Vorisova va Qodirov Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklashdi

© SputnikShavkat Mirziyoyev vo vremya golosovaniya
Shavkat Mirziyoyev vo vremya golosovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2021
Obuna bo‘lish
Dastlabki natijalarga ko‘ra, O‘zLiDePdan nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,1 foiz ovozi bilan g‘olib chiqqan.
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. XDP va “Milliy tiklanish” demokratik partiyalaridan prezidentlikka nomzod bo‘lganlar Maqsuda Vorisova va Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklashdi.
Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan O‘zbekiston prezidenti saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zLiDePdan nomzod sifatida ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,1 foiz ovozi bilan g‘olib chiqqan.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining nomzodi Maqsuda Vorisova 6,6 foiz ovoz bilan 2-o‘rinni egalladi.
“Biz buni xalqimiz siyosiy irodasining amaldagi ifodasi deb bilamiz va saylov natijalarini to‘la-to‘kis tan olamiz”, - dedi Vorisova.
Uning ta’kidlashicha, Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilib, e’lon qilingan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” xalqning qalbidan chuqur o‘rin egalladi.
“Biz ham o‘z navbatida saylangan prezidentga xalqimiz farovonligini ta’minlash va yurtimiz ravnaqiga qaratilgan ulug‘vor maqsadlarni ro‘yobga chiqarishda hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda o‘zimizning hissamizni qo‘shishga va tinimsiz ishlashga tayyorligimizni bildiramiz”, - deyilgan XDP nomzodi bayonotida.
Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov jami saylovchilarning 5,5 foiz ovozini qo‘lga kirishga erishdi.
Nomzod Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni o‘zi va partiya nomidan samimiy tabrikladi.
“Barchamizning umumiy maqsadimiz bo‘lgan ona Vatanimizning taraqqiyoti va xalqimizning farovonligi yo‘lida qo‘lni-qo‘lga berib, birgalikda faoliyat ko‘rsatishimiz lozimligini ta’kidladi”, - deyiladi partiya bayonotida.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2021
Markaziy Osiyo yetakchilari Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan qutlashmoqda
Yangiliklar lentasi
0