Buxorolik ixtirochi-ustalar Alisher Usmonovdan umid qilishmoqda

Obuna bo‘lish
Yangi traktor metan gaz va dizel yonilg‘isi aralashmasida ishlaydi. Bir gektar yerga ishlov berish uchun 5 litr dizel yonilg‘isi va 20 kub gaz kerak bo‘ladi.

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Buxoroning Jondor tumanida joylashgan qishloqlardan birida yashovchi ota-bola ustalar Shaxob Qorog‘diyev va Shuhrat Suvonovlar traktor yasab chiqishdi. Buning uchun ularga 5ta eski avtomobil ehtiyot qismlari va 10-yil vaqt kerak bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ota-bola ustalar Shaxob Qorog‘diyev va Shuhrat Suvonovlar
Buxorolik ixtirochi-ustalar Alisher Usmonovdan umid qilishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Ota-bola ustalar Shaxob Qorog‘diyev va Shuhrat Suvonovlar

Ustalar aytishiga qaraganda yangi traktor ham tejamkor ham arzon chiqqan. U metan gaz va dizel yonilg‘isi aralashmasida ishlaydi. Bir gektar yerga ishlov berish uchun yangi traktorga 5 litr dizel yonilg‘isi va 20 kub gaz kerak bo‘ladi.

Masalan “Keys” traktorlari xuddi shunday maydonga ishlov berish uchun 50 litr yonilg‘i yoqadi. Bizni traktor esa undan 10 baravar tejamkor. Uning og‘irligi esa 3,840 tonna – bu “Magnum”dan ko‘ra 5-marta yengil degani, - deydi 24 yoshli Shuhrat Suvonov.

Bugungi kunga qadar yangi traktor ming gektardan ortiq yerga ishlov berishga ulgurgan. Fermerlar aytishiga qaraganda dala yerlari murakkab bo‘lgan hududda ana shunday texnika juda qo‘l kelgan bo‘lardi.

“Buxoro yeri dala yerlarida tuz ko‘proq. Xorijiy texnika juda og‘ir va u yerga katta bosim o‘tkazadi. Bizni traktor esa – juda yengil, shuni uchun mahalliy dalalar uchun undan foydalanish qulayroq”, - deb izoh berdi katta usta Shaxob Korog‘diyev.

Qishloq hududida yashayotgan ustalar, dehqonlar mashaqqatlaridan juda yaxshi xabardor va qishloq xo‘jalik texnikasi yetishmovchilik muammosini ham yaxshi bilishadi. Ular aytishiga qaraganda, bir dona traktor narxi 450 million so‘m (48 000$).Xuddi shunday xorijiy texnika esa kamida 600 mln (64 ming $).

Silniy duxom mujchina — kak Aytbek, sidya na kolyaske, sobral moshniy traktor - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonlik nogiron usta uyida traktor yasadi

Ixtirochi ustalar barcha sir va “nou-xau”larni ochiqlashni istamasada, shunisi ma’lumki traktorda Nissan avtomobilining dvigateli o‘rnatilgan. Yurish qismi har xil sovet avtomobillaridan olingan. Kuzovi esa – to‘liq  o‘zlarining ishi.

Ustalar o‘z ixtirolarini O‘zbekistondagi intellektual mulk agentligida ro‘yxatdan o‘tkazishgan va yaqin orada patent olishni rejalashtirishmoqda. Shu bilan birga ustalar turli biznes-forumlarda ishtirok etishmoqda.

“Besh yuzga yaqin fermerlar bizdan ushbu traktorlarni sotib olishga tayyor. Investitsiyalar bo‘lganda allaqachon ishga kirishgan bo‘lardik. Bir kun Toshkent Traktor zavodi vakili ham kelgandi. Uning aytishiga qaraganda bunday traktor ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish liniyasi qurish kerak. TTZ esa faqat jamlash bilan shug‘ullanarkan”, - deydi Qorogdiyev.

“Men Alisher Usmonov innovatsion g‘oyali yosh ixtirochilarni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi haqida eshitgan edim. Menimcha, bu aynan shunday loyiha bo‘lishi mumkin. U kishi bizni eshitib g‘oyalarimizni amalga oshirishga yordam beradi deb umid qilaman”, - deydi Shuhrat.    

Hozircha ushbu traktor Jondor tumanida dehqonlar hojatini chiqarmoqda. U soatiga 60 km tezlikda harakatlanishi mumkin, lekin uning asosiy afzalligi – tejamkorligidir. Ixtirochilar unga investorlar e’tibor berishini kutishmoqda.

© SputnikSelskie izobretateli obsujdayut mashinu s mestnimi fermerami
Buxorolik ixtirochi-ustalar Alisher Usmonovdan umid qilishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Selskie izobretateli obsujdayut mashinu s mestnimi fermerami
Yangiliklar lentasi
0