"Pul pulni topadi, ketmonni ahmoq chopadi". Qishloq xo‘jaligiga tanqidiy nazar

Xalqning bir matali bor: pulni pul topadi, ketmonni ahmoq chopadi! Bu xalq anglagan achchiq haqiqat va uning asrlar oshgan armoni. O‘zbekday mehnatkash xalq aslida bunday matalni to‘qimasligi kerak edi, lekin uyam charchagan ko‘rinadi.
Sputnik

Koronavirus pandemiyasi kasblarga bo‘lgan ehtiyoj va munosabatniyam bir silkitib oldi. O‘zbekistonda vrachlarga bo‘lgan e’tibor jiddiy o‘zgardi. Bugun ularning, ko‘cha iborasi bilan aytganda, "ketmoni uchmoqda".

Koronavirus iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etishga 10 trillion so‘m ajaratiladi - prezident

Internet tarmoqlarida ham foydalanuvchilarning "shu paytga qadar futbolchilarga millionlab pul to‘ladinglar, endi ularning yoniga boring, sizni o‘shalar davolasin", qabilidagi kinoyalar ko‘paydi. Aslida sportchiga birovni davolash uchun haq to‘lashmagan. Shunchaki, omonlik kunlarda ularga ehtiyoj yuqori edi, endi esa odamlarning ko‘ziga o‘z sog‘ligidan o‘zgasi ko‘rinmayapti. Shundan kasblarga e’tibor va munosabat o‘zgarmoqda. Aslida shunday bo‘lishi kerakmi? Qachongacha bir sohani ulug‘lab, ikkinchisi, toki bosh devorga tegmaguncha e’tiborsiz qoldiriladi?

Sovet davrida kasblar ikki turga bo‘lingan: romantik va ommaviy.

Ikkinchi jahon urushi oldidan uchuvchilik, keyinroq kosmonavtlik, undan so‘ng jurnalistlik, yozuvchilik kabi romantik kasblar mavjud edi.

Ommaviy kasblarga esa ta’minot sohasi, savdo, buxgalter, taksichi, qurilishda boshqaruv lavozimlari kirardi. Bu sohalarda oylikdan tashqari, daromad ham bo‘lardi-da.

Keyinchalik, qayta qurish davrida va mustaqillikning dastlabki yillarida hatto jinoyatchilik, o‘g‘rilik ham bir davra ulug‘landi. Jamiyatda qonunlar oyoqosti bo‘layotgan edi.

Mehnat vazirligi qishloqlarda kooperativlar tashkil qilishni boshladi

Buning orqasidan, qonunlarga hurmatni tiklab olish maqsadida, huquqshunoslarga e’tibor kuchaytirildi. O‘shanda huquqiy madaniyatni yuksaltirish shiori o‘rtaga tashlangan.

Bugunga kelib jamiyat yana 30-40 yilga yetadigan yuristlarni yetishtirib bo‘ldi. Albatta, jamiyatda yuristlarning ko‘pligi yaxshi, lekin ular burokratiyani urchitib yuboradi.

Sal o‘tib, bankirlarning omadi yurishdi. Undan keyin axborot texnologiyalari mutaxassislariga e’tibor kuchaydi… Keyinroq tadbirkorlarga, so‘ng o‘qituvchilarga… Mana, tibbiyot xodimlariga navbat keldi.

Jamiyatning ehtiyoji va talablariga qarab kasblarga munosabat ham shakllanib boradi. Biroq sog‘lom jamiyatda hali u, hali bu kasbga e’tibor qaratilavermaydi. Jamiyat hayotida har bir kasbning o‘z o‘rni bo‘lishi lozim. Qaysi soha, qaysi kasb e’tibordan chetda qolsa, tez orada aynan shu yo‘nalishda muammolar boshlanadi.

Mirziyoyev: dehqon dalaga kirdimi, daromad topishi zarur

O‘qituvchi chetda qolgandi, jamiyatda bilimsizlik kuchaydi. Tibbiyot e’tiborsiz qolganda, kasallik avj oldi. Tadbirkorlarsiz iqtisod, ijodkorlarsiz ma’naviyat inqirozga uchraydi.

Jamiyat hayotida kerak bo‘lmagan kasblar sekin asta taraqqiyot davomida o‘z-o‘zidan tarix sahnidan tushib qolaveradi, lekin ularning "oqsuyak" va "qora"larga bo‘linishi rivojlanishga yordam bermaydi.

Bizni o‘ylantirayotgani – kasblar o‘rni almashib, sahnaga chiqib, e’tibordan qolib turaverdi-ku, hech qachon dehqon va chorvador asosiy kasblar qatoriga ko‘tarilmadi.

Mana, shuncha yillik yangi tarixda dehqon bo‘lishni orzu qilgan insonni uchratganmisiz? Dehqonchilik  kasbiga qiziqqan, chorvachilikni ulug‘laganlarni-chi?

Yo‘q!

Tomorqaga ekin ekmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi >>>

Chunki, bu kasblar bilan obro‘ topib bo‘lmaydi? Ular o‘zining mustahkam asosiga ega bo‘lgani holda, deyarli rivojlanmaydi. Ularni rivojlantirish uchun davlat tomonidan e’tibor qaratilmaydi va bunday e’tiborga ehtiyoj ham yo‘q, deb sanaladi. Hali-haligacha dehqonning asosiy quroli ketmon. Shu paytgacha hali hech kim "bu bilan yana qaygacha borish mumkin?" deb savol bermagan.

Mirziyoyev dehqon bilan suhbatda boy bo‘lish sirini aytdi

Ko‘plab yo‘nalishlarda taraqqiyot shu qadar tez ildamlamoqdaki, tasavvur ham qilish qiyin. Biroq ziroatchilikda o‘tgan yuz yildagi o‘zgarishlarni ikki-uch og‘iz so‘z bilan tariflab berish mumkin. Haligacha, "ziroatchi davlat" deyilganda qoloq davlat anglashiladi. Holbuki, insoniyatni boqayotgan, uning buguni, kelajagini ta’minlaydigan asosiy sohaning o‘zi shu. Bu nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda shunday. Bir-ikki farqni e’tiborga olmagan-da, albatta.

Deylik, O‘zbekistonda yerga ishlov berish faqat fuqaroning mehnatsevarligi va yerga mehri orqaligina muqim saqlanib turibdi. Mamlakatda suv tanqisligi yuqori darajaga chiqib borayotgani, har yili qanchalar ekin-tikinlar qurg‘oqchilik sababli nobud bo‘layotganiga qaramay, sohada suvni iqtisod qilish borasida sezilarli natijaga erishilmadi.

To‘g‘ri, tomchilatib sug‘orish haqida gapiramiz, lekin oddiy tomorqalarni sug‘orishda ishlatish mumkin bo‘lgan maxsus sug‘orish uskunalarini ishlab chiqarish xayolimizga kelmaydi (bu asosan shahar sharoitida ishlatiladi). Qishloqlarda bosimli suv tizimi yo‘q. Lekin bu ham kerak. Xitoyni sifatsiz suv purkagich pistoletlariga ham pul sarflayapti xalq. Choralar ko‘rilmoqda, lekin natija yo‘q.

YeOIIga qo‘shilish O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga qanday ta’sir qiladi >>>

O‘zbekiston texnik taraqqiyot mahsulotlarining iste’molchisiga aylanib qolgan. Ularni yaratish, ixtiro qilish sohasida deyarli ishlar qilinmayapti. Yaqin davrlar ichida olamni larzaga soladigan ixtirolar haqida eshitmaganimiz, dehqonlarning asosiy ish quroli haligacha ketmon va kapcha bo‘lib qolayotgani bu fikrni isbotlaydi.

O‘zbekistonda “Aqlli suv” tizimi qachon ishga tushishi ma’lum bo‘ldi

Mamlakatda aniq fanlarga qiziqish va ularni rivojlantirish talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan. Tez-tez o‘zbekistonlik yoshlar matematika, kimyo va boshqa aniq fanlardan nufuzli tanlovlarda g‘olib bo‘lib kelayotganlari haqida ko‘p o‘qiymiz, eshitamiz. Lekin bu g‘alabalar oxir-oqibatda hech qanday natija bermaydi.

Mamlakatda aniq fanlar, texnikaga qiziqish yoshlarda juda tez barham topib ketadi. Matematikadagi yutuqlari bolani oxir oqibat faqat bir yerga – bankirlikka, hisobchilikka boshlab keladi. Texnikaga qiziqishi esa deyarli hech joyga olib bormaydi ham. Sababi, mamlakatda mualliflik huquqi to‘g‘risida normalar qog‘ozda bor, amaldachi? Nechta ixtiro qilingan?

Agar texnika tarixiga nazar solsak, bugun insoniyat hayotini yengillashtirishga qaratilgan har qanday yangiliklar, ixtirolarning deyarli barchasi AQShda yaratilganiga guvoh bo‘lamiz. Insoniyat o‘z taraqqiyoti uchun AQShdan minnatdor bo‘lishi lozim (to‘g‘risi, bu davlatga sig‘inish tarafdori emasman, lekin haqiqat, ya’ni biz bilgan haqiqat shunday, balki bu ularning targ‘ibot mashinasi o‘ta kuchliligidandir. Ehtimol…).

Buxorolik ixtirochi-ustalar Alisher Usmonovdan umid qilishmoqda

Aslida gap AQSh fuqarolarining aqlliligida ham emas, gap ular yaratgan tizimda. Tizim kimdir, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, nimadir yaratgan bo‘lsa, uni tan oladi va albatta himoya qiladi. Himoya qilganda ham, bor-yo‘g‘i to‘rt-besh yil va o‘z mahallang, shahring, mamlakating doirasida emas.

Bu esa butun dunyodan borib, o‘z ixtirolarini AQShda ro‘yxatdan o‘tkazishga yoki ularga sotishga sabab bo‘ladi. Qisqasi sog‘lom ijodiy muhit shakllangan.

Bir paytlar O‘zbekistonda eng ko‘p mutaxassisni hozirgi Texnika universiteti yetkazib berardi. Unda 36 ming talaba tahsil olishini aytishardi. Bu qanchalar haqiqatga yaqin, aniq bir nima deyish mushkul, lekin bugun O‘zbekistonning xohlagan burchagiga borib, Politexnika institutini tugatgan dehqon, chorvador, bekorchiga duch kelish mumkin. "Gastarbayter"lar orasida qancha bo‘lsa ular?

Uzbekistan Airways 4 ta Boeing samolyotini sotuvga qo‘ydi

Bu nafaqat ish o‘rinlarining kamligi (yaxshi muhandis har qanday sharoitda ham o‘ziga ish o‘rni yaratib oladi) balki ta’lim sifatining tushib ketgani, ta’limning hayotdan uzilib qolgani va kadrlar sifati masalasini, qolaversa ixtirolar bilan kun ko‘rib bo‘lmaslik natijasi.

O‘zbekistonda samolyot zavodi bor edi, traktor zavodi ishlardi. Ikkalasi ham bankrotga uchradi. Samolyot mayli, uni ishlab chiqarish imkoni bo‘lmaganini tushunish mumkin, lekin O‘zbekiston istaymizmi, yo‘qmi, agrar davlat. Aholining asosiy qismi qishloq xo‘jaligida band. Shunday ekan, nega traktor zavodi yopilishi kerak?

Aslida fuqaroning texnikaga qiziqishi yo‘qligi sababli emas, aynan yuqorida keltirilgan holat tufayli yuzaga kelgan – hech kim yangilik qilishdan manfaatdor emas. Buning ustida tizim ham buni rag‘batlantirmaydi. Yaratishdan ko‘ra, sotib olish ma’qul ko‘riladi.

"Yetmish marta o‘ylash zarur": Mirziyoyev avtomobillar narxi borasida o‘z fikrini bildirdi

Mana, O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaradi. Oqibatda esa fuqaro qimmat narxda mashina olishga majbur. Sababi – o‘sha gap: O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaradi.

Bunaqa ishlab chiqarishning ijobiy tomoni sifatida birinchi navbatda 20 mingdan ortiq fuqaroning ish bilan ta’minlangani ko‘rsatiladi. Albatta, buyam kerak. Bora-bora, agar to‘g‘ri siyosat yuritilsa, mutaxassislar tayyorlansa va mualliflik huquqi  ta’minlansa, O‘zbekiston ham o‘z avtomobillarini mustaqil ishlab chiqarishga erishar. Lekin qachon? Oradan o‘tgan yigirma besh yildan keyin ham, mutaxassislar avtomobilning qimmatlashish sababini chetdan keltirilayotgan ehtiyot qismlarning qimmatligida deb ko‘rsatishmoqda. Demak, bu borada mustaqil ishlash uchun bir qadam ham qo‘yilmagan.

Hozir jahon iqtisodi shunday – bir mamlakatning yakka o‘zi ko‘p narsani eplolmasligi mumkin, chetda ishlab chiqarilgan jihozlar zarur bo‘ladi. Hamma gap o‘sha jihozning muallifligi kimga tegishliligida.

Bugun, dunyo bozorini yirik kompaniyalar egallab olganda ularga qarshi turish mushkul, bunisi tushunarli. Lekin tan olish lozim, har doim, har qachon bozorlarning o‘z egalari bo‘lgan. Aytishadi-ku, Xitoy minglab yillar davomida o‘z bozorlarini himoyalash maqsadida devor qurgan, aslo bosqinchilardan himoyalanish uchun emas.

Virusga zarba: O‘zbekiston bu yil oziq-ovqat masalasini qanday hal qilmoqchi?

Yaqin tarix ko‘rsatmoqdaki, agar biron bir bozorga kirishning imkoni bo‘lmasa, yangi bozor yaratish lozim.

Mualliflik huquqining yaxshi ta’minlanmaganligi, ixtirolarning davlat tomonidan to‘liq himoyalanmasligi texnik taraqqiyotni oyog‘idan tortayotgan bir holat bo‘lsa, ikkinchisi, bu O‘zbekistonda ilm-fanning amaliyotdan deyarli uzilib qolgani. Ilm-fan o‘z yo‘licha, amaliyot o‘z holicha yashab kelmoqda. Ularning bir-biriga umuman aloqasi yo‘qday tasavvur paydo bo‘ladi gohida.

Ilm to‘rachilik komiga butkul botib bo‘lgan. Esingizda bo‘lsa, yuqori minbarlardan turib, ilmiy ishlarning ma’lum qismi ko‘chirmakashlik mahsuli ekani aytildi. Qolganlari-chi?

Qishloq xo‘jaligi, texnika yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy ishlar qancha-yu, olimlar qancha? Nechta-nechta institutlar ishlaydi. Lekin paxta yetishtirishda yildan yilga orqaga ketilmoqda. Ilgari terimda mashinalar ma’lum darajada ishtirok etardi, bugunga kelib u butkul qo‘l mehnatiga tayanib qoldi.

O‘zbekiston aholisi: tug‘ilganlar, migratsiya, nikoh va ajrashganlar soni

Qishloq xo‘jaligini noqulay ob-havo sharoitidan himoya qilish tizimi deyarli yaratilmagan, yaratilgan bo‘lsa ham ishlamaydi. Kuni kecha kuzatilgan qorli kunlarning sohaga yetkazgan zarari uchun kim javobgar. Nega bunga qarshi tegishli choralar ko‘rilmadi. Qachongacha "ob-havoning noqulay kelganligi sababli" degan so‘zlar ortiga yashirinamiz?

O‘zbekistonda paxta terimini mexanizatsiyalash jadallashtiriladi >>>

Yaqin yillarda mamlakat chegaralari qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksporti uchun ochilganda, xalq, narx-navo oshishiga qaramay, sevingan: nihoyat sohaga pul keladi, rivojlanish bo‘ladi, chet davlatlarda ishlab yurgan millionlab vatandoshlar ortga qaytadi, degan umid bo‘lgan. Biroq o‘zgarish sezilmadi. Haligacha o‘sha ketmon, haligacha qishloq xo‘jaligining butun og‘irligi bolalar va ayollar zimmasida. Chunki bir vaqtlar yerni tizginlab, zamonni beshigini tebratgan erlar hayot elagidan tushib qolmaslik uchun pul topish maqsadida chet ellarda yurishibdi.

O‘zbekiston hukumati migratsiyani qisqartirmoqchi

Xalqning bir matali bor: pulni pul topadi, ketmonni ahmoq chopadi!

Bu xalq anglagan achchiq haqiqat va uning asrlar oshgan armoni. O‘zbekday mehnatkash xalq aslida bunday matalni to‘qimasligi kerak edi, lekin uyam charchagan ko‘rinadi.

Innovatsion qishloq xo‘jaligi haqida gapirilyapti, tomchilatib sug‘orish haqida so‘z bormoqda. Qishloq xo‘jaligini boshqarish uchun alohida ikkita vazirlik ham tashkil etildi. Natija esa ko‘rinmayapti.

Bir qarashda qishloq xo‘jaligida shundan o‘zga ish qilib bo‘lmaydiganday, hammasi aniq, axir: urug‘ unadi, ko‘karadi, hosil beradi, gohida sovuq ham urib ketadi. Sikl shu!

Biroq, bir paytlar AQShda 3 foiz aholi qishloq xo‘jaligida bandligini aytishardi. Demak, 3 foiz aholi 97 foizini boqqan.

O‘zbekistonda bu borada aniq raqam aytish imkoni bo‘lmasa-da, vaziyat butkul o‘zgacha. Buyam texnika va texnologiyalarning joriy etilmasligi hisobiga.

Yashil yo‘lak, yoxud Rossiyaga O‘zbekiston meva-sabzavotlari eksportini qanday ko‘paytirish mumkin

O‘zbekiston prezidenti keyingi kunlarda o‘tkazilayotgan selektor yig‘ilishlarida, chiqishlarida qishloq xo‘jaligiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Bog‘lar, ekin maydonlari yaratish, ularni lizing asosida dehqonlarga berish masalasi o‘rtaga tashlandi.

Anchadan buyon qishloq xo‘jaligi davlatning keskin aralashuviga muhtoj edi. Balki umuman davlat tomonidan tinch qo‘yilishini istayotgandir? Shunday deymiz-ku, lekin global miqyosda hal etilishi lozim bo‘lgan muammo – suv muammosi bor ekan, davlat keskin aralashmasa bo‘lmas…

O‘tgan asrning 50-60 yillarida qishloq mehnatkashlarini ulug‘lash bilan birga ularning muammolarini ko‘tarib chiqa olgan yirik adabiy asarlar yaratilgan (Oybek - "Oltin vodiydan shabadalar", A.Qahhor – "Sinchalak", Said Ahmadning qator hikoyalari). Nega bugun adabiyotimizda bugungi qishloq hayotini, qishloqdagi zamondoshlarimizning kechinmalarini ko‘tarib chiqqan asarlar yaratilmayapti? Yaratilganlari esa o‘quvchi "imtihonidan" o‘ta olmayapti. Adabiyotning ham taraqqiyotda o‘z o‘rni bor, axir.

Har holda nimadir o‘zgarishi lozim. Ko‘chada nafaqat koronavirus, balki XXI asr ham kezib yuribdi.