Samarqandda 10-11 noyabr kuni Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi ko‘pqirrali hamkorlik” mavzusiga bag‘ishlangan o‘ninchi Osiyo anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir uchun O‘zbekistonning birinchi prezidenti – marhum Islom Karimovning Samarqanddagi qarorgohi ajratilgan.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda 11 ta – Rossiya, O‘zbekiston, Germaniya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston, Filippin, Shvetsiya, Yaponiya kabi davlatlardan 60 dan ortiq yetakchi ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Anjumanda asosiy e’tibor – Katta Yevroosiyoning logistika, madaniy va iqtisodiy aloqa vositalariga qaratiladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqadagi (Rossiya, Xitoy, Hindiston) va nomintaqaviy (AQSh, Yevropa Ittifoqi) asosiy o‘yinchilar bilan hamkorlik qiladi va bu faktlarning o‘zi geosiyosiy jihatdan tabiiyki, e’tiborga molikdir.

Maqola
Davrda
yana 20 ta material
  • Haftada
  • Oyda
  • Yilda
  • Hamma vaqt uchun
Yangiliklar lentasi
0