Ekspert: O‘zbekistonning YeOIIga kirishi eksport tartibini soddalashtiradi

© Sputnik / Asatur YesayantsFlagi stran uchastnis YeAES, arxivnoe foto
Flagi stran uchastnis YeAES, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodchi Odil Olimjonovning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi barcha tomonlarga foyda keltiradi.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Iqtisodchi Odil Olimjonov O‘zbekistonning YeOIIga kirishi nima sababdan foydali bo‘lishini tushuntirdi

Nauchniy sotrudnik Sentra izucheniya Sentralnoy Azii, Kavkaza i Uralo-Povoljya Instituta vostokovedeniya RAN Stanislav Pritchin - Sputnik O‘zbekiston
Pritchin: YeOIIda a’zolik mintaqaviy hamkorlikdagi pazlning O‘zbekistonga yetishmagan qismidir

“Biz Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlar bilan birga Yevroosiyo qit’asida yashaymiz va bizning iqtisodiy munosabatlarimiz bir yilda paydo bo‘lmagan: hamkorlik bir necha asrlar davom etib kelmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi – bu yagona xalq xo‘jaligi kompleksi. Hozir bir qancha tanaffusdan so‘ng mamlakatlar o‘rtasida yana yaqinlashish jarayoni kuzatilmoqda. O‘zbekistonning YeOOIga qo‘shilishi barcha uchun foydali bo‘ladi deb hisoblayman”, - dedi Olimjonov Sputnik muxbiri Aleksey Stefanov bilan bo‘lgan suhbatda.

Ekspertning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston uchun tovarlarni eksport va import qilish yanada osonlashadi, zeroki YeOII yagona bojxona maydoniga ega.

Yana bir muhim masala mamlakatning xorijda yashab va mehnat qilib kelayotgan fuqarolari bilan bog‘liq.

Flagi Rossii, Kirgizstana, Kazaxstana, Belarusi, Armenii, a takje s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
YeOIIdan SSSRning hidi kelmaydi – ekspertlar bahsi nima bilan tugadi

“Hozirda ikki milliondan ziyod o‘zbekistonlik migrantlar xorijda, asosan Rossiyada ishlaydi. Ular hozir o‘zlarining katta pulini patentga topshirishadi. YeOIIga kirsak, ular uchun bo‘lgan sharoit yaxshi tomonga o‘zgaradi”, - deya hisoblaydi ekspert.

“Ittifoqning amaldagi a’zolari ham foyda ko‘rishadi, zeroki O‘zbekiston yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi salohiyatiga ega”, - dedi Olimjonov.

“Valday” klubining X Osiyo anjumani Samarqandda bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida Taraqqiyot va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Shuningdek, rossiyalik va o‘zbekistonlik ekspertlar ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalarini muhokama qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0