Siyosat

Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoning ikki qanoti - Alimov

© Sputnik / Yuriy KorsunovRashid Alimov
Rashid Alimov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH savdo aylanmasi Rossiya yoki Xitoynikidan koʻra 10 baravar kam - ekspert.

TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. Rossiya va Xitoy – bu Markaziy Osiyoning kelajakka parvoz qilishi uchun ikki qanoti boʻlishi mumkin, dedi SHHT sobiq bosh kotibi, Tojkiston sobiq tashqi ishlar vaziri Rashid Alimov. Sputnik muxbiri xabariga asosan.    

“Markaziy Osiyo davlatlariga yangi oʻyin kerak emas. Ularga yangi rivojlanish va hamkorlik kerak. Koʻp yillik tajribaga asosan shuni aytish mumkin-ki, Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyo davlatlarining eng ishonchli hamkorlaridir. Ushbu davlatlar Markaziy Osiyo kelajakka parvoz qilishi uchun ikki ishonchli qanot boʻlishi mumkin”, - deydi Rashid Alimov.

Hududning rivojlanishi faqat ushbu hudud ichida va faqat anʼanaviy hamkorlik ishtirokida sodir boʻlishi mumkin. Bugungi kunda Markaziy Osiyoning 5 davlati savdo aylanmasida Rossiya va Xitoyning ulushi oʻrtacha hisobda 19-21% ni tashkil qiladi. Yaʼni ularning hech birini hududda “soʻzsiz ustuvorlik qilmoqda” deyish mumkin emas.

Shu bilan birga, yana bir ijobiy tendentsiyani qayd etish mumkin. Markaziy Osiyo va Xitoy savdo aylanmasida Xitoyga eksport hajmi ham oʻsib bormoqda. Bir necha yil oldin, aksariyat savdo faqat bir tomonlama Xitoydan import qilish bilan cheklanar edi.

Shu oʻrinda qayd etish joizki, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH savdo aylanmasi Rossiya yoki Xitoynikidan koʻra 10 baravar kam.

Eslatib oʻtamiz, Samarqandda 10-11 noyabr kuni Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi koʻpqirrali hamkorlik” mavzusiga bagʻishlangan oʻninchi Osiyo anjumani boʻlib oʻtmoqda. Anjumanda 11ta davlatdan (Rossiya, Oʻzbekiston, Germaniya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Tojikiston, Filippin, Shvetsiya, Yaponiya) 60dan ortiq yetakchi ekspertlar ishtirok etmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0