Mirziyoyev dehqon bilan suhbatda boy bo‘lish sirini aytdi

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyev ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ishtixon tumani Xina qishlog‘ida yashovchi Toshquvvat Rajabov xonadoniga tashrif buyurdi. Prezident suhbat davomida qanday qilib farovon hayotga erishish mumkinligi masalasiga to‘xtaldi

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

"Yetmish yoshdan oshgan Toshquvvat otaning tomorqasini ko‘rgan odamning havasi keladi. Hamma joy saranjom-sarishta. Mevali daraxtlar, meva-sabzavotlar ekilgan. Mo‘’jazgina issiqxona tashkil etilgan", — deb ta’kidlangan xabarda.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident berilgan vazifalar ijrosi bilan tanishish uchun Samarqandga keldi
"Bir gapni har doim aytaman: hech kim chetdan kelib bizga bir narsa qilib bermaydi. Boqimandalik, befarqlik eng yomon illatlar. Dunyoda harakatsiz boy bo‘lgan davlat ham, xonadon ham yo‘q-ku! Biz ham farovonlikka faqat o‘z mehnatimiz, o‘z harakatimiz bilan erishishimiz mumkin.

Mana, masalan, Xitoyda 8 sotix yeri bor odam badavlat hisoblanadi. Bizning qishloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Undan samarali foydalanilsa, xalqimiz bemalol boy yashasa bo‘ladi. Biz odamlarni ish bilan ta’minlash, oilalarga daromad manbai yaratish haqida o‘ylayapmiz. Tomorqa — tayyor ishchi joy, tayyor daromad", deya ta’kidladi O‘zbekiston rahbari.

Mirziyoyev tomorqachilik bo‘yicha Samarqand tajribasi qilish, aholiga ko‘chat va urug‘ tarqatish, o‘simliklarni kimoviy vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0