Mehnat migrantlari 2017-yilda Moskva budjetiga 15,7 milliard rubl daromad keltirishdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilda xorijiy fuqarolarga berilgan mehnat patentlarining soni 2016-yilga nisbatan 12 %ga ko‘paydi

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Moskva ko‘p tarmoqli migratsiya markazi (MMS) 2017-yilda xorijiy fuqarolarga 453 mingdan ortiq mehnat patentlarini bergan, bu 2016-yilning mos davriga nisbatan 12 %ga ko‘pdir. Bu haqda Moskva hukumati, iqtisodiy siyosat va rivojlantirish departamenti rahbari Vladimir Yefimov ma’lum qildi.

Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Sobanin Moskva migrantlar patentidan qancha daromad qilganini aytdi

O‘tgan yili mehnat migrantlaridan 15,7 milliard rubl kelib tushdi, bu 2016-yilga nisbatan 9 % ga ko‘paygan.

Yefimov so‘zlariga ko‘ra, "cheklovlar (kvota)" mehnat patentlariga almashtirildi, hududlarga o‘z mehnat bozorlari o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda patent to‘lov qiymatlarini belgilash huquqi berildi.

Migratsiya markazi bosh direktori Nikolay Fedoseyev so‘zlariga ko‘ra, mehnat patentlarini olish oddiy va shaffof tartibi mehnat migratlarini qonuniy yo‘l bilan hujjatlarini rasmiylashtirishga undamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Moskva viloyatida mehnat patent to‘lovi 7,5 % ga — 4 mingdan 4,3 ming rublga ko‘paydi.

Yangiliklar lentasi
0