Bugun O‘zbekiston bo‘ylab soat 08.00da prezident saylovlarida ovoz berish jarayoni boshlandi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Obuna bo‘lish
24 oktabr kuni soat 08.00da prezident saylovlarida ovoz berish jarayoni boshlandi.
20:08 25.10.2021
17:17 25.10.2021
16:34 25.10.2021
Qasim-Jomart Toqayev ham Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
16:27 25.10.2021
Saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi
16:26 25.10.2021
15:39 25.10.2021
Lukashenko Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
15:01 25.10.2021
Putin Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
12:58 25.10.2021
12:02 25.10.2021
12:02 25.10.2021
Saylovning dastlabki natijalari e’lon qilingani haqidagi xabar yolg‘on – MSK
12:01 25.10.2021
22:30 24.10.2021
© Dilshoda Raxmatova
MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, chet ellarda ovoz bergan vatandoshlar soni haqida ertaga, 25-oktabr kuni ma’lumot beriladi.
O‘zbekiston Saylov kodeksining 96-moddasida, saylov, agar unda saylovchilarning kamida 33 foizi ishtirok etgan bo‘lsa, haqiqiy deb hisoblanishi belgilangan.
“Demak, Saylov kodeksiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan va haqiqiy deb hisoblanadi”, - dedi Nizomxo‘jayev.
MSK raisining ta’kidlashicha, saylov jarayonlari mamlakatning tuman va shaharlaridagi 207 ta saylov uchastkalariga o‘rnatilgan 414 ta videokameralar orqali onlayn translatsiya qilindi.
Ovoz berish jarayonlari akkreditatsiyadan o‘tgan 1672 nafar mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining vakillari tomonidan keng yoritildi.
Saylov yigirmaga yaqin xalqaro tashkilotdan, ellikka yaqin davlatdan kelgan minga yaqin xalqaro kuzatuvchilar tomonidan bevosita kuzatib borildi.
22:16 24.10.2021
20:13 24.10.2021
Ovozlarni hisoblash boshlandi
Mamlakat bo‘ylab barcha saylov uchastkalari yopildi. Komissiya a’zolari ovozlarni hisoblashni boshlashdi.
MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovning dastlabki natijalari ertaga, 25-oktabr kuni soat 16:00 da e’lon qilinadi
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
© Dilshoda Raxmatova
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
20:00 24.10.2021
O‘zbekistonda prezident saylovida ovoz berish yakunlandi
© Sputnik
19:21 24.10.2021
Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar ham prezident saylovida ovoz berishdi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati direktori Bahodir Yusupaliyevning so‘zlariga ko‘ra, respublikadagi mavjud shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar ham prezident saylovlarida faol ishtirok etishdi. Jumladan, mustaqil yurish imkoniyati bo‘lgan bemorlar uchun shifoxona hududida maxsus tayyorlangan xonada, yotoq rejimidagi bemorlar uchun maxsus mobil saylov qutilari orqali ovoz berishlari tashkil etildi.
COVID-19 koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarda 25 ta saylov uchastkalari tashkil etilib, shifoxonada davolanayotgan 3 ming nafar saylovchi (bemorlar) ovoz berishlari uchun imkoniyat yaratildi.
Shuningdek, respublika bo‘yicha 150 dan ortiq shifoxonalarda saylov uchastkalari tashkil etilib, ularda davolanayotgan bemorlarning ovoz berishlari ta’minlandi.
18:37 24.10.2021
18:16 24.10.2021
“Oilaviy” ovoz berish holatlari qayd etilmoqda - MSK raisi o‘rinbosari
MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, saylov kuni o‘tkazilgan monitoring natijalari ba’zi saylov uchastkalarida “oilaviy” ovoz berish holatlari qayd etilganini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, bir saylovchi tomonidan ikki yoki undan ortiq saylov bulletenlarini saylov qutisiga tashlab yuborish kabi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalarga ham MSKning e’tibori qaratildi. Zudlik bilan bunday holatlarga huquqiy baho berish uchun prokuratura idoralariga murojaat qilingan.