Kreml Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroga munosabat bildirdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro Rossiya va boshqa mamlakatlarning jiddiy xavotirlanishiga sabab bo‘ladi.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro Rossiya va boshqa mamlakatlarning jiddiy xavotirlanishiga sabab bo‘ladi.  Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“<...> Hozir kim haq, kim aybdor ekanini aniqlashda emas, balki birinchi navbatda aynan harbiy harakatlarni to‘xtatish juda muhim. Rossiya hamisha teng taroziga solingan pozitsiyani egallab kelgan. Aynan bu pozitsiya Rossiyaga bu mojaroni tartibga solish uchun o‘zining ta’siridan va va har ikki mamlakatlar, ham Armaniston, ham Ozarbayjon bilan an’anaviy yaxshi munosabatlaridan foydalanish imkonini beradi”, - dedi Peskov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Situatsiya v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘da 30dan ortiq askar qurbon bo‘ldi

Tog‘li Qorabog‘dagi keskinlik

Tog‘li Qorabog‘dagi tutashuv chizig‘idagi vaziyat yakshanba, 27-sentabr kuni ertalab keskinlashdi. Tan olinmagan respublika Ozarbayjon harbiylari uning hududini, jumladan, poytaxt Stepanakertni o‘qqa tutganini ma’lum qildi. Tinch aholi orasida qurbonlar bor.

Boku va Yerevan vaziyatni keskinlashtirishda bir-birini aylamoqda. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman tomoni o‘t ochgani, ozarbayjon tomoni esa hujumga qarshi amaliyotni boshlaganini ta’kidlamoqda. Armaniston Mudofaa vazirligi Qorabog‘ Ozarbayjon tomonidan havo va raketa hujumiga uchraganini ma’lum qilmoqda.

Armaniston hukumati Tog‘li Qorabog‘dagi hodisalar tufayli mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik joriy etdi. Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rahbariyati ham shunday qaror qabul qilgan.

Ozarbayjon ham Tog‘li Qorabog‘da vaziyat keskinlashgani tufayli qator shaharlar va hududlarda harbiy holat joriy etishga qaror qildi.

Dunyo hamjamiyati tomonlarni bosiqlikka va muzokaralarga chorlamoqda. Jumladan, Rossiya va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirliklari Boku va Yerevanni zudlik bilan o‘t ochishni bas qilishga va muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0