Tramp: Rossiya va Xitoy Bayden ustidan ochiqchasiga kulmoqda

© AP Photo / Chris SewardBivshiy prezident SShA Donald Tramp
Bivshiy prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2021
Obuna bo‘lish
AQShning sobiq prezidenti Rossiya va Xitoy Jo Bayden ustidan ochiqchasiga kulyapti deb hisoblaydi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya va Xitoy amaldagi davlat rahbari Jo Bayden ustidan ochiqchasiga kulyapti deb hisoblaydi. Bu haqda sobiq Amerika yetakchisi Respublikachilar partiyasining Shimoliy Karolinada o‘tgan qurultoyida ma’lum qildi.
“Ular (demokratlar) mamlakatimizni yo‘q qilishmoqda, endi esa Bayden ustidan xitoylik muzokarachilar va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ochiqchasiga kulmoqda. Ular uning ustidan kulmoqda, ular mamlakatimizni tahqirlamoqda”, - dedi Tramp.
AQShning sobiq prezidenti kulish va tahqirlash aynan nimada namoyon bo‘lganiga aniqlik kiritmagan.
Shu bilan birga Tramp uning Putin bilan “juda yaxshi munosabatlari” bo‘lgani, ammo hech kim uningdek Rossiyaga qarshi qattiqqo‘l bo‘lmaganini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerikaning amaldagi ma’muriyati AQShni “vayron qilmoqda”. “Hozir biz bu yerga to‘plangan vaqtda ko‘z o‘ngimizda mamlakatimizni yo‘q qilishmoqda. Jinoyatchilik o‘smoqda, politsiya departamentlari qismlarga bo‘lib tashlangan va yetarlicha moliyashtirilmagan”, - deya xulosa qildi sobiq rahbar.
Yangiliklar lentasi
0