Agar O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilsa, bu mehnat migrantlariga foydali bo‘ladi - Rahimov

© Sputnik / Yuriy KorsunsevSovetnik premyer-ministra Kirgizstana Kubatbek Raximov
Sovetnik premyer-ministra Kirgizstana Kubatbek Raximov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqqa qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirgi vaqtda ekspertlar eng qulay sharoitlarni ishlab chiqish uchun barcha foyda va xavflarni baholamoqda.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik, Aleksey Stefanov. Agar O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqqa qo‘shilsa, bu mamlakat mehnat migrantlariga ijobiy ta’sir qiladi.

Spetsialist mejdunarodnogo diskussionnogo kluba Valday Aleksandr Lomanov - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy va O‘zbekiston hamkorligi rashk uchun sabab emas – rossiyalik ekspert

“Valday” klubining Osiyo anjumaniga kelgan Qirg‘iziston bosh vazirining maslahatchisi Kubatbek Rahimov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda bu fikrni aytdi.

Amaldor Rossiyada ishga kirishda Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolari rus tilidan imtihondan ozod qilingani va mehnat patentini olish kerak emasligini misol tariqasida keltirdi.

“Men o‘ylaymanki, O‘zbekiston fuqarolari YeOIIning umumiy mehnat bozorida teng huquqli ishtirokchilari sifatida o‘zlarini his qilishlariga to‘laqonli huquqqa ega. O‘tgan yili Moskva budjetiga chet elliklar tomonidan patentlarni to‘lashdan taxminan 17 milliard rubl kelib tushdi. Ushbu to‘lovni to‘laganlarning aksariyati O‘zbekiston, Ukraina, Tojikiston, Moldova va Ozarbayjon fuqarolari. Ammo qozog‘istonliklar va qirg‘izistonliklar bu soliqni to‘lamaydilar,” - deydi Rahimov.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, YeOII davlat ishchilari tejalgan pullarni o‘z oilalari farovonligini oshirishga sarflashlari mumkin.

Bundan tashqari, maslahatchi O‘zbekiston endi Yevrosiyo taraqqiyot banki bilan yaqin hamkorlik masalasini ko‘tarishi kerakligiga e’tibor qaratdi, unda ishtirokchilar tarkibi deyarli Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga to‘g‘ri keladi.

Valdayskiy klub v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda Valday klubi: ekspertlar, muhokama va kelishuvlar

"O‘zbekiston hozirning o‘zida respublika hududidagi infratuzilma, energetika va boshqa loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etish masalasini ko‘tarishi kerak. Bu YeOIIga a’zo bo‘lishda ko‘mak berishi mumkin", - dedi Rahimov.

Samarqandda 10-11 noyabr kuni Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi ko‘pqirrali hamkorlik” mavzusiga bag‘ishlangan o‘ninchi Osiyo anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda 11 ta – Rossiya, O‘zbekiston, Germaniya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston, Filippin, Shvetsiya, Yaponiya kabi davlatlardan 70 dan ortiq yetakchi ekspertlar ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0