Siyosat

SHHT va KXSHT Dushanbeda Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qiladi - Asadov

© Sputnik / Bolat Shayxinov / Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tojikiston poytaxtida yangi formatdagi "Shanxay hamkorlik tashkiloti — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti" qoʻshma uchrashuvi oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbeda 17-sentyabr kuni yangi formatdagi "Shanxay hamkorlik tashkiloti — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti"ning qoʻshma uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Unda tomonlar Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qiladilar. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
SHHT-2022: Samarqand sammiti
Mirziyoyev SHHT sammiti doirasida Rossiya, Pokiston va Eron yetakchilari bilan uchrashuv oʻtkazadi
Joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi oʻtkaziladi. Unda Oʻzbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.
SHHTga Rossiya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Oʻzbekiston toʻlaqonli aʼzo. Tashkilotda toʻrtta davlat kuzatuvchi maqomiga ega (Afgʻoniston, Belarus, Eron va Moʻgʻuliston). 2021 yilda SHHTga Tojikiston raislik qilmoqda.
KXSHTga esa Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston aʼzo.
Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni KXSHTning Afgʻonistondagi vaziyatga bagʻishlangan videoanjuman shaklida oʻtkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etgan edi.
Prezident Uzbekistana prinyal uchastiye v sammite ODKB - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Siyosat
Oʻzbekiston MOda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashadi - Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0