https://oz.sputniknews.uz/20210920/biz-ozbekistonda-tushunarli-oyin-qoidalarini-korishni-istar-edik--yandeks-vakili-20564819.html
Biz O‘zbekistonda tushunarli o‘yin qoidalarini ko‘rishni istar edik – Yandeks vakili
Biz O‘zbekistonda tushunarli o‘yin qoidalarini ko‘rishni istar edik – Yandeks vakili
Sputnik O‘zbekiston
Biz O‘zbekistonda ochiq raqobat va tushunarli o‘yin qoidalarini ko‘rishni istardik - Yandeks vakili. 20.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-20T12:44+0500
2021-09-20T12:44+0500
2023-04-05T18:34+0500
analitika
o‘zbekiston
iqtisod
yandeks taksi
samarqandda valday klubining x osiyo anjumani
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/913/00/9130013_0:0:3171:1784_1920x0_80_0_0_aabb2f1a2564940d1b6e3aaeb7c27746.jpg
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Biz O‘zbekistonda tushunarli o‘yin qoidalarini ko‘rishni istar edik, dedi Rossiyaning Yandeks kompaniyasi vakili Aleksandr Visoskiy Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "Valday" klubi va SMIT ekspertlari forumida. Hozir esa, vaziyat butunlay o‘zgargan. Muzey, restoran – umuman hamma joyda bank kartalari qabul qilishmoqda. Naqdsiz to‘lovlar juda tez yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonda ana shunday o‘zgarishlar juda tez sodir bo‘lmoqda. Biz raqamli texnologiyalar juda tez kirib kelayotganini ko‘rmoqdamiz.Biz O‘zbekistonda juda katta potensial ko‘rmoqdamiz. O‘zbekiston, kuchli an’analar, ko‘p sonli aholiga ega bo‘lgan davlatdir. Asosiysi – bu aholining katta qismi yoshlardir. Ular smartfonlardan foydalanishni bilishadi va ko‘p foydalanishadi ham.O‘zbekiston biz uchun juda muhim bozordir. Biz uzoq vaqt davomida uni kuzatib kelayotgan edik va imkon paydo bo‘lishi bilan bu yerga o‘z mahsulotlarimiz bilan keldik. Hozirgi paytda ularga bu yerda katta talab borligini ko‘rib turibmiz.Yandeks karta bilan bu yerda aholi va biznes va ijtimoiy soha keng foydalanmoqda. Biz hatto imkon bo‘lganda boshqa joylarda ham yandeks kartani o‘zbek tiliga tarjima qilishga harakat qilmoqdamiz. Masalan, Moskvada Yandeks kartadan o‘zbek tilida foydalansa bo‘ladi. “Yandeks Go” – taksi xizmati ham juda yaxshi rivojlanmoqda. Mehmonxonada, hatto bizning o‘zimizga ham taklif qilishdi. Respublika rahbariyati, prezident va bosh vazir O‘zbekistonda barcha o‘zgarishlar imkon qadar tezroq bo‘lishini istaydi. Buni tushunsa bo‘ladi albatta. Biz ham buni tezroq istaymiz va bunga tayyormiz ham. Lekin bu yerda ayrim tabiiy va mantiqiy cheklovlar bor. Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak.Men aytayotgan narsalar - ayrim mahalliy biznes yuritish tartiblariga doir. Biz imkon qadar ularni tezroq qabul qilib, ularga moslashishga harakat qilayapmiz. Bizning xodimlarimiz bu yerga har oyda kelib turishadi.Ikkinchi muhim masala bu yerda raqobatni rivojlantirishdir. Rossiya tajribasiga tayanib aytadigan bo‘lsak, mahalliy va global kompaniyalar orasida raqobat bo‘lishi – mahsulot sifatini oshishi va rivojlantirish uchun juda muhim shartdir.Biz O‘zbekistonda ham ana shunchay ochiq raqobatni va tushunarli o‘yin qoidalarini ko‘rishni istardik", - deb so‘zini yakunladi Visoskiy.Ma’lumot uchun, bugun Toshkentda Rossiyaning “Valday” klubi hamda O‘zbekiston Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ekspertlarining “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bochqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda yetakchi xalqaro mutaxassislar, “Valday” munozaralar klubining siyosatshunoslik, iqtisodiyot, xavfsizlik sohasidagi nufuzli ekspertlari, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston yirik OAVlari jurnalistlari ishtirok etishmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210920/valday-klubi-va-smit-ekspertlari-toshkentda-nimalarni-muhokama-qilishi-malum-boldi-20562099.html
https://oz.sputniknews.uz/20190819/Yandeks-zbek-tilida-am-yangiliklar-chiara-boshlaydi-12261421.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/913/00/9130013_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_ceef4ebea13fd78c9a8b5114671c5022.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
analitika, o‘zbekiston, iqtisod, yandeks taksi, samarqandda valday klubining x osiyo anjumani, rossiya
analitika, o‘zbekiston, iqtisod, yandeks taksi, samarqandda valday klubining x osiyo anjumani, rossiya
Biz O‘zbekistonda tushunarli o‘yin qoidalarini ko‘rishni istar edik – Yandeks vakili
12:44 20.09.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Biz O‘zbekistonda ochiq raqobat va tushunarli o‘yin qoidalarini ko‘rishni istardik - Yandeks vakili.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Biz O‘zbekistonda tushunarli o‘yin qoidalarini ko‘rishni istar edik, dedi Rossiyaning Yandeks kompaniyasi vakili Aleksandr Visoskiy Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "Valday" klubi va SMIT ekspertlari forumida.
"Biz, Rossiya biznesi, O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni juda yaxshi his qilmoqdamiz. Masalan, ikki yil oldin Toshkentga kelganimda, birinchi navbatda pulni naqdga almashtirish va uni ko‘tarib yurish kerak edi.
Hozir esa, vaziyat butunlay o‘zgargan. Muzey, restoran – umuman hamma joyda bank kartalari qabul qilishmoqda. Naqdsiz to‘lovlar juda tez yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonda ana shunday o‘zgarishlar juda tez sodir bo‘lmoqda. Biz raqamli texnologiyalar juda tez kirib kelayotganini ko‘rmoqdamiz.
Biz O‘zbekistonda juda katta potensial ko‘rmoqdamiz. O‘zbekiston, kuchli an’analar, ko‘p sonli aholiga ega bo‘lgan davlatdir. Asosiysi – bu aholining katta qismi yoshlardir. Ular smartfonlardan foydalanishni bilishadi va ko‘p foydalanishadi ham.
O‘zbekiston biz uchun juda muhim bozordir. Biz uzoq vaqt davomida uni kuzatib kelayotgan edik va imkon paydo bo‘lishi bilan bu yerga o‘z mahsulotlarimiz bilan keldik. Hozirgi paytda ularga bu yerda katta talab borligini ko‘rib turibmiz.
Yandeks karta bilan bu yerda aholi va biznes va ijtimoiy soha keng foydalanmoqda. Biz hatto imkon bo‘lganda boshqa joylarda ham yandeks kartani o‘zbek tiliga tarjima qilishga harakat qilmoqdamiz. Masalan, Moskvada Yandeks kartadan o‘zbek tilida foydalansa bo‘ladi.
“Yandeks Go” – taksi xizmati ham juda yaxshi rivojlanmoqda. Mehmonxonada, hatto bizning o‘zimizga ham taklif qilishdi.
Respublika rahbariyati, prezident va bosh vazir O‘zbekistonda barcha o‘zgarishlar imkon qadar tezroq bo‘lishini istaydi. Buni tushunsa bo‘ladi albatta. Biz ham buni tezroq istaymiz va bunga tayyormiz ham. Lekin bu yerda ayrim tabiiy va mantiqiy cheklovlar bor. Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak.
Men aytayotgan narsalar - ayrim mahalliy biznes yuritish tartiblariga doir. Biz imkon qadar ularni tezroq qabul qilib, ularga moslashishga harakat qilayapmiz. Bizning xodimlarimiz bu yerga har oyda kelib turishadi.
Ikkinchi muhim masala bu yerda raqobatni rivojlantirishdir. Rossiya tajribasiga tayanib aytadigan bo‘lsak, mahalliy va global kompaniyalar orasida raqobat bo‘lishi – mahsulot sifatini oshishi va rivojlantirish uchun juda muhim shartdir.
Biz O‘zbekistonda ham ana shunchay ochiq raqobatni va tushunarli o‘yin qoidalarini ko‘rishni istardik", - deb so‘zini yakunladi Visoskiy.
Ma’lumot uchun, bugun Toshkentda Rossiyaning “Valday” klubi hamda O‘zbekiston Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ekspertlarining “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bochqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda yetakchi xalqaro mutaxassislar, “Valday” munozaralar klubining siyosatshunoslik, iqtisodiyot, xavfsizlik sohasidagi nufuzli ekspertlari, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston yirik OAVlari jurnalistlari ishtirok etishmoqda.