Siyosatshunos Gruziya va Rossiya munosabatlari qachon normallashishi haqida

© Sputnik / Alexander ImedashviliPolitolog Ramaz Sakvarelidze
Politolog Ramaz Sakvarelidze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatshunos Ramaz Sakvarelidze Rossiya - Gruziya munosaatlari normallashuvi qachon ro‘y berishi mumkinligi haqida gapirdi.
Politolog: otnosheniya Rossii i Gruzii normalizuyutsya posle spada emotsiy

"Ehtimol (munosabatlar normallashuvi) hissiyotlar bosilgach ro‘y beradi, Rossiya ham tuyg‘ularga berildi, buni inkor etib bo‘lmaydi. Delegatsiyani haydab chiqarishsa, har qanday hukumat ham g‘azablanadi. Ammo, boshqa tomondan, munosabatlarni normallashtirish masalasi kun tartibiga kiritiladi. Bundan yomon kunlar ham boshimizdan o‘tgan, lekin oxir-oqibat, hissiyotlar so‘ngach, Rossiya ham munosabatlarni yaxshilash borasida o‘ylashni boshlaydi", - dedi Ramaz Sakvarelidze Sputnik Gruziyaga bergan intervyusida.

Samolet vo vremya posadki - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya aviakompaniyalariga Gruziyaga uchishni ta’qiqladi

20 iyun kuni RF Davlat Dumasi deputati, Kompartiya a’zosi Sergey Gavrilov Gruziya parlamenti spikeri o‘rindig‘iga o‘tirgani uchun Tbilisida muxolifatchilar norozilik aksiyasini boshlab yuborishgan edi.

Miting tartibsizliklarga aylandi, natijada 200dan ortiq kishi - norozilik namoyishi qatnashchilari va politsiyachilar jabrlandilar.

Ushbu aksiya ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskin o‘zgargani fonida ro‘y bermoqda. Rossiyaga qarshi shiorlar va Gruziya yetakchisining keskin bayonotlariga javoban Moskva 8-iyuldan boshlab Gruziyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlarni bekor qildi.

Yangiliklar lentasi
0