O‘zbekistonda Rossiya, Xitoy va Hindiston ishtirokida ulkan bozor yaratiladi - ekspert

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tabiiy boyliklari va insoniy resurslar jihatidan Markaziy Osiyo hududidagi eng qiziq mamlakat – ekspert.

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. O‘zbekistonda Rossiya, Xitoy va Hindistonni jalb etgan ulkan bozor tashkil qilinadi, deydi Valday klubi eksperti, Germaniya-Rossiya forumi ilmiy direktori, Aleksandr Rar. Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

"Oldin bunday umumiy hamkorlikka shariot yo‘q edi. Hozir Markaziy Osiyoda hududida yagona umumiy bozor yaratilmoqda. U juda katta bozor bo‘lib, unga Rossiya ham, Xitoy ham Hindiston ham jalb etiladi. Bu investorlarni jalb qilish uchun katta imkoniyat bo‘ladi. Men g‘arbiy investorlar bu borada o‘zlarini g‘arbiy diplomatlardan ko‘ra yaxshirok ko‘rsatishadi deb umid qilaman", - deydi Aleksandr Rar.

Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabatimiz juda ijobiy. Biz O‘zbekistonni uzoq kutgan edik. Yevropada siz bilan bog‘liq biznes faollashmoqda. O‘zbekiston tabiiy boyliklari va insoniy resurslar jihatidan Markaziy Osiyo hududidagi eng qiziq mamlakatdir.

Nauchniy direktor Germano-rossiyskogo foruma Aleksandr Rar - Sputnik O‘zbekiston
Yangi dunyoni Osiyo yaratmoqda, Yevropa emas - Valday klubi eksperti

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 10-11 noyabr kuni Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi ko‘pqirrali hamkorlik” mavzusiga bag‘ishlangan o‘ninchi Osiyo anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda 11ta – Rossiya, O‘zbekiston, Germaniya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston, Filippin, Shvetsiya, Yaponiya kabi davlatlardan 60dan ortiq yetakchi ekspertlar ishtirok etmoqda.

Anjumanda asosiy e’tibor – Katta Yevroosiyoning logistika, madaniy va iqtisodiy aloqa vositalariga qaratiladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqadagi (Rossiya, Xitoy, Hindiston) va nomintaqaviy (AQSh, Yevropa Ittifoqi) asosiy o‘yinchilar bilan hamkorlik qiladi va bu faktlarning o‘zi geosiyosiy jihatdan tabiiyki, e’tiborga molikdir.

Tadbir uchun O‘zbekistonning birinchi prezidenti – marhum Islom Karimovning Samarqanddagi qarorgohi ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0