Rossiya va Xitoy Osiyoni o‘zgartirdi – Amerika esa uni qo‘ldan boy bera boshladi

© Fotoxost-agentstvo sco-russia2020.ru / Mediabankka o‘tishSoveshanie predsedateley verxovnix sudov gosudarstv-chlenov ShOS
Soveshanie predsedateley verxovnix sudov gosudarstv-chlenov ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
Osiyo va Osiyo muammolari bilan osiyoliklarning o‘zlari shug‘ullanishlari darkor – jumladan, Rossiya ham Yevroosiyo davlati sifatida.
TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Tashqi kuchlarining qit’a ishlariga aralashishga haqqi yo‘q, barcha bahsli masalalarni emas mintaqa davlatlari ziddiyat keltirib chiqarish va ularni bir-birlariga gij-gijlash urinishlariga to‘sqinlik qilib, o‘zaro hal qilishadi.
Bundan 20-yil avval tashkil etilgan va hozir Dushanbeda o‘z sammitini o‘tkazayotgan tashkilotning asosiy maqsadi ham aynan shundan iborat: Shanxay hamkorlik tashkiloti. Hozirgi ShHT sammiti ikki yil ichida davlat rahbarlarining birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘lishi kerak edi. Biroq karantin cheklovlari uni aralash shaklda o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi: mehmonlarning katta qismi Dushanbeda yig‘iladi, Vladimir Putin, Si Szinpin va Narendra Modi esa onlayn qatnashadi.
Lekin bu bilan sammit ahamiyati kamaymaydi: Dushanbega Nikolay Patrushev, Sergey Lavrov va Sergey Shoygu uchib kelganini aytmasa ham bo‘laveradi. Sammit aniq tashkilot tarixidagi eng muhimlaridan biri bo‘ladi.
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
ShHT va KXShT Dushanbeda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi - Asadov
Shtatlarning Afg‘onistondan ketishidan keyin mintaqa ishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi aralashish davri nihoyalanmoqda. ShHT esa mintaqa xavfsizligiga to‘liq mas’uliyatli bo‘lmoqda. Bu uning hamma ishtirokchilari manfaatlariga javob beradi, zero afg‘on mavzusi (mintaqada xorijiy harbiylarning bo‘lishi masalasi ham) tashkilot uchun u tuzilgan yillardan buyon eng muhimlaridan biri bo‘lib qolmoqda edi.
Yo‘q, ShHT Amerikaning bostirish kirishiga javoban tuzilmagan. U 2001-yil iyunidayoq paydo bo‘lgandi, shunga qaramay uning tashkil etish g‘oyasi 1996-yilga borib taqaladi. O‘shanda o‘shashaharda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan tarkib topgan “Shanxay beshligi” tashkil etilgandi. 2001-yilda “Beshlik” “Oltilikkacha” kengaydi (O‘zbekstonni qabul qilib) va o‘z munosabatlarini shartnoma shaklida rasmiylashtirdi. Keyingi yillarda esa boshqa davlatlarning katta qiziqishini o‘ziga jalb qildi. Lekin rus-xitoy alyansi kengayishga shoshilmadi: bir necha davlatlar kuzatuvchi maqomini oldi, boshqalari “muloqot hamkorlari” bo‘lishdi.
2010 yilga o‘rtalariga kelib Sharq va G‘arb munosabatlaridagi keskinlik bevosita ziddiyatga o‘ta boshlagan paytda, ShHT kengaya boshladi: 2015-yilda Hindiston va Pokistonning to‘laqonli a’zo bo‘lishi boshlandi va ikki yil o‘tib “Oltilik” “Sakkizlikka” aylandi. Endi esa “To‘qqizlikka” aylana boshlaydi: Eronni qabul qilish jarayoni boshlanadi (uning yangi prezidenti Ibrohim Raisiy uchun Dushanbe sammiti umuman xalqaro debut bo‘ladi).
Vaqti kelib ShHT o‘z tarkibiga Afg‘onistonni qabul qilib, “O‘nlikka” aylanishiga shubha yo‘q.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2021
Toliblar chegarada: ShHT mudofaa vazirlari Dushanbeda qanday dori yozib beradi?
Ammo hozir bu mamlakat nomidan Dushanbedagi sammitda hech kim qatnashmaydi: amerikaparast hukumat quladi, yangisi toliblarniki esa (ular o‘zlarini muvaqqat deb atayotgan va xususan “Tolibon”* harakati vakillaridan tashkilo topgan) hozircha ShHT mamlakatlari tomonidan tan olinmagan.
Biroq yaqin kelajakda yangi Kobul hukumati ko‘pchilik qo‘shnilar tomonidan ehtimol tan olinadi (ularning bari esa, Turkmanistondan tashqari, ShHTga a’zo). Aynan ShHT Afg‘onistonga nisbatan siyosatni ishlab chiqishga ham, yangi afg‘on hukumatining tashqi dunyo bilan muloqotida ham muhim rol o‘ynaydi.
Hozirda ShHTda kuzatuvchi bo‘lgan Afg‘oniston vaqti kelib uning to‘laqonli a’zosi bo‘lishi mumkin – bo‘lishi ham shart. Bu yo‘ldagi asosiy to‘g‘anoq yo‘qoldi-ku. Toliblar esa bir necha marta qo‘shnilar xavfsizligiga tahdid tug‘dirmasligini aytgan. Shunday ekan Afg‘oniston ichida fuqarolar urushi qayta tiklanmasligiga ishonch hosil qilmoq muhimdir.
Nafaqat ishonch hosil qilish, balki tashqi kuchlarning uni boshlashiga yo‘q qo‘ymaslik darkor. Afg‘on nifoqiga faqat G‘arb o‘yinchilari pul tikishi mumkin, chunki Afg‘oniston qo‘shnilaridan hech kim u yerda o‘zaro ichki nizolar qayta boshlanishidan manfaatdor emas. Aksincha, deyarli hammasi ham foydali shartnomalar, ham o‘z mavqelarini mustahkamlashga umid qilib, mamlakatni tiklashga yordam qo‘lini uzatadi.
Ha, bu pozitsiyalar ko‘pincha bir-biriga o‘xshamaydi, gohida bir-biriga qarama-qarshi (Pokiston va Hindistonning afg‘on yo‘nalishidagi qarashlari) – lekin ularni muvofiqlashtirish va o‘zaro yon berish yo‘lini topish uchun aynan ShHT lozim. Garchi tashkilot harbiy blok bo‘lmasada, uni bemalol geosiyosiy alyans deb atash mumkin. Ustiga ustak Markaziy Osiyo emas, balki Panosiyo. Eron qo‘shilishi bilan tashkilot chegarasi Arab dunyosidan Uzoqqa sharqqacha cho‘ziladi va Osiyoning uchdan ikki qismini egallab, Yer sharining deyarli yarim aholisini birlashtiradi.
Predsedatel KNR Si Szinpin vruchil prezidentu Rossii Vladimiru Putinu Medal drujbi v Bolshom zale Narodnogo Sobraniya v Pekine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2021
Rossiya va Xitoy orasida tarqoqlik urug‘lari sepishning ayni vaqti - AQSh
Butun Osiyoda ShHTga kirmaydigan ikki muhim mintaqa qolmoqda: bu Arab dunyosi (Shimoliy Afrikaga ham tarqalgan) va v ASEANga birlashgan Janubi-Sharqiy Osiyo. Lekin ShHT u bilan ham munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqda: kuzatuvchi maqomiga Vyetnam va bir qator arab davlatlari ham da’vogarlik qilmoqda. Bular Suriya, Misr, Qatar va Saudiya Arabistoni. Oxirgi uchtasiga Dushanbedagi sammitda avvaliga muloqot hamkori maqomi beriladi, aytgancha, eng muhim Osiyo mamlakati bo‘lgan Turkiya bu maqomga ega. Ma’lumki, ishtirokchilar soni ko‘payishi bilan osiyocha YeXHTga o‘xshash narsaga aylanish xatari mavjud, ya’ni hech narsani hal qilmaydigan rasmiyat jihatidagi tashkilotga. Biroq hamma gap shundaki, ShHT na hududiy ekspansiya, na NATOga aylanishga intiladi. ShHT –Osiyodagi manfaatlarni muvofiqlashtirishga va mojarolarni Osiyo mamlakatlari kuchlari bilan hal qilishga qaratilgan severen davlatlarning geosiyosiy muloqoti shakli.
Uning ayrim ishtirokchilari o‘rtasidagi ziddiyat qanchalik katta bo‘lmasin, agar o‘zaro foydali yechim topishning imkoni bo‘lmasa, hamisha qarama-qarshilikning oldini oladigan variant bo‘ladi.
Hozir Shtatlar Hindistonni QUAD to‘rtlik formatiga faol jalb qilishga urinayotganidek (AQSh, Yaponiya, Avstraliya va Hindistondan iborat “Xavfsizlikka oid to‘rt tomonlama muloqot”). Bu format oshkora ravishda Xitoyga qarshi qaratilgan formatga ega.
Bivshiy prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2021
Tramp: Rossiya va Xitoy Bayden ustidan ochiqchasiga kulmoqda
Shtatlarning afg‘on masalasidagi saboqlari Hindistonga (G‘anini qo‘llab-quvvatlayotgan va toliblar bilan muloqot qilishdan bosh tortayotgan) mintaqa muammolari yuzasidan amerikaliklar bilan birgalikdagi ish xavfini ko‘rsatadi. Dehli Pokistondan xavfsiramoqda? Lekin Islomobodning bu asrda geosiyosiy ustuvor vazifalari qanday o‘zgarganiga qarashning o‘zi kifoya: agar afg‘on urushi boshida Shtatlar uni asosiy ittifoq mamlakat deb hisoblay olishgan bo‘lsa, hozir esa pokistonliklarning o‘tmishda yankilarga bo‘lgan ishonchidan urvoq ham qolmagan.
ShHTning birinchi 20-yili katta yo‘lning boshlanishi edi, xolos. Endi atlantik asrining tugashi bilan uning Osiyo taqdiri uchun katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kutilmoqda. Dunyoning eng katta qismi ahamiyatini inobatga olgan holda butun sayyoraning ham.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0