https://oz.sputniknews.uz/20211025/shavkat-mirziyoev---801-ovoz-topladi--saylovning-dastlabki-natijalari-elon-qilindi-21076753.html
Shavkat Mirziyoyev 80,1% ovoz to‘pladi: saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev 80,1% ovoz to‘pladi: saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistonda prezident saylovining dastlabki natijalarini e’lon qildi. Shavkat Mirziyoyev - g‘olib, Maqsuda Vorisova - ikkinchi, Alisher... 25.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-25T16:15+0500
2021-10-25T16:15+0500
2021-10-25T17:08+0500
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
prezident
saylov natijalari
natija
alisher qodirov
markaziy saylov komissiyasi
narzullo oblomurodov
maqsuda vorisova
bahrom abduhalimov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21001615_50:0:3691:2048_1920x0_80_0_0_edb81407916a13b9810caf00bf5cceb4.jpg
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. MSK 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovining dastlabki natijalarini e’lon qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. Xabarda aytilishicha, ayni damda barcha saylov uchastkalarida bulletenlar hisoblab bo‘lingan. Ularning natijalari quyidagicha:Aytish joizki, bu yilgi O‘zbekiston prezidenti saylovida aholi faol ishtirok etdi. Mahalliy vaqt bilan soat 11:00da saylovchilarning 33.6 % (6,7 mln kishi) ovoz berishga ulgurgan edi. Saylov qonunchiligiga muvofiq saylovchilarning 33% ovoz bersa, saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi. Soat 20:00 holatiga saylovichilarning 80,4% ovoz berishdi, 16 mln Saylovni kuzatib borgan xalqaro ekspertlar uning qonunlarga muvofiq ravishda bo‘lib o‘tganini qayd etishdi. Xususan, MDH ijroiy kotibi, MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbari Sergey Lebedev "Saylovlar O‘zbekiston saylov kodeksiga mutlaq muvofiq va yuqori darajada" bo‘lib o‘tganini ta’kidladi. Respublika bosh prokurori hisobotiga ko‘ra, saylov jarayonida birorta ham qonunbuzarlik holatlari qayd etilmadi. Prezident saylovlarida nafaqat O‘zbekiston ichida yashayotgan, balkim xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar ham faol ishtirok etishdi. Xususan, Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida ovoz berish uchun minglab fuqarolar kelishdi. Natijada ko‘chada ham uzun navbat paydo bo‘ldi. Ob-havo salqin bo‘lganini hisobga olib, elchixona navbatda kutib turganlarga issiq choy va buterbrodlar tarqatildi. Saylov jarayonlari mamlakatning tuman va shaharlaridagi 207 ta saylov uchastkalariga o‘rnatilgan 414 ta videokameralar orqali onlayn translatsiya qilindi.Ovoz berish jarayonlarini akkreditatsiyadan o‘tgan 1672 nafar mahalliy va xorijiy jurnalistlar tomonidan keng yoritildi.Undan tashqari saylovni 20ga yaqin xalqaro tashkilotdan, 50ka yaqin davlatdan kelgan 1000 nafarga yaqin xalqaro kuzatuvchilar tomonidan bevosita kuzatib borildi. Shuningdek, mahalliy partiya va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridandan 64 450 nafar kuzatuvchi respublikaning barcha viloyat va hududlarida joylashgan saylov uchastkalarida bo‘lib, kuzatib borishdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21001615_505:0:3236:2048_1920x0_80_0_0_e9d6e86c885dbd236bd5355111a2bfb7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, prezident, saylov natijalari, natija, alisher qodirov, markaziy saylov komissiyasi , narzullo oblomurodov, maqsuda vorisova, bahrom abduhalimov
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, prezident, saylov natijalari, natija, alisher qodirov, markaziy saylov komissiyasi , narzullo oblomurodov, maqsuda vorisova, bahrom abduhalimov
Shavkat Mirziyoyev 80,1% ovoz to‘pladi: saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi
16:15 25.10.2021 (yangilandi: 17:08 25.10.2021) Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistonda prezident saylovining dastlabki natijalarini e’lon qildi. Shavkat Mirziyoyev - g‘olib, Maqsuda Vorisova - ikkinchi, Alisher Qodirov - uchinchi o‘rinda.
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. MSK 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovining dastlabki natijalarini e’lon qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Xabarda aytilishicha, ayni damda barcha saylov uchastkalarida bulletenlar hisoblab bo‘lingan. Ularning natijalari quyidagicha:
80,1 % Shavkat Mirziyoyev (O‘zLiDeP); 6,6 % Maqsuda Vorisova (O‘zXDP); 5,5 % Alisher Qodirov (“Milliy tiklanish” DP); 4,1 % Narzullo Oblomurodov (Ekopartiya); 3,4 % Bahrom Abduhalimov (“Adolat” SDP). "O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi xalqaro mezonlar va standartlarga mos milliy saylov qonunchiligimizga, unda belgilangan demokratik prinsiplarga to‘la mos holda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi", - dedi MSK raisi Nizomxo‘jayev.
Aytish joizki, bu yilgi O‘zbekiston prezidenti saylovida aholi faol ishtirok etdi. Mahalliy vaqt bilan soat 11:00da saylovchilarning 33.6 % (6,7 mln kishi) ovoz berishga ulgurgan edi. Saylov qonunchiligiga muvofiq saylovchilarning 33% ovoz bersa, saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi.
Soat 20:00 holatiga saylovichilarning 80,4% ovoz berishdi, 16 mln
Saylovni kuzatib borgan xalqaro ekspertlar uning qonunlarga muvofiq ravishda bo‘lib o‘tganini qayd etishdi. Xususan, MDH ijroiy kotibi, MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbari Sergey Lebedev "Saylovlar O‘zbekiston saylov kodeksiga mutlaq muvofiq va yuqori darajada" bo‘lib o‘tganini ta’kidladi.
Respublika bosh prokurori hisobotiga ko‘ra, saylov jarayonida birorta ham qonunbuzarlik holatlari qayd etilmadi.
Prezident saylovlarida nafaqat O‘zbekiston ichida yashayotgan, balkim xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar ham faol ishtirok etishdi.
Xususan, Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida ovoz berish uchun minglab fuqarolar kelishdi. Natijada ko‘chada ham uzun navbat paydo bo‘ldi. Ob-havo salqin bo‘lganini hisobga olib, elchixona navbatda kutib turganlarga issiq choy va buterbrodlar tarqatildi.
Saylov jarayonlari mamlakatning tuman va shaharlaridagi 207 ta saylov uchastkalariga o‘rnatilgan 414 ta videokameralar orqali onlayn translatsiya qilindi.
Ovoz berish jarayonlarini akkreditatsiyadan o‘tgan 1672 nafar mahalliy va xorijiy jurnalistlar tomonidan keng yoritildi.
Undan tashqari saylovni 20ga yaqin xalqaro tashkilotdan, 50ka yaqin davlatdan kelgan 1000 nafarga yaqin xalqaro kuzatuvchilar tomonidan bevosita kuzatib borildi.
Shuningdek, mahalliy partiya va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridandan 64 450 nafar kuzatuvchi respublikaning barcha viloyat va hududlarida joylashgan saylov uchastkalarida bo‘lib, kuzatib borishdi.