hujjatlar imzolanish marosimidan soʻng “Iqtisodiy hamkorlik istiqbollari”, “Ishbilarmon hamkorlik va eksport” mavzularida yalpi majlislar, shuningdek, “Mintaqaviy integratsiya va iqtisodiy rivojlanish” mavzularida davra suhbati oʻtkaziladi.
Kunning ikkinchi yarmida B2B uchrashuvlari va Qirgʻiziston-Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun, oʻtgan yilning 11 oyi davomida, ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 500 million dollardan oshdi. Ayni koʻrsatkichni 2 milliard dollargacha oshirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0