https://oz.sputniknews.uz/20210812/aqsh-moskvani-xitoy-bilan-urishtirish-uchun-qanday-uslublardan-foydalanmoqchi-20045812.html
Rossiya va Xitoy orasida tarqoqlik urug‘lari sepishning ayni vaqti - AQSh
Rossiya va Xitoy orasida tarqoqlik urug‘lari sepishning ayni vaqti - AQSh
Sputnik O‘zbekiston
Putindan so‘ng hukumat boshiga keladigan yangi avlod elitasi orasida Xitoyga qarshi tarqoqlik urug‘lari sepishning ayni vaqti, deb hisoblaydi AQSh eksperti. 12.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-12T01:41+0500
2021-08-12T01:41+0500
2023-04-05T18:34+0500
kolumnistlar
aqsh
xitoy
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/846/79/8467943_0:0:1200:676_1920x0_80_0_0_563706a43fe6936e0edbc3c09c35300f.jpg
Amerika o‘zining Rossiya va Xitoyga qarshi qaratilgan strategiyasida butunlay chalkashib qoldi. Amerika davlat kotibi Entoni Blinken Moskva va Pekin ustidan arz qilarkan shunday deydi:“Rossiya va Xitoy hukumatlari – boshqalar bilan bir qatorda omma oldida AQShning obro‘yini to‘kishga harakat qilishmoqda. Ular AQSh inqirozag yuz tutayotganini aytib boshqa davlatlarga o‘z kelajagini demokratik AQSh bilan o‘zlarining avtoritar rejimlari bilan bog‘lashga chaqirishmoqda. Biz ularga haligacha har taraflama juda kuchli davlat ekanligimizni eslatib qo‘ymoqchimiz”.Deya, bosh kotib AQShning turli kuchli tomonlarini sanab o‘tdi: ularning tengi yo‘q alyans va hamkorlar tarmog‘i, Yer sharida eng jangovar qurolli kuchlari va boshqalar. Shu bilan birga, Blinken AQShning ayrim zaif tomonlari, xususan, ichki infrastuzilma sifati bo‘yicha dunyoda 13-o‘ringa tushib ketgani, innovatsiyalarga kiritilayotgan sarmoyalarning YaIMga nisbati bo‘yicha 9-o‘ringa tushib ketganini va boshqa faktorlarni sanab o‘tdi.Shundan so‘ng o‘z prezidenti Baydenning so‘zlarini takrorlab, “bugungi kunda demokratiya butun dunyoda xavf ostida ekanini, avtoritarizm va millatchilik tobora kuchayib borayotganini” va “AQSh inson huquqlari uchun har kuni kurash olib borayotganini” aytib o‘tdi.Ushbu gaplardan so‘ng o‘z-o‘zidan savol paydo bo‘ladi, agar AQSh haqiqatdan shunchalik kuchli va yetakchi davlat bo‘lsa, boshqalarning ularga qarshi tashviqoti ularga qanday zarar yetkazishi mumkin?Aslida esa, AQSh o‘z kuchiga unchalik ishonmaydi. Ha, to‘g‘ri ularning moliya tizimi Xitoynikidan hali ham kuchli, Qurolli kuchlari esa Rossiya armiyasidan ko‘ra qudratliroq. Umumiy geosiyosiy ta’siri ham haligacha juda katta, lekin ayni damda bu yetakchilik ularning panjalari ostidan sirg‘alib chiqib ketmoqda. Va bunga sabab Rossiya va Xitoy agitatsiyasi emas, balkim Amerika qanday holda ekanini butun dunyo o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turganidir.Amerikaning global yetakchilik strategiyasi, amerikancha dunyo g‘oyasi – amalga oshmadi. Bu strategiyaning tezkor qayta ishlab chiqishga bo‘layotgan urinishlar ham – muvaffaqiyatsiz bo‘lmoqda. Amerika ichidagi mojarolar – dunyo bularning hammasini kuzatib turib o‘ziga kerakli xulosalarni chiqarib olmoqda.Kuchsizlikning yana bir belgisi – bu raqib ustidan to‘xtovsiz arz qilish. So‘nggi yillarda AQSh Rossiya va Xitoyni ayblamagan qaysi gunoh qoldi o‘zi? Xakerlar aralashuvi, doping, zaharlash, koronvirus kelib chiqishi, shimoly oqim qurilishi va yana ko‘plab isbotsiz dalilsiz ayblovlar. Endi bo‘lsa AQShga qarshi propaganda ham qo‘shildi.Shu o‘rinda Vashingtonning tez-tez “Siz ularga ishonmang, biz aslida kuchlimiz”, deb takrorlashi - hatto biroz kulguli eshitiladi.Aslida esa Moskva va Pekin ko‘proq o‘z ishlari bilan band. Ular dunyoda yangi tartib o‘rnatish, yangi kuchlar muvozanatini shakllantirish bilan band. AQSh pastga qarab ketmoqda va bu jarayon qancha vaqt davom etishini hech kim bilmaydi - balkim 10-yil balkim 30-yil.Ushbu vaqt davomida ham AQSh dunyoda o‘z gegemonligini saqlab qolishga harakat qilayotgan eng kuchli davlat bo‘lib qoladi. Bunday “yetakchilik”ga urinish o‘zi uchun ham boshqalar uchun ham juda xavfli bo‘lishi mumkin. Buni Rossiya ham Xitoy ham yaxshi tushunishadi: bizga AQShning keskin qulashi kerak emas – va qulayotgan gegemon bilan urush ham mutlaq ortiqcha. Bizga AQSh sekin-asta pastga tushib o‘zini bosib olishi kerak.Ularning bugungi strategiyasi esa, mutlaqo boshqacha ko‘rinadi: AQSh Xitoy undan o‘zib ketib global kuchga aylanmasdan oldin, kuchli zarba berib o‘z o‘rniga solib qo‘yishni istaydi. Buning uchun Amerika Xitoy va Rossiyani bir-biridan ajratishi kerak. Buni ko‘pchilik amerikalik strateglar yaxshi tushunishadi, lekin qanday amalga oshirishni bilishmaydi.Oldinlari AQSh Rossiya va Xitoy ittifoqi hech qachon strategik mustahkam bo‘lmaydi deb hisoblashar edi. Bunga qator sabablar, jumladan amerkaliklar fikriga ko‘ra “kuchli tahlilchi” bo‘lgan rossiyalik ekspertlar xulosasi ham sabab bo‘lgan. Bunday fikrlash 2014-yildan keyin ham saqlanib qolgan. Ular Rossiya elitasi “g‘arbparast” biz istagan vaqtimiz ularni o‘zimizga qaratib olishimiz mumkin deb hisoblashar edi. Xullas, AQSh Rossiya va Xitoy munosabatlari ularga umuman bog‘liq emasligini uzoq vaqt davomida inkor qilib kelishgan edi.Tramp davrida Amerika yetakchilari Xitoyga bosimni oshirish va Rossiyaga bosimni kamaytirishga ham harakat qilib ko‘rishdi. Lekin buning natijasi kutilganidan aksi bo‘ldi – Rossiya va Xitoy alyansi yanada kuchaydi.Endi bo‘lsa Bayden Rossiya va Xitoyga qarshi qaratilgan - “jahon avtoritarizmi” bilan mafkuraviy kurashni boshladi. Bu bilan Amerika o‘zini boshi berk ko‘chaga yetakladi.Amerikaliklar Rossiya va Xitoy munosabatlarini ichidan buzib yuyuborishga harakat qilishmoqda va ular ushbu buzilishni aynan Rossiya tomonidan amalga oshirilishiga harakat qilishmoqda. Buning uchun ular ruslarni Xitoy bilan birga bo‘lmaslikka, har tomondan ishontirishga harakat qilishmoqda.“Rossiya va Xitoy bir biriga mos hamkorlar emas, ular tarixda ham har doim raqobat qilib kelgan va ushbu raqobatning ildizlari hali ham bor. Rossiyada 150 million aholi yashasa, Xitoyda 1,5 milliard, Xitoy iqtisodi Rossiyanikidan 10 baravar katta. Texnologik jihatdan ham Xitoy juda yuqori, ustiga ustak u o‘zining “Bitta belbog‘, bitta yo‘l” tashabbusi bilan an’anaviy Rossiya ta’sir hududi bo‘lgan Markaziy Osiyoga kirib olmoqda. Shuningdek Xitoyning Arktika hudida ham rejalari bor. Ushbu tafovutlarni Kreml, albatta, juda yaxshi biladi va Xitoyning arktik rejalaridan biroz xavtirda.Shuncha katta farq bo‘lishiga qaramasdan Rossiyaning Xitoy bilan do‘st tutinishi, Moskvaning G‘arbdan norozi ekanidan darak beradi. Lekin vaqt o‘tishi bilan Rossiya va Xitoy orasidagi tafovut tobora kattarib boradi va Kreml uchun noqulayliklar tug‘dira boshlaydi.Vashington ushbu vaziyatdan foydalangan holda, Rossiya uchun geosiyosiy va iqtisodiy xatarlarini kamaytirish maqsadida, Moskvani faqat Xitoyga bog‘lanib qolmasdan G‘arb bilan yaqinlashishga undashi kerak”.Yuiorida keltirilgan satrlar Foreign Affairs jurnalida chop etilgan “Vashington Moskvaga Pekin bilan baxtsiz nikohidan ajralishga yordam berishi kerak” mavzusidagi maqolasida aytib o‘tilgan. Muallif Jorjtaun universiteti professori hamda Xalqaro munosabatlar kengashi katta ilmiy xodimi Charlz Kapchanga tegishlidir.Charlz Kapchan shunchaki professor emas, u Obama davrida milliy xavfsizlk kengashi a’zosi bo‘lgan. Ya’ni bu shunchaki ekspert xulosasi emas “Vashington botqog‘ining” fikri deb aytish mumkin.Kapchan Rossiyani Xitoydan ajratish oson bo‘lmasligini tushungan holda, rossiya-xitoy munosabatlarig barcha yo‘nalishlarda hujum qilishni taklif qilgan: ular orasida Rossiya aholisini xitoyliklarning Uzoq Sharq o‘lkasini “egallab olishi”dan tortib, “hamma narsani Xitoyga sotgan Putin”gacha bor.Kapchanning yana bir haqiqatdan yiroq xulosasi, Rossiya va Xitoy munosabatlari faqat Si Szinpin va Vladimir Putinning o‘zaro ishonchli va iliq munosabatlariga bog‘liq va ishonchli asosga ega emas.Muallif Moskvani Pekindan ajratish uchun AQSh hukumatiga keng ko‘lamli tadbirlar ro‘yxatini taklif qilgan. Ular orasida AQShning “demokratiya avtokratiyaga qarshi” tashabbusidan voz kechish, Moskva bilan strategik barqarorlik, kiberxavfsizlik va iqlim o‘zgarishi kabi masalalarda tutash nuqtalarini topish va boshqalar bor.Qizig‘i, AQSh ushbu tadbirlarni nafaqat o‘zi, balkim o‘z hamkorlarini ham bajarishga majbur qilishga tayor. Hamkorlar orasida Hindiston ham bor va muallifga ko‘ra, “ushbu maqsad yo‘lida Hindistondan ayniqsa samarali foydalanish mumkin”. Buning uchun AQSh S-400 sotib olish borasida Hindistonga qarshi kiritilgan sanksiyalarni ham bekor qilishga tayyor.Shunindek, amerikalik ekspert-siyosatchi “Rossiyaga Xitoydan bog‘liqlikni kamaytirishda ham yordam berishga tayyor”. Shu o‘rinda Kapchan “Shimoliy oqim-2”ga yashil chiroq yoqqani uchun maqtadi. Bu Rossiya vaYevropa munosabatlarini chuqurlashtirish mumkin".Ajratish jarayonining yana bir yo‘nalishi, bu Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikada Xitoyning strategik va iqtisodiy ta’sirining oshib borayotganiga qarshi kurashishdir. “AQSh ushbu yo‘nalishlarda Rossiya manfaatlariga aynan Xitoy doimiy ravishda zarar yetkazib kelayotganini Rossiyaga uqtirishi kerak”, deb yozadi ekspert.Bu borada Kapchan, albatta, o‘ziga ma’qul bo‘lgan g‘oyalarni haqiqat deya mubolag‘a qilmoqda, chunki na Rossiya na Xitoy siyosati bir-birining rivojlanishini “ushlab turishga” qaratilmagan. Ularning ikkisi ham AQSh va umuman anglosakslarni Yevroosiyodan quvib chiqarishni istaydi xolos.Umuman olganda Kapchanning maslahatlarida hech bir yangilik yo‘q – ulardan yagona xulosa shuki, agar Moskva va Pekin orasida mafkuraviy urush boshlansa, u juda xavfli bo‘lishi mumkin. Bayden ma’muriyatining bir qismi aynan mana shunga harakat qilmoqda.Kapchan g‘oyalari juda puxta o‘ylangan, mantiqan raso bo‘lsada, amalda ular haqiqatdan ancha uzoq bo‘lib qolmoqda. Vashington hech qachon Moskvani Pekindan ajrata olmaydi.Lekin ushbu buzg‘unchi g‘oyalar orasida, faqat bittasi – hayotga tatbiq etilishi mumkin. U juda oddiy – “milliy elitalar sotilishi” deyiladi.“Putin davlat boshida ekan Rossiya hozirgi yo‘nalishida davom etishi mumkin. Lekin Xitoy shaxdam qadamlar bilan geosiyosiy rivojlanish yo‘lidan borarkan, hozir Moskva va Pekin orasida o‘zaro dushmanlik urug‘lari sepishning ayni vaqti. Ayniqsa Putin ketganidan keyin hukumat boshiga keladigan, Rossiya davlat xizmatchilarining yangi, yosh avlodi orasida”, - deb yozadi Kapchan.Ha bu ular uchun to‘g‘ri g‘oya, Putindan keyin keladigan avlodlar Xitoy bilan strategik hamkorlikni G‘arb bilan yaqinlikka almashtirishi kerak. Ya’ni Rossiya milliy manfatlaridan voz kechishi, ularni sotishi va davlat rivojlanish yo‘nalishini o‘zgartirishi kerak.Bu yerda faqat bir narsa deyish mumkin – Bu hach qachon malga oshmaydi. Chunki Putindan keyin kelayotgan yangi milliy elita elita, Putin tomonidan yaratilmoqda va ular G‘arbga tobelikdan xoli bo‘ladi va Sharqqa ham tobe bo‘lib qolmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20210329/aqsh-yana-hammaga-hayotdan-saboq-bermoqchi-rossiya-va-xitoy-alohida-taklif-etilyapti-18013070.html
https://oz.sputniknews.uz/20200416/Moskva--Vashington--Pekin-koronainiroz-Katta-uchlik-vuzhudga-kelishini-tezlashtiradi-13940716.html
https://oz.sputniknews.uz/20210606/tramp-rossiya-va-xitoy-bayden-ustidan-ochiqchasiga-kulmoqda-19110332.html
https://oz.sputniknews.uz/20200211/Rossiya-va-Khitoy-oidalarni-ayta-zmoda-ASh-yangi-davrda-yashashga-tayrlanmoda-13442798.html
https://oz.sputniknews.uz/20190130/ASh-Rossiya-va-Khitoy-Markaziy-Osida-z-tasirini-kuchaytirmoda-10676108.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/846/79/8467943_71:0:1146:806_1920x0_80_0_0_beca631cf3ed005db6cd0127d3a0d3d5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
kolumnistlar, aqsh, xitoy, rossiya
kolumnistlar, aqsh, xitoy, rossiya
Rossiya va Xitoy orasida tarqoqlik urug‘lari sepishning ayni vaqti - AQSh
01:41 12.08.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Putindan so‘ng hukumat boshiga keladigan yangi avlod elitasi orasida Xitoyga qarshi tarqoqlik urug‘lari sepishning ayni vaqti, deb hisoblaydi AQSh eksperti.
Amerika o‘zining Rossiya va Xitoyga qarshi qaratilgan strategiyasida butunlay chalkashib qoldi. Amerika davlat kotibi Entoni Blinken Moskva va Pekin ustidan arz qilarkan shunday deydi:
“Rossiya va Xitoy hukumatlari – boshqalar bilan bir qatorda omma oldida AQShning obro‘yini to‘kishga harakat qilishmoqda. Ular AQSh inqirozag yuz tutayotganini aytib boshqa davlatlarga o‘z kelajagini demokratik AQSh bilan o‘zlarining avtoritar rejimlari bilan bog‘lashga chaqirishmoqda. Biz ularga haligacha har taraflama juda kuchli davlat ekanligimizni eslatib qo‘ymoqchimiz”.
Deya, bosh kotib AQShning turli kuchli tomonlarini sanab o‘tdi: ularning tengi yo‘q alyans va hamkorlar tarmog‘i, Yer sharida eng jangovar qurolli kuchlari va boshqalar. Shu bilan birga, Blinken AQShning ayrim zaif tomonlari, xususan, ichki infrastuzilma sifati bo‘yicha dunyoda 13-o‘ringa tushib ketgani, innovatsiyalarga kiritilayotgan sarmoyalarning YaIMga nisbati bo‘yicha 9-o‘ringa tushib ketganini va boshqa faktorlarni sanab o‘tdi.
Shundan so‘ng o‘z prezidenti Baydenning so‘zlarini takrorlab, “bugungi kunda demokratiya butun dunyoda xavf ostida ekanini, avtoritarizm va millatchilik tobora kuchayib borayotganini” va “AQSh inson huquqlari uchun har kuni kurash olib borayotganini” aytib o‘tdi.
Ushbu gaplardan so‘ng o‘z-o‘zidan savol paydo bo‘ladi, agar AQSh haqiqatdan shunchalik kuchli va yetakchi davlat bo‘lsa, boshqalarning ularga qarshi tashviqoti ularga qanday zarar yetkazishi mumkin?
Aslida esa, AQSh o‘z kuchiga unchalik ishonmaydi. Ha, to‘g‘ri ularning moliya tizimi Xitoynikidan hali ham kuchli, Qurolli kuchlari esa Rossiya armiyasidan ko‘ra qudratliroq. Umumiy geosiyosiy ta’siri ham haligacha juda katta, lekin ayni damda bu yetakchilik ularning panjalari ostidan sirg‘alib chiqib ketmoqda. Va bunga sabab Rossiya va Xitoy agitatsiyasi emas, balkim Amerika qanday holda ekanini butun dunyo o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turganidir.
Amerikaning global yetakchilik strategiyasi, amerikancha dunyo g‘oyasi – amalga oshmadi. Bu strategiyaning tezkor qayta ishlab chiqishga bo‘layotgan urinishlar ham – muvaffaqiyatsiz bo‘lmoqda. Amerika ichidagi mojarolar – dunyo bularning hammasini kuzatib turib o‘ziga kerakli xulosalarni chiqarib olmoqda.
Kuchsizlikning yana bir belgisi – bu raqib ustidan to‘xtovsiz arz qilish. So‘nggi yillarda AQSh Rossiya va Xitoyni ayblamagan qaysi gunoh qoldi o‘zi? Xakerlar aralashuvi, doping, zaharlash, koronvirus kelib chiqishi, shimoly oqim qurilishi va yana ko‘plab isbotsiz dalilsiz ayblovlar. Endi bo‘lsa AQShga qarshi propaganda ham qo‘shildi.
Shu o‘rinda Vashingtonning tez-tez “Siz ularga ishonmang, biz aslida kuchlimiz”, deb takrorlashi - hatto biroz kulguli eshitiladi.
Aslida esa Moskva va Pekin ko‘proq o‘z ishlari bilan band. Ular dunyoda yangi tartib o‘rnatish, yangi kuchlar muvozanatini shakllantirish bilan band. AQSh pastga qarab ketmoqda va bu jarayon qancha vaqt davom etishini hech kim bilmaydi - balkim 10-yil balkim 30-yil.
Ushbu vaqt davomida ham AQSh dunyoda o‘z gegemonligini saqlab qolishga harakat qilayotgan eng kuchli davlat bo‘lib qoladi. Bunday “yetakchilik”ga urinish o‘zi uchun ham boshqalar uchun ham juda xavfli bo‘lishi mumkin. Buni Rossiya ham Xitoy ham yaxshi tushunishadi: bizga AQShning keskin qulashi kerak emas – va qulayotgan gegemon bilan urush ham mutlaq ortiqcha. Bizga AQSh sekin-asta pastga tushib o‘zini bosib olishi kerak.
Ularning bugungi strategiyasi esa, mutlaqo boshqacha ko‘rinadi: AQSh Xitoy undan o‘zib ketib global kuchga aylanmasdan oldin, kuchli zarba berib o‘z o‘rniga solib qo‘yishni istaydi. Buning uchun Amerika Xitoy va Rossiyani bir-biridan ajratishi kerak. Buni ko‘pchilik amerikalik strateglar yaxshi tushunishadi, lekin qanday amalga oshirishni bilishmaydi.
Oldinlari AQSh Rossiya va Xitoy ittifoqi hech qachon strategik mustahkam bo‘lmaydi deb hisoblashar edi. Bunga qator sabablar, jumladan amerkaliklar fikriga ko‘ra “kuchli tahlilchi” bo‘lgan rossiyalik ekspertlar xulosasi ham sabab bo‘lgan. Bunday fikrlash 2014-yildan keyin ham saqlanib qolgan. Ular Rossiya elitasi “g‘arbparast” biz istagan vaqtimiz ularni o‘zimizga qaratib olishimiz mumkin deb hisoblashar edi. Xullas, AQSh Rossiya va Xitoy munosabatlari ularga umuman bog‘liq emasligini uzoq vaqt davomida inkor qilib kelishgan edi.
Tramp davrida Amerika yetakchilari Xitoyga bosimni oshirish va Rossiyaga bosimni kamaytirishga ham harakat qilib ko‘rishdi. Lekin buning natijasi kutilganidan aksi bo‘ldi – Rossiya va Xitoy alyansi yanada kuchaydi.
Endi bo‘lsa Bayden Rossiya va Xitoyga qarshi qaratilgan - “jahon avtoritarizmi” bilan mafkuraviy kurashni boshladi. Bu bilan Amerika o‘zini boshi berk ko‘chaga yetakladi.
Amerikaliklar Rossiya va Xitoy munosabatlarini ichidan buzib yuyuborishga harakat qilishmoqda va ular ushbu buzilishni aynan Rossiya tomonidan amalga oshirilishiga harakat qilishmoqda. Buning uchun ular ruslarni Xitoy bilan birga bo‘lmaslikka, har tomondan ishontirishga harakat qilishmoqda.
“Rossiya va Xitoy bir biriga mos hamkorlar emas, ular tarixda ham har doim raqobat qilib kelgan va ushbu raqobatning ildizlari hali ham bor. Rossiyada 150 million aholi yashasa, Xitoyda 1,5 milliard, Xitoy iqtisodi Rossiyanikidan 10 baravar katta. Texnologik jihatdan ham Xitoy juda yuqori, ustiga ustak u o‘zining “Bitta belbog‘, bitta yo‘l” tashabbusi bilan an’anaviy Rossiya ta’sir hududi bo‘lgan Markaziy Osiyoga kirib olmoqda. Shuningdek Xitoyning Arktika hudida ham rejalari bor. Ushbu tafovutlarni Kreml, albatta, juda yaxshi biladi va Xitoyning arktik rejalaridan biroz xavtirda.
Shuncha katta farq bo‘lishiga qaramasdan Rossiyaning Xitoy bilan do‘st tutinishi, Moskvaning G‘arbdan norozi ekanidan darak beradi. Lekin vaqt o‘tishi bilan Rossiya va Xitoy orasidagi tafovut tobora kattarib boradi va Kreml uchun noqulayliklar tug‘dira boshlaydi.
Vashington ushbu vaziyatdan foydalangan holda, Rossiya uchun geosiyosiy va iqtisodiy xatarlarini kamaytirish maqsadida, Moskvani faqat Xitoyga bog‘lanib qolmasdan G‘arb bilan yaqinlashishga undashi kerak”.
Yuiorida keltirilgan satrlar Foreign Affairs jurnalida chop etilgan “Vashington Moskvaga Pekin bilan baxtsiz nikohidan ajralishga yordam berishi kerak” mavzusidagi maqolasida aytib o‘tilgan. Muallif Jorjtaun universiteti professori hamda Xalqaro munosabatlar kengashi katta ilmiy xodimi Charlz Kapchanga tegishlidir.
Charlz Kapchan shunchaki professor emas, u Obama davrida milliy xavfsizlk kengashi a’zosi bo‘lgan. Ya’ni bu shunchaki ekspert xulosasi emas “Vashington botqog‘ining” fikri deb aytish mumkin.
Kapchan Rossiyani Xitoydan ajratish oson bo‘lmasligini tushungan holda, rossiya-xitoy munosabatlarig barcha yo‘nalishlarda hujum qilishni taklif qilgan: ular orasida Rossiya aholisini xitoyliklarning Uzoq Sharq o‘lkasini “egallab olishi”dan tortib, “hamma narsani Xitoyga sotgan Putin”gacha bor.
Kapchanning yana bir haqiqatdan yiroq xulosasi, Rossiya va Xitoy munosabatlari faqat Si Szinpin va Vladimir Putinning o‘zaro ishonchli va iliq munosabatlariga bog‘liq va ishonchli asosga ega emas.
Muallif Moskvani Pekindan ajratish uchun AQSh hukumatiga keng ko‘lamli tadbirlar ro‘yxatini taklif qilgan. Ular orasida AQShning “demokratiya avtokratiyaga qarshi” tashabbusidan voz kechish, Moskva bilan strategik barqarorlik, kiberxavfsizlik va iqlim o‘zgarishi kabi masalalarda tutash nuqtalarini topish va boshqalar bor.
Qizig‘i, AQSh ushbu tadbirlarni nafaqat o‘zi, balkim o‘z hamkorlarini ham bajarishga majbur qilishga tayor. Hamkorlar orasida Hindiston ham bor va muallifga ko‘ra, “ushbu maqsad yo‘lida Hindistondan ayniqsa samarali foydalanish mumkin”. Buning uchun AQSh S-400 sotib olish borasida Hindistonga qarshi kiritilgan sanksiyalarni ham bekor qilishga tayyor.
Shunindek, amerikalik ekspert-siyosatchi “Rossiyaga Xitoydan bog‘liqlikni kamaytirishda ham yordam berishga tayyor”. Shu o‘rinda Kapchan “Shimoliy oqim-2”ga yashil chiroq yoqqani uchun maqtadi. Bu Rossiya vaYevropa munosabatlarini chuqurlashtirish mumkin".
Ajratish jarayonining yana bir yo‘nalishi, bu Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikada Xitoyning strategik va iqtisodiy ta’sirining oshib borayotganiga qarshi kurashishdir. “AQSh ushbu yo‘nalishlarda Rossiya manfaatlariga aynan Xitoy doimiy ravishda zarar yetkazib kelayotganini Rossiyaga uqtirishi kerak”, deb yozadi ekspert.
Bu borada Kapchan, albatta, o‘ziga ma’qul bo‘lgan g‘oyalarni haqiqat deya mubolag‘a qilmoqda, chunki na Rossiya na Xitoy siyosati bir-birining rivojlanishini “ushlab turishga” qaratilmagan. Ularning ikkisi ham AQSh va umuman anglosakslarni Yevroosiyodan quvib chiqarishni istaydi xolos.
Umuman olganda Kapchanning maslahatlarida hech bir yangilik yo‘q – ulardan yagona xulosa shuki, agar Moskva va Pekin orasida mafkuraviy urush boshlansa, u juda xavfli bo‘lishi mumkin. Bayden ma’muriyatining bir qismi aynan mana shunga harakat qilmoqda.
Kapchan g‘oyalari juda puxta o‘ylangan, mantiqan raso bo‘lsada, amalda ular haqiqatdan ancha uzoq bo‘lib qolmoqda. Vashington hech qachon Moskvani Pekindan ajrata olmaydi.
Lekin ushbu buzg‘unchi g‘oyalar orasida, faqat bittasi – hayotga tatbiq etilishi mumkin. U juda oddiy – “milliy elitalar sotilishi” deyiladi.
“Putin davlat boshida ekan Rossiya hozirgi yo‘nalishida davom etishi mumkin. Lekin Xitoy shaxdam qadamlar bilan geosiyosiy rivojlanish yo‘lidan borarkan, hozir Moskva va Pekin orasida o‘zaro dushmanlik urug‘lari sepishning ayni vaqti. Ayniqsa Putin ketganidan keyin hukumat boshiga keladigan, Rossiya davlat xizmatchilarining yangi, yosh avlodi orasida”, - deb yozadi Kapchan.
Ha bu ular uchun to‘g‘ri g‘oya, Putindan keyin keladigan avlodlar Xitoy bilan strategik hamkorlikni G‘arb bilan yaqinlikka almashtirishi kerak. Ya’ni Rossiya milliy manfatlaridan voz kechishi, ularni sotishi va davlat rivojlanish yo‘nalishini o‘zgartirishi kerak.
Bu yerda faqat bir narsa deyish mumkin – Bu hach qachon malga oshmaydi. Chunki Putindan keyin kelayotgan yangi milliy elita elita, Putin tomonidan yaratilmoqda va ular G‘arbga tobelikdan xoli bo‘ladi va Sharqqa ham tobe bo‘lib qolmaydi.