TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yildan boshlab tibbiy sug‘urta mexanizmi bosqichma-bosqich joriy etiladi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan qabul qilingan "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili" Davlat dasturiga muvofiq, shu yildan boshlab O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta mexanizmi joriy etishga kirishiladi.
2018 yilda tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining 46 ta tug‘ruq bo‘limi negizida tumanlararo perinatal markazlari tashkil etiladi.
Hujjatda, shuningdek, har yili har bir tuman va shahardan 70 tagacha oilaga maishiy texnika (gaz va elektr pechlar, xolodilniklar, tikuv mashinalari va h. k.) yoki bir boshdan qoramol xarid qilinishi belgilangan.
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi xabariga ko‘ra, 231 banddan iborat Davlat dasturida 37 ta qonun qabul qilinishi belgilangan.