OAV: NATO va YeI Rossiya va Turkiya do‘stlashuvidan havotirga tushib qoldi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRossiya va Turkiya prezidentlari V. Putin va R. Erdo‘g‘onning Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan uchrashuvidan surat
Rossiya va Turkiya prezidentlari V. Putin va R. Erdo‘g‘onning Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan uchrashuvidan surat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
9 avgust kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Vladimir Putin va Toyib Erdo‘g‘on uchrashuvini G‘arb yetakchilari diqqat bilan kuzatdilar. Va, tabiiyki, bu borada o‘z mulohazalarini bildirishni orqaga surib o‘tirmadilar.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Moskva va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanishidan Putin emas, Erdo‘g‘on ko‘proq naf ko‘rsa-da, Rossiya va Turkiya yaqinlashuvini Yevropa Ittifoqi va NATO uchun o‘ziga xos chaqiriq, deya hisoblash lozim, deb yozadi chorshanba kuni Britaniyaning Telegraph nashri, Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan ikki davlat yetakchilari muzokaralariga sharh berar ekan. RIA Novosti xabari asosida.

Rossiya prezidenti V. Putin va Turkiya rahbari T. Erdo‘g‘onning Sankt-Peterburg shahrida uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
"Turk oqimi", charterlar va Suriya: Putin va Erdo‘g‘on uchrashuvining asl mohiyati
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Toyib Erdo‘g‘on ikki davlat munosabatlarida yuz bergan inqirozdan so‘ng ilk marotaba yuz ko‘rishdilar. Uchrashuv davomida Putin va Erdo‘g‘on barcha yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni tiklashga tayyor ekanliklarini bildirishdi, jumladan, savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni jonlantirishga va Suriya bo‘yicha kompromisslar asosida ish yuritishga kelishib oldilar.

"Rossiya va Turkiyaning diplomatik yaqinlashuvi tufayli YeI va NATO o‘ziga xos chaqiriq oldida turibdi", — deb yozadi Telegraph.

Nashrda yozilishicha, Erdo‘g‘on, Turkiyada ison yuz bermasidan oldin "Moskva bilan sovuq urush holati ortiq davom etmasligi lozim, degan qarorga kelgan va Kreml bilan yarashish yo‘llarini izlagan". 

"Amalga oshmay qolgan davlat to‘ntarishi esa, chamasi, ishni yanada osonlashtirdi", — deb yozadi nashr.

"Bizning nazdimizda, YeIdan Erdo‘g‘onning ko‘ngli qolgan, tashkilotning biror bir a’zosi amalga oshmay qolgan isondan so‘ng Anqaraga tashrif buyurmadi. Turkiya prezidenti esa hozirda chor atrofdan o‘ziga ittifoqdosh qidirmoqda. Rossiya va Turkiya munosabatlarining iliqlashuvi esa siyosiy tomondan Suriya uchun qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, NATO uchun ham shu qadar muhimdir", — deb yozadi Telegraph.

Yangiliklar lentasi
0