Turkiya 10 kun ichida S-400 zenit-raketa tizimini oladi - Erdo‘g‘on

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishKompleks PVO S-400 "Triumf" zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole
Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyadan Turkiyaga S-400 zenit-raketa tizimlarini yetkazib berish ishlari boshlanadi.

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini Turkiyaga yetkazib berish ishlari 10 kun ichida boshlanadi. Bu haqda Yaponiyada o‘tkazilgan G20 sammitida Turkiya prezidenti Rejep Toyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Transportno-zarajayushaya mashina kompleksa Iskander-K s krilatimi raketami R-500 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylari yangi S-500 zenit-raketa tizimi bilan ta’minlanadi

U Ankara bu masala Vashington bilan hal qilishiga umid bildirdi. AQSh bir vaqtning o‘zida Rossiyadan S-400 va AQShdan F-35 qiruvchilarini yetkazib berilishi mumkin emas deb hisoblagandi.

“Biz hozircha sanksiyalar haqida hech narsa eshitmadik. Bu masala bu yerdagi muzokaralar yoki Tramp bilan bo‘lib o‘tgan telefon so‘zlashuvlarda yuzaga chiqmadi”, - Turkiya yetakchisining so‘zlarini keltiradi NTV telekanali.

Bundan avval, Turkiya prezidenti Rossiyadan S-400 sotib olish kelishuvi “butunlay yopilgani”ni aytgandi.

Tramp Osaka shahrida o‘tkazilgan G20 sammitida AQSh Turkiyaga Rossiyadan zenit raketa tizimlari yetkazib berilishiga qarshi sanksiyalarni kiritmasligini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0