TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Turkiya bilan tez orada ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini tiklaymiz, deb bayonot qildi Putin bugun Rossiyadagi elchilar bilan uchrashuvda. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.
"Kuni kecha, xabaringiz bor, Turkiya prezidenti bilan telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi. Anqara, urib tushirilgan bombardimonchi samolyot uchun Rossiyadan kechirim so‘radi. Shuni hisobga olgan holda, tez orada ya’ni, ikki tomonlama hamkorlikni tiklash uchun chora-tadbirlar ko‘riladi", — dedi Putin.
Rossiya va Turkiya munosabatlarida inqiroz nima sababdan ro‘y bergani haqida esa mana shu yerda o‘qishingiz mumkin.