O‘zbekistonda 500 ga yaqin fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishIzmerenie arterialnogo davleniya
Izmerenie arterialnogo davleniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tibbiy ko‘rik Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Aholiga sifatli onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish istiqbollari" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman doirasida amalga oshiriladi

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Joriy yil 24-oktabr kuni 500 ga yaqin fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishi mumkin. Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevdan tashxis: Sog‘liqni saqlash sohasida hali qiladigan ishlarimiz ko‘p

Xabarda aytilishicha, Qozon Davlat tibbiyot akademiyasi vrach-onkologi, Yevropa Onkologlar jamiyati ishchi guruhi (ESGO) a’zosi M.S.Katsuba hamda Shvetsiyaning ankodiagnostika yo‘nalishidagi "Fujirebio Diagnostics" kompaniyasi xodimi, biologiya fanlari nomzodi I.A.Silinalar fuqarolarni qabul qilishi kutilmoqda.

Tibbiy ko‘rik yangi uslublardan biri — onkomarkerlar yordamida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprelda prezident Shavkat Mirziyoyev "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzolagandi.

Proizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskoy fabrike - Sputnik O‘zbekiston
2018 yilga kelib Rossiya O‘zbekistonga dorilarning eksport hajmini 60 mln $ga yetkazadi
Qarorda onkologik kasalliklar tufayli o‘limni pasaytirish hisobiga aholi hayoti sifatini yaxshilash va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston aholisiga onkologik yordam berishni yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirishga O‘zbekiston budjeti mablag‘laridan 32,5 milliard so‘m hamda xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari va grantlari hisobiga 144,1 million AQSh dollarini yo‘naltirish nazarda tutilgan.

Bu esa 100 ming aholiga onkologik kasalliklardan vafot etish ko‘rsatkichini 38,7 foizdan 35 foizgacha pasaytirish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni o‘smaga qarshi preparatlar bilan ta’minlashni 33 foizdan 90 foizgacha ko‘paytirish, aholining davolashning yuqori texnologik turlariga bo‘lgan ehtiyojini qoplashni 70 foizgacha yetkazish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0