Petr Akopov
Qorabog‘dagi urush bizning Kavkaz ortida o‘z ta’sirimizni yo‘qotishga olib kelishi mumkin - bu haqda Rossiyada ba’zilar xavotir, boshqalari (rus imperializmiga qarshi abadiy kurashchilar) umid bilan tobora ko‘proq gapirishmoqda. Modomiki, Rossiya boy berar ekan, bundan Turkiya yutadi - shu bois, mojaro tomonlari birini qat’iy qo‘llab-quvvatlash va turklarni aralashish mumkinmasligi haqida ogohlantirish lozim. Aks holda hammasini qo‘ldan boy beramiz — Armaniston yutqazib, Rossiyadan xafsalasi so‘nadi (va o‘z nigohlarini G‘arbga qaratadi), turk ko‘magi samaradorliligiga ishonch hosil qilgan Ozarbayjonda ham Moskvaga nisbatan sovuqqonlik paydo bo‘ladi.
Turkiya Janubiy Kavkazda eng obro‘li kuchga aylanadi va o‘z maqsadiga erishish istagida Rossiyaga boshqa, birinchi navbatda, Suriya va Liviya yo‘nalishida qasddan xalal bera boshlaydi. Xullas, rus-turk urushlari davri qaytalaydi.
Bu konsepsiya umuman olganda zararli va noto‘g‘ri — Rossiya ushbu mantiqsiz urushda hech kimni qo‘llab-quvvatlamaydi va mintaqada o‘z ta’sirini yo‘qotmagan holda tez orada uning yakun topishiga erishadi. Ammo maqolamizning tepadagi qismida bayon etilgan xavotirlar turk rahbarlarining baland ovozda aytilayotgan bayonotlarini faol oziqlantirmoqda. Ular Rossiya rahbariyatidan farqli o‘laroq, urushni yakunlashga chorlamasliklari ham mayli, balki yo‘l-yo‘lakay Rossiyadan ginalagan holda, Bokuni har qanaqasiga qo‘llab-quvvatlamoqda. Bir qarasangiz, Erdog‘an aynan hozir Tog‘li Qorabog‘ mojarosi abadiy o‘z yechimini topishi, buyuk derjavalar esa bu masalada unga maslahat berishlari kerakmasligi haqida gapirayotgan bo‘ladi:
"AQSh, Rossiya va Fransiya bu masalani 30-yildirki hech hal eta olishmayapti. <...> "Minsk uchligi" deya nom olgan guruh bu muammoga yechim topmadi. Aniqrog‘i, u bu masalani yechmaslik uchun qo‘ldan kelgancha harakat qildi. Endi esa ular aqllilik qilishmoqda va vaqti-vaqti bilan tahdid solishmoqda. To‘lov vaqti keldi. Ozarbayjon o‘z kindigini o‘zi qirqishi lozim".
Bir qarasangiz Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushoglu "Biz muzokaralar stoli atrofida ham, jang maydonida ham Ozarbayjon bilan birgamiz. Bu safsata emas. Ozarbayjonga qanday yordam kerak bo‘lsa, biz bu ko‘makni ko‘rsatishga tayyormiz", deydi va shu bilan birga "butun jahon hamjamiyatiga, xususan, KXShT (OBSE)ga" ikkitalik standartlarga qarshi norozilik bildirishini aytib, murojaat qiladi:
"Bugun biz birgalikda Ukraina va Gruziya hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlamoqdamiz. Bu asoslangan va to‘g‘ri pozitsiya. Ammo, ish Ozarbayjonga borib taqalgach, yerlari okkupatsiya qilingan Ozarbayjonni okkupant-mamlakat - Armaniston bilan tarozining bitta pallasiga qo‘yishadi. Bu pozitsiya tubdan noto‘g‘ri va adolatsiz".
Ya’ni bu bilan Turkiya Rossiyaga o‘zining Qrimni tan olmaganini eslatmoqda. Turkiya Janubiy Osetiya va Abxaziya masalasida ham Rossiyani qo‘llab-quvvatlamaydi, endi esa Moskvaning olovga yog‘ quyishni bas qilishga doir chaqiriqlarini inkor etmoqda.
Nahotki Erdog‘an Putin bilan munosabatlarda chiziqni kesib, rus-turk hamkorligini zarba ostiga qo‘yishga qaror qildi? Turklar 2015-yilning noyabrida bizning Su-25mizni urib tushirgach, to‘qqiz oyga muzlatilgan munosabatlarni qayta tiklashga muvaffaq bo‘lingan bo‘lsa, yangi mojaroga ular dosh berolmasliklari mumkin.
Ammo, barcha jangovar ohanglarga qaramay, Turkiya Rossiya bilan munosabatlarni xatar ostiga qo‘yishni istamaydi - va arman-ozarbayjon urushiga aralashmaydi. Suriyadan olib kelib mojaro zonasiga tashlangan jangarilar haqidagi xabarlar, xuddi, arman Su-25ning turk F-16si yordamida yo‘q qilingani haqidagi xabarlar singari dezinformatsiya. Ammo, Turkiyaning siyosiy aralashuvi, albatta, bor — va u hozirda salmoqli ko‘lam olgan. Anqaraga bu nimaga kerak, u nimaga erishmoqchi?
Rossiyani Janubiy Kavkazdan siqib chiqarmoqchimi? Ammo bu imkonsiz — Kavkaz bir necha asrlar davomida Rossiya va Turkiya uchun raqobat va to‘qnashuv zonasi bo‘lib kelgan va bu to‘qnashuv yakunlariga ko‘ra, u bizning davlatimiz tarkibiga kiritildi.
SSSRning barham topishi Kavkaz ortining Rossiya ta’sir zonasidan chiqqanini anglatmasdi - hatto murakkab munosabatlar, undan so‘ng Gruziya bilan kechgan urush (uning qulashi oqibatida, SSSR barham topganligi, Gruziyaning o‘zi shunga faol intilganligi) haqidagi faktni qabul qila olmagan) Moskvani mintaqadagi nazorat paketidan mahrum qilmagan edi.
Ha, Turkiya allaqachon Gruziyaning yarmini sotib olgan, ha, Ozarbayjon bilan "bir xalqning ikki davlati" munosabatlarda — ammo bu uch respublika tarixiy, iqtisodiy va insoniy jihatdan Rossiya bilan chambarchas bog‘langan.
Hatto Rossiya Federatsiyasi bilan diplomatik munosabatlarga ega bo‘lmagan Gruziya ham Rossiyaga muhtoj: Rossiyada yashovchi gruzinlar, shu jumladan, yirik biznesga egalari ham, keladigan rus turistlari singari respublikaning o‘zidagi Rossiyaning katta xususiy boyligi sanaladi. Ha, Gruziya NATO bilan o‘yinga kirishishga urinmoqda — ammo geografiyani alday olmaysan, Rossiya - davlat bo‘lish rejasi amalga oshmagan Gruziyaning Shimoliy atlantika alyansiga kirishiga keskin qarshi.
Shu bilan birga Moskvani gruzin iqtisodiyotining sekin-asta turklashtirilishi ishlari ham ko‘pam qiziqtirmaydi.
Turkiya Kavkaz ortidagi ta’sirini buyog‘iga ham kuchaytirishda davom etishi mumkin, ammo bunda u Rossiya pozitsiyalarini zaiflashtirish o‘yini evaziga mintaqadan Rossiyani siqib chiqarishga urinmasligi lozim. Erdog‘an esa oxirgi vaqtlarda aynan shunga intilmoqda. Qorabog‘dagi urushni qo‘llab-quvvatlash Erdog‘anga Rossiya Qorabog‘ masalasiga yechim topish uchun Turkiya bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo‘lishi uchun kerak.
Umuman olganda, Chavushoglu ham aynan shu haqda gapirgan edi:
"Prezidentimizdan Putinga takliflar bo‘lgan edi, shuningdek, Lavrov bilan ham muzokaralar o‘tkazilgandi, ammo bu mojaro hech ham o‘z yechimini topmadi. Suriyada birgalikda harakat qilganimizdek, bu yerda ham birga ishlashga urindik, ammo buning iloji bo‘lmadi. Urush to‘xtasin, deb aytishadi. To‘xtasin. Yarashuv e’lon qilish kerak, ammo shu bilan birga Armaniston okkupatsiya qilingan hududlardan ketishi lozim. Bu haqda aytilyaptimi? Yo‘q. Unda masala qanday yechim topadi? <...> Mana o‘ttiz yildirki bu muzokaralar davom etib kelmoqda. Ular hech qanday natija keltirmayapti. Bu masalani hal etish uchun ular hech qanday aniq narsa taklif etilayotgani yo‘q. Biz yaxshi so‘zlar bilan bu ma’lumotni sheriklarimizga yetkazishga urinyapmiz. Ammo bu haqda faqatgina muzokaralar stoli atrofida gapirish yetarli emas. Bu xuddi kar odamga murojaatdek bo‘lib qoladi. Shu bois, bu kabi jarayonlarni muzokaralar stoli atrofida ham, jang maydonida ham olib borish muhim. Biz shunday qilyapmiz. Biz bu yondashuvdan ko‘plab marotaba naf bo‘lganini kuzatganmiz".
Turkiya TIV rahbari ziddiyatlarni ko‘rmayapti — ya’ni, agar Suriyada Rossiya bilan kelisha olgan ekanmiz, bu yerda ham shunday qilish nega mumkin bo‘lmasin? Mumkin emas — negaki, Suriyada u yerda Rossiya paydo bo‘lgan vaqtda to‘rt yildan buyon urush borayotgan edi, Qorabog‘da esa bu urush 1994-yilda yakun topgan. Mumkin emas - chunki Armaniston va Ozarbayjon Rossiya manfaatlari zonasiga kirgani kabi, Suriya ham Turkiya hayotiy manfaatlari zonasiga kirsa-da, Turkiya Suriyada hal qiluvchi ta’sirga ega emas edi. U yakka o‘zi hech qanday ish qilolmasdi — fuqarolar urushi borar, "IShID"* jangarilari tobora ko‘payar, ko‘plab tashqi o‘yinchilar, jumladan, AQSh ham u yerda harakat qilardi. Bashar Asadning mustahkamlanishiga olib kelgan Rossiya bilan hamkorlik, oqibatda Turkiya uchun foydali edi, chunki unga Suriya shimolida o‘z manfaatlarini himoyalashga yordam berardi. Ammo Moskvaga Qorabog‘da Anqara bilan kooperatsiya nega zarur? Rossiya bundan mutlaqo manfaatdor bo‘lmagan urushni boshlab yuborish uchunmi?
Qorabog‘ masalasini muzokaralar stoli atrofida tartibga solishga yordam berish uchunmi? Ammo Turkiyaning vositachi yoki Ozarbayjon vakili sifatida paydo bo‘lishi armanlarni faqatgina qo‘rqitib yuboradi. Eng asosiysi: Rossiyaga o‘z manfaatlari zonasida Turkiya pozitsiyalarining mustahkamlanishiga yordam berish nega kerak? Turklar va ozarbayjonlar - bu deyarli bir xalq bo‘lgani uchunmi?
Ammo ruslar va ukrainlar ham bir, biroq Turkiya G‘arbning Ukrainani atlantizatsiyalash stavkasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Turkiya Erdog‘an davrida mustaqillik dinamikasini oshirgani, oqibatda G‘arbga intilish susaygani va Rossiya bilan munosabatlar kuchaygani (bunda S-400 xaridi ramziy voqea bo‘ldi) bilan, Turkiya hamon NATO a’zosiligicha qolmoqda.
Maqsadi faqatgina Rossiyani tiyib turish emas, balki davlatimizni butun sobiq ittifoq hududidan siqib chiqarishga qaratilgan Alyans a’zosi. Turkiya Kavkazda NATO a’zosi emas, balki milliy davlat sifatida qudratli kuchga ega bo‘lmoqchimi? Bu hozircha shunday, o‘n yildan keyinchi, nima bo‘ladi? Yoki - mabodo Erdog‘anni sodiq natochilar almashtirsa-chi?
Turkiya qachonki NATOdan chiqib, deylik, Yevroosiyo ittifoqiga kirganida, o‘shanda u sobiq SSSRning turkiy xalqlari - xuddi o‘sha Qozog‘iston bilan deylik, yagona maydonda hozir bo‘ladi, o‘shanda Ozarbayjon ham albatta, unga talpinadi.
Hozircha Turkiya Kavkaz orti siyosatida faqatgina bitta usulda ishtirok etishi mumkin — Ozarbayjonni Qorabog‘ tugunini kuch bilan yechishga chaqirishdan tiyilish orqali. Armaniston-Ozarbayjon mojarosi harbiy yechimga ega emas, bu o‘rinda Rossiyaning ishtiroki va ta’siri urushni ma’nosiz qilayotganini aytmasa ham bo‘ladi. Rossiya va Turkiya birgalikda juda ko‘p narsalarga erishdi — va o‘z harakatlarini jahon maydonida muvofiqlashtirishda davom etsa, yanada ko‘proq ishlarni amalga oshirishlari mumkin.
O‘ta murakkab, shu ondayoq yechimni talab etmaydigan (va yechimi bo‘lmagan) qorabog‘ tuguni tufayli butun boshli Rossiya-Turkiya munosabatlarini zarba ostiga qo‘yish o‘ta telbalik bo‘lar edi va ishonch bilan aytish mumkinki, Rajab Erdog‘an bunday ishga aniq qodir emas.
Keskin so‘zlar, ammo strategik qarash (birinchi navbatda Turkiya milliy manfaatlari), oqilona harakatlar va Vladimir Putin bilan kelisha olish qobiliyati - Rossiya-Turkiya hamkorligining misli ko‘rilmagan yuksalish davriga aylangan 17-yillik munosabatlarini xuddi mana shu xususiyat ajratib turardi. Bu munosabatlar Kavkaz uchun rus-turk urushlari natijalarini kavkaz ortiga qaytarishga urinishgamas, balki kelajakka yo‘naltirilgan edi.
*Rossiyada ta’qiqlangan terroristik tashkilot.