O‘zbekiston hukumati migratsiyani qisqartirmoqchi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPribitie poyezda Tashkent-Moskva
Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2030-yilga kelib respublikada iqtisodiy faol aholining soni 17% ga oshadi.

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘zbekiston hukumati 2030-yilgacha mehnat migrantlari sonini 16,6% gacha (2018 yildagi 1,96 million kishi bilan qiyoslaganda) qisqartirishni rejalashtirgan, deya respublikada 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlanish konsepsiyasi loyihasiga asoslanib, RIA Novosti agentligi xabar qiladi.

2030 yilga kelib, mamlakatdan tashqariga ishlash uchun chiqib ketayotgan iqtisodiy faol aholi sonini 2018-yilgi 15,6%dan 11,1%gacha qisqartirish ko‘zda tutilgan. 

Skladirovanie i kontrol kachestva produksii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik mehnat migrantlarining soni ma’lum qilindi

Loyihada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2030-yilda mamlakatda iqtisodiy faol aholi soni 17% ga, ya’ni 2018-yilgi 15,099 milliondan 17,707 million kishiga o‘sishi kutilmoqda. Shunday qilib, migrantlar soni 2,355 milliondan 1,965 million kishigacha qisqaradi va pasayish sur’atlari 16,6%ni tashkil etadi.

Vazirlik prognozlariga ko‘ra, aholining o‘sish sur’atlari yillik o‘rtacha 1,3%ni tashkil etishi barobarida, 2030-yilda mamlakat doimiy aholisining yillik o‘rtacha soni 18,4% ga o‘sib 38,6 million kishini tashkil etadi.

Mehnat migratsiyasini kamaytirish choralari qatorida xususiy tadbirkorlik sektorida yangi ish joylarini hosil qilish uchun ushbu sektor daromadlariga bo‘lgan soliq yukini pasaytirish, mehnat bozorida tanglik kuzatilayotgan viloyatlarda yangi korxonalarni barpo etish hamda ish beruvchilarni ishchi kuchini yollashga bo‘lgan intilishini rag‘batlantirish maqsadida Mehnat kodeksini qayta ko‘rib chiqish kabilar o‘rin olgan.

Passajiri poyezda Tashkent - Moskva, pribivshego na Kazanskiy vokzal, na platforme - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mehnat migrantlariga uy beriladi

Ko‘rsatilgan choralarning amalga oshirilishi mahalliy iqtisodiyotda ish bilan band aholi sonini 14,6 milliongacha (+1,3 barobar) oshirish imkonini yaratadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekistondan tashqarida mehnat qilayotganlar soni 2,6-3 million kishiga teng (iqtisodiy faol aholining taxminan 20%). RF IIV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadagi barcha migrantlar sonining 10% izini tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0