TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Oxirgi bir necha yillar davomidaO‘zbekiston yoki Tojikistonfuqarolari Rossiyada qayerda va qanday qilib qonuniy tug‘ishlari mumkinligi masalasi – eng munozarali masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Qonunda ushbu masala bo‘yicha tug‘ayotgan ayol va tibbiy xodimlarning majburiyatlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramasdan, hayotda ularni bajarmaslik holatlari tez-tez uchrab turadi.
Sputnik Tojikistonmuxbiri Xalqaro “Qizil xoch” (XQX) jamiyatining sog‘liqni saqlash masalalari koordinatori, tibbiyot fanlari doktori Davron Muxamadiyev bilan ushbu mavzuda suhbat qildi.
Asli tojikistonlik bo‘lgan Muxamadiyev uzoq yilllar davomida o‘z vatandoshlariga tibbiy masalalar bo‘yicha turli maslahatlar berib keladi.
— Davron Mansurovich, Rossiyada homilador xorijiy fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish masalasi qanday kechmoqda?
— Ushbu masalaning ikki tomoni bor: teoriya va pratika. Rossiyada xorijiy fuqarolarga, jumladan homilador ayollarga ham tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha huquqiy baza yomon emas. Teoriyada u boshqa mamlakatlardagidan qolishmaydi, lekin uning amalda bajarilishi, aksariyat holllarda, ko‘ngildagidek emas.
Rossiya hududida xorijiy fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha asosiy normativ hujjat, bu – Rossiya hukumatining 2013-yil 6-mart kuni qabul qilingan 186-sonli “Rossiya Federatsiyasi hududida xorijiy fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish Qoidalari” nomli qaroridir.
Ushbu Qoidalarning 3 bandiga ko‘ra, xorijiy fuqarolarga bepul tibbiy xizmat inson hayotiga xavf soladigan, kuchli og‘riq bilan bog‘lik quyidagi hollarda ko‘rsatilishi shart:
- kutilmagan o‘tkir kasallikka chalingan hollarda;
- surunkali kasalliklar zo‘rayganda;
- yurak xuruji tutganda;
- o‘tkir pnevmoniya (o‘pka shamollashi);
- bosh-miya jarohati, suyaklar sinishi, chiqishi holatlarida;
- lat yeyish, kesish, kuyish, zaharlanish holatlarida;
- YTH oqibatlarini bartaraf etish uchun;
Shuningdek, jigardagi tosh, gastrit kuchayishi, oshqozon yarasi va bola tug‘ish ham inson hayotiga xavf soluvchi holatlar hisoblanadi.
Bunday hollarda, (tibbiy sug‘urta bor-yo‘qligidan qat’iy nazar) zudlik bilan tez yordam brigadasini chaqirish kerak.
— Chaqirilgan tez yordam brigadasi, homilador ayoldan tibbiy sug‘urta raqamini so‘rasa nima qilish kerak?
— Hayotda bunday hollar ham uchrab turadi, tez yordam xodimlari noqonuniy ravishda xorijiy fuqarolardan Majburiy sug‘urta polisi raqamini talab qilishadi, u bo‘lmagan taqdirda be’morga tibbiy yordam ko‘rsatishdan bosh tortishadi.
Tibbiy xodimlarning bunday hatti-harakati, aslida Rossiya qonunlarini qo‘pol ravishda buzishdir.
Qonunda aytilishiga ko‘ra, inson hayotiga xavf soluvchi, favqulodda holatlarda yoki surunkali kasalliklar kuchayganda – tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish uchun, migrantlarda tibbiy sug‘urta bo‘lishi talab qilinmaydi.
Agar tibbiy xodim sizga shunday talab qo‘ysa, ularning harakatlari noqonuniy ekanini aytishingiz va tuman yoki viloyat tibbiy muassasasi rahbariyati bilan “qaynoq liniya” orqali bog‘lanishingiz mumkin.
Inson hayotiga xavf soluvchi, favqulodda holatlarda kasalxonaga yotqizish kerak bo‘lganda ham ana shu qoida amal qiladi. Ushbu qoida faqat davlat tibbiy muassasalari uchun amal qiladi. Xususiy klinikalar uchun emas. Buni bilib qo‘yish muhim.
— Ushbu qonunga ko‘ra, tug‘ish jarayonida ham bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi mumkinmi?
— Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, barcha davlat tibbiyot muassasalari chet el fuqarolariga tug‘ish vaqti bepul tibbiy yordam ko‘rsatishlari shart.
Bugungi kunda davlatga qarashli tibbiy muassasalari pul ishlash huquqiga egadir. Shuning uchun ular turli yo‘llar bilan homilador ayollardan pul olishga harakat qilishadi. Masalan, chaqaloq tug‘ilganidan keyin uni onasi bilan pullik palatada joylashtirib yoki boshqa uslublar bilan.
Aslida esa, agar ona va bolaning holati yaxshi bo‘lsa tug‘ilganidan uch kun o‘tib ularga uyiga javob berish mumkin.
— tug‘ruqxonadagilar muddatidan oldin tug‘ilgan bolaga qarash uchun pul talab qilgan holatlarda nima qilish kerak?
— Boya aytganimizdek, inson hayotiga xavf soluvchi holatlarda (yangi tug‘ilgan bola hayotiga), tibbiy muassasa bepul yordam ko‘rsatishi kerak.
— Ushbu qonunga ko‘ra, ayollarga homiladorlik holati bilan bog‘liq bo‘lgan bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi mumkinmi?
Homiladorlik vaqtida olib boriladigan tibbiy kuzatuv masalasi juda jiddiy. Bu yerda turli maqomga ega bo‘lgan yoki turli mamlakatlardan kelgan migrantlar uchun turli imkoniyatlar mavjud.
Agar fuqaro YeOII mamlakatlaridan (Armaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Belarus),biridan kelgan bo‘lsa, ular hech qanday muammosiz Majburiy sug‘urta polisi olib, Rossiya fuqarolari kabi, barcha xizmatlarni bepul olish huquqiga ega bo‘ladilar. Yashashga ruxsatnomasi bo‘lgan migrantlar uchun ham ushbu qoida amal qiladi.
MDHning boshqa mamlakatlaridan kelgan fuqarolar, Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta sotib olib, uning yordamida o‘zlariga yaqin bo‘lgan ayollar maslahatxonalariga biriktirilishlari mumkin. Ayollar maslahatxonalarida homiladorlik vaqtida kerak bo‘ladigan barcha kuzatuv, tekshiruvlar va boshqa tibbiy amaliyotlar bepul amalga oshiriladi.
— Tojikiston yoki O‘zbekistondan kelgan, qonuniy ishlayotgan mehnat migranti homilador bo‘lib qolsa, u qanday qilib sifatili tibbiy xizmat olishi mumkin?
— Qonuniy ishlayotgan barcha migrantlar ko‘ngilli tibbiy sug‘urtaga ega. Aksariyat hollarda, bu sug‘urtaning eng arzon turi bo‘lib, u homiladorlik bilan bog‘liq xarajatlarni qoplamaydi.
Mehnat migrantlari uchun eng yaxshi yo‘l: 20–25 ming rublga, barcha kerakli tibbiy xizmatlarni o‘z ichiga oldgan, xususiy klinikalarning homiladorlikka ixtisoslashgan tibbiy sug‘urtasini sotib olishdir.
— Rossiyada rasman ishlaydigan Tojikiston fuqarosi dekret ta’tili olishi mumkinmi?
— Menimcha, bu mehnat qilayotgan shaxs qaysi mamlakatdan kelganiga bog‘liq. Agar ushbu davlatlar orasida o‘zaro pensiyalar bilan ta’minlash haqida shartnoma bo‘lsa, bu mumkin.
— Aholi orasida shunday gap bor – agar Tojikiston fuqarosi Rossiyada tug‘sa, bola avtomatik ravishda Rossiya fuqaroligini oladi deyishadi, shu gap rostmi?
— Yo‘q, bunday emas. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, fuqarolik masalasi bola balog‘at yoshiga yetganidan keyin hal qilinadi.
— Siz o‘z tajribangizda xarajatlarini to‘lamagani uchun Tojikiston fuqarosini tug‘ruqxonadan chiqarishmaganining guvohi bo‘lganmisiz?
— Aslida bu qonunbuzarlik, lekin shunday holatlar uchrab turadi. Bunday hollarni oldini olish uchun shunday maslahat berish mumkin: yotib davolangan vaqtingizda hech qanday hujjatlarga, ayniqsa to‘lov asosida xizmat ko‘rsatish shartnomasiga imzo qo‘ymaslik kerak. Agar sizni majburlashayotgan bo‘lishsa – sog‘liqni saqlash boshqarmasiga telefon qilish kerak.
Bunday masalalarda elchixonalarga murojaat qilish befoyda. Ularning o‘zlari ham odatda sog‘liqni saqlash boshqarmalasining “qaynoq liniyasiga” riga murojaat qilishadi.
Shuningdek, Rossiya “Qizil xoch” jamiyatiga ham murojaat qilish mumkin. Ayni damda “RQX” jamiyati xalqaro “QX” va “Qizil yarim oy” jamiyatlari bilan birgalikda Moskve va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg, Belgorod, Volgograd, Voronej va Lipeskda tibbiy-yuridik xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan.