O‘zbekistonda “Aqlli suv” tizimi qachon ishga tushishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishMagistralniy orositelniy kanal v Krasnodarskom krae
Magistralniy orositelniy kanal v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Aqlli suv” qurilmalari suv xo‘jaligi obyektida suv sarfini onlayn kuzatish imkonini beradi va suvni isrof qilishga yo‘l qo‘ymaydi.

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Shu yil noyabr-dekabr oylarida “Aqlli suv” qurilmalari o‘rnatiladi va yagona tizimga ulanadi. Bu haqda O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Hamrayev Shavkat ma’lum qildi.

“Bugungi kunda 61 ta nuqtaga mo‘ljallangan “Aqlli suv” qurilmalari O‘zbekistonga olib kelindi, shu yil noyabr-dekabr oylarida ular o‘rnatiladi va yagona tizimga ulanadi”, - dedi vazir Xalqaro press-klubdagi "O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muamolarni hal qilishning yangi davri" mavzusiga bag‘ishlangan anjumanda.

Uning ta’kidlanishicha, mamlakatning eng ko‘p suv talab etadigan hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasidir. Chunki Qoraqalpog‘iston yeri sho‘r va aholisi sholichilik bilan shug‘ullanadi. Bu omillar hududning suvga bo‘lgan talabini oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev vazirlikka 61 ta suv xo‘jaligi obyektida suv sarfini onlayn kuzatish imkonini beruvchi “Aqlli suv” tizimini joriy etish vazifasini topshirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0