TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Rossiyadagi barcha mehnat migrantlari o‘z huquqlarini himoya qilish uchun bepul yordam olishlari mumkin. Tong Jahoni xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti migrantlar huquqini himoya qilish bo‘yicha loyihani yo‘lga qo‘ydi.
Loyiha doirasida Rossiya hududidagi barcha chet el fuqarolariga bepul huquqiy yordam beriladi, bepul axborot materiallari tarqatiladi. Xizmat rus, ingliz, o‘zbek va tojik tillarida ko‘rsatiladi.
Tashkilot yuristi Botirjon Shermatovning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, bugungi kunda aksariyat migrantlar o‘z huquq va majburiyatlarini bilmasliklari sababli qiyin vaziyatlarga tushib qolishmoqda.
Turli ma’lumotlarga qaraganda, Rossiya Federatsiyasi hududida ikki millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi bor.