https://oz.sputniknews.uz/20211025/bosh-prokuror-saylovda-kelib-tushgan-murojaat-va--xabarlar-haqida-malumot-berdi-21080039.html
Bosh prokuror saylovda kelib tushgan murojaat va xabarlar haqida ma’lumot berdi
Bosh prokuror saylovda kelib tushgan murojaat va xabarlar haqida ma’lumot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Saylovdagi qonun buzilishi holati mavjudligini tekshirib ko‘rish uchun jami 12 ta xabar va murojaatlar kelib tushgan. 25.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-25T15:31+0500
2021-10-25T15:31+0500
2021-10-25T15:46+0500
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
o‘zbekiston
saylovlar
nig‘matilla yo‘ldoshev
markaziy saylov komissiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/19/21080000_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_140d5377ef4b87e0ad2f42587722d3c3.jpg
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev prokuratura organlariga kelib tushgan murojaat va xabarlar haqida ma’lumot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Uning so‘zlariga ko‘ra, kechagi matbuot anjumanidan so‘ng saylov ishtirokchilaridan qonun buzilishi holati mavjudligini tekshirib ko‘rish uchun jami 12 ta xabar va murojaatlar kelib tushgan.Ularning 5 tasi Toshkent shahriga, 3 tasi Qashqadaryo viloyatiga, 1 tadani Namangan, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.Ushbu ma’lumotlarning 1 tasini Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi taqdim etgan, 1 tasi bevosita Shtab tomonidan Internet tarmog‘i monitoringi natijasida aniqlangan. Qolgan 10 tasi fuqarolarning prokuratura organlaridagi 1007 raqamli ishonch telefoniga murojaatlari tashkil etgan.Masalan, Yunusobod tumanidagi 519 - sonli saylov uchastkasida fuqaro 3 nafar oila a’zolari uchun ham ovoz berishga harakat qilgan. Bu harakat uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan zudlik bilan to‘xtatilib, ortiqcha bulletenlarni saylov qutisiga tashlashga yo‘l qo‘yilmagan va bu haqda hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuraturaga taqdim etildi.Okrug saylov komissiyasi qarori bilan fuqaroga ortiqcha bulleten bergan uchastka saylov komissiyasi a’zosi Kravsova komissiyadan darhol chetlatilgan, hozirda uning ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.Mirobod tumanidagi 113 - sonli saylov uchastkasida “Gazeta.uz” sayti muxbiri saylov qutisini ko‘zdan kechirib, teginganligi uchun uchastka saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari bilan yuzaga kelgan ziddiyatli holat haqidagi videoyozuv Internet monitoringida aniqlandi.O‘rganish jarayonida bu ikkala tomon o‘zaro yarashib, tushunmovchilikni bartaraf etgan, hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda.Fuqarolardan Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga kelib tushgan qolgan 10 ta murojaat asosan, saylovga taklifnoma berilmaganligi, ko‘chma saylov qutisi kechikayotganligi, ismi-sharifi boshqa saylov uchastkasida qayd etilganligi kabi texnik masalalarga doir bo‘lib, joyida to‘liq bartaraf etilgan.Masalan, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidan fuqaro Xurramov soat 16:50da murojaat qilib, nogironligi, ko‘chma saylov qutisi kechikayotganligini bildirgan.Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu murojaatlar tezkor ko‘rib chiqilib, barcha masalalar joyida hal etilgan.Bosh prokuror xorijiy kuzatuvchilar, partiya vakillari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlaridan ham e’tirozlar kelib tushmaganini qayd etdi.Hozirga qadar o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, saylov jarayonida jiddiy qonun buzilishlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanmagan.“Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tahlillarimiz, nazorat tadbirlari, kuzatuv va monitoringlarimizdan kelib chiqib, saylovda qonuniylik to‘laqonli ta’minlandi, deb hisoblashga barcha asoslarimiz bor”, - dedi u.O‘zbekistonda prezident saylovi 24-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda 16 million 36 ming 914 nafar (80,8 foiz) saylovchi qatnashgan.MSK xabariga ko‘ra, prezident saylovining dastlabki natijalari bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev tomonidan e’lon qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20211025/shht-ozbekistonda-bolib-otgan-prezident-sayloviga-baho-berdi-21075979.html
https://oz.sputniknews.uz/20211024/saylov-jarayoni-umumtan-olingan-xalqaro-qoidalar-asosida-bolib-otmoqda--bosh-prokuror-21059044.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/19/21080000_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9f663d51838f808e82bb45de2692cbd7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, o‘zbekiston, saylovlar, nig‘matilla yo‘ldoshev, markaziy saylov komissiyasi
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, o‘zbekiston, saylovlar, nig‘matilla yo‘ldoshev, markaziy saylov komissiyasi
Bosh prokuror saylovda kelib tushgan murojaat va xabarlar haqida ma’lumot berdi
15:31 25.10.2021 (yangilandi: 15:46 25.10.2021) Saylovdagi qonun buzilishi holati mavjudligini tekshirib ko‘rish uchun jami 12 ta xabar va murojaatlar kelib tushgan.
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev prokuratura organlariga kelib tushgan murojaat va xabarlar haqida ma’lumot berdi, deb
xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kechagi matbuot anjumanidan so‘ng saylov ishtirokchilaridan qonun buzilishi holati mavjudligini tekshirib ko‘rish uchun jami 12 ta xabar va murojaatlar kelib tushgan.
Ularning 5 tasi Toshkent shahriga, 3 tasi Qashqadaryo viloyatiga, 1 tadani Namangan, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Ushbu ma’lumotlarning 1 tasini Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi taqdim etgan, 1 tasi bevosita Shtab tomonidan Internet tarmog‘i monitoringi natijasida aniqlangan. Qolgan 10 tasi fuqarolarning prokuratura organlaridagi 1007 raqamli ishonch telefoniga murojaatlari tashkil etgan.
Masalan, Yunusobod tumanidagi 519 - sonli saylov uchastkasida fuqaro 3 nafar oila a’zolari uchun ham ovoz berishga harakat qilgan. Bu harakat uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan zudlik bilan to‘xtatilib, ortiqcha bulletenlarni saylov qutisiga tashlashga yo‘l qo‘yilmagan va bu haqda hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuraturaga taqdim etildi.
Okrug saylov komissiyasi qarori bilan fuqaroga ortiqcha bulleten bergan uchastka saylov komissiyasi a’zosi Kravsova komissiyadan darhol chetlatilgan, hozirda uning ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Mirobod tumanidagi 113 - sonli saylov uchastkasida “Gazeta.uz” sayti muxbiri saylov qutisini ko‘zdan kechirib, teginganligi uchun uchastka saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari bilan yuzaga kelgan ziddiyatli holat haqidagi videoyozuv Internet monitoringida aniqlandi.
O‘rganish jarayonida bu ikkala tomon o‘zaro yarashib, tushunmovchilikni bartaraf etgan, hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Fuqarolardan Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga kelib tushgan qolgan 10 ta murojaat asosan, saylovga taklifnoma berilmaganligi, ko‘chma saylov qutisi kechikayotganligi, ismi-sharifi boshqa saylov uchastkasida qayd etilganligi kabi texnik masalalarga doir bo‘lib, joyida to‘liq bartaraf etilgan.
Masalan, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidan fuqaro Xurramov soat 16:50da murojaat qilib, nogironligi, ko‘chma saylov qutisi kechikayotganligini bildirgan.
Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu murojaatlar tezkor ko‘rib chiqilib, barcha masalalar joyida hal etilgan.
Bosh prokuror xorijiy kuzatuvchilar, partiya vakillari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlaridan ham e’tirozlar kelib tushmaganini qayd etdi.
Hozirga qadar o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, saylov jarayonida jiddiy qonun buzilishlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanmagan.
“Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tahlillarimiz, nazorat tadbirlari, kuzatuv va monitoringlarimizdan kelib chiqib, saylovda qonuniylik to‘laqonli ta’minlandi, deb hisoblashga barcha asoslarimiz bor”, - dedi u.
O‘zbekistonda prezident saylovi 24-oktabr, yakshanba kuni
bo‘lib o‘tdi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda 16 million 36 ming 914 nafar (80,8 foiz)
saylovchi qatnashgan.MSK xabariga ko‘ra, prezident saylovining dastlabki natijalari bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev tomonidan e’lon qilinadi.