TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Tog‘li Qorabog‘da Abxaziya va Ozarbayjon o‘rtasidagi mojaroga doir vaziyat Rossiya chegaralaridagi muammolarga aylanib ketishi mumkin, deya bayonot qildi Liberal-demokratik partiya rahbari Vladimir Jirinovskiy RF Davlat Dumasidagi chiqishi vaqtida.
LDPR yetakchisining qayd etishicha, Kavkazdagi mojarolar - SSSR siyosiy xatolari natijasi, mintaqalarga mustaqillik berish va’dasining buzilganligi natijasidir.
"Natijada barcha milliy chegaralari(Rossiya chegaralari - tahr.)da bardak yuzaga keldi. Hali shoshmay turing, O‘rta Osiyo olov ichida qoladi! Hozir gullari bo‘lsa, u yerda hosilini ko‘ramiz", - degan kuchli his-tuyg‘uda siyosatchi.
Shuningdek, deputat Markaziy Osiyoning Afg‘oniston bilan geosiyosiy yaqinligiga o‘z e’tiborini qaratgan.
Jirinovskiyning aytishicha, noo‘ng‘ay vaziyat shunga olib kelishi mumkinki, Rossiya janubiy sarhadlari qochoqlar oqimi va qurollangan uyushmalar hujumlari xavfi ostida qolishi mumkin.
Shuningdek, siyosatchi Turkiyaning mintaqaviy siyosatda faolligiga e’tibor qaratgan.
Jirinovskiyning ta’kidiga ko‘ra, sobiq MDH davlatlari, ayniqsa Markaziy Osiyo mamlakatlarida rus tilidan uzoqlashish siyosati olib borilmoqda.