Markaziy Osiyo yetakchilari Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan qutlashmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2021
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari O‘zbekiston prezidenti saylovida g‘alaba qozongan Shavkat Mirziyoyevni tabriklashdi.
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Markaziy Osiyo rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti saylovida qozongan g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etishmoqda.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Tokayev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan iliq tabriklab, O‘zbekiston rahbarining saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi.
Oqo‘rda matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Tokayev suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyevning ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida qayd etgan.
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2021
Vladimir Putin Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi
Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlariga amaliy turtki berish uchun Kasim-Jomart Tokayev Shavkat Mirziyoyevni davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga taklif qilgan.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevni telefon orqali suhbatda saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat davomida Japarov Mirziyoyevga sihat-salomatlik, mas’uliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyat, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik tilagan.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qilib, uni saylovda qozongan g‘alabasi bilan samimiy tabriklagan.
Prezident Belorussii Aleksandr LukashenkoNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2021
Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi
Uning matbuot xizmatining xabar qilishicha, Rahmon O‘zbekiston rahbariga sog‘lik va do‘stona davlatning barqaror farovonligi va davlat taraqqiyoti yo‘lida ulkan yutuqlar tilagan.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, uni O‘zbekiston prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutlagan.
O‘zbekistonda 24-oktabr kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. MSKning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,1 foiz ovozini olgan va davlat rahbari lavozimiga qayta saylangan.
Yangiliklar lentasi
0