AQSh Rossiya sportiga "chegarasiz urush" e’lon qildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOlimpiada-2020. Sinxronnoy plavanie. Gruppa. Proizvolnaya programma
Olimpiada-2020. Sinxronnoy plavanie. Gruppa. Proizvolnaya programma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2021
Obuna bo‘lish
Sizningcha, Tokio Olimpiadasida muvaffaqiyatli chiqish va eng og‘ir doping nazoratidan o‘tish orqali rossiyalik sportchilari o‘zlarining barcha muammolarini hal qilishdi deb o‘ylaysizmi? Afsuski yo‘q. Sportimiz uchun muammolar endigina boshlanadi, shekilli.
Amerikalik kongressmenlar yangi qonun loyihasini ishlab chiqdilar, unga qaraganda hatto surrealistik "Rodchenkov qonuni" xali boshlanishiga o‘xshaydi. AQSh Kongressi Xelsinki komissiyasi tomonidan tuzilgan "Oltin akt" doping qoidabuzarliklarini og‘ir jinoyat - pul yuvish va reket bilan tenglashtirishni taklif qiladi.
Agar qonun qabul qilinsa, butun dunyo uni qo‘llash sohasi bo‘ladi. AQSh maxsus xizmatlari hech bo‘lmaganda bitta amerikalik sportchi ishtirok etadigan, hech bo‘lmaganda bitta Amerika kompaniyasi homiyligida yoki hech bo‘lmaganda bitta Amerika telekanali efirga uzatadigan har qanday xalqaro sport musobaqasida "doping sxemalarini tashkilotchilarini" qidiradi.
Lavrov ne isklyuchil, chto rossiyskix diplomatov vsled za sportsmenami obvinyat v primenenii dopinga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2019
Lavrov: tez orada rossiyalik diplomatlarni doping iste’mol qilishda ayblashadi – video
Pul yuvish va reket qarshi kurash (RICO) qonunlar to‘plami 1970-yilda AQShda mafiyaga qarshi kurash uchun qabul qilingan. Hujjatlar bu jinoyatlarda gumon qilinayotganlarni yashirincha eshitish, kuzatib borish va sudda telefonlarni tinglash materiallaridan foydalanish mumkin. RICO Nyu-Yorkning kriminal avtoritetlar va Los -Anjeles va Ki-Uestning korrupsionerlarini qamoqqa olish uchun qo‘llanildi. Ularning ko‘plari hali ham "uzoq qamoq muddatlarini" o‘tamoqda.
"Oltin akt", xuddi "Rodchenkov akti" singari - mutlaqo eksterritorial. Hujjat Amerika maxsus xizmatlari butun dunyo bo‘ylab boshqa mamlakatlari fuqarolari orqasidan kuzatadi.Yashirincha kuzatish, eshitish, hibsga olish va AQShga ekstraditsiya qilishni so‘rash, bank hisoblarini bloklash ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, sirli "maxsus operatsiyalar" ni bajariladi. Bu yerda amerikalik sheriklar nimani nazarda tutayotganini xatto taxmin qilmoqchi emasmiz.
Pod predsedatelstvom prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos videoselektornoe soveshanie po voprosam razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2019
Olimpiya o‘yinlari, doping: Mirziyoyev sport mutasaddilarini tanqid qildi
Bu qonun aynan kimga qarshi qaratilganini hech kim yashirmaydi. "Rossiya kabi avtoritar davlatlar uchun doping asimmetrik qurol bo‘lib qoladi, u bilan qonunni buzadi",-deydi Xelsinki komissiyasi a’zosi, "Oltin akt" mualliflaridan biri Jo Uilson.
Xelsinki komissiyasi hamraisi, kongressmen Stiv Koen tushuntirishicha, qonun loyihasining zarurligini amerikalik sportchilarning Tokio Olimpiadasidagi shikoyatlarini isbotlaydi. "Hamon dopingni ishlatilmoqda, deb gumonsiramoqda sportchilarimiz", - dedi Koen.
Bu amerikalik Rayan Merfi ustidan g‘olib bo‘lgan suzuvchimiz Yevgeniy Rilovga aniq ishora, u 200 metr masofada oltin tortib oldi. "Bu yerda hamma narsa 100 foiz toza bo‘lganmi, bilmayman", - dedi mag‘lubiyatga uchragan sportchi. Keyin uning terma jamoadagi hamkasbi Lili King xuddi shu mavzuda gapira boshladi. "Bu Olimpiadada bo‘lishi kerak bo‘lmagan odamlar ko‘p", - dedi u.
Vratar sbornoy UZbekistana Ignatiy Nesterov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2019
Doping mojarosi: O‘FA Ignatiy Nesterov ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
Vaziyat juda bema’ni. WADA ham, XOQ ham Rossiya g‘oliblarida taqiqlangan moddalar topilmaganini bir necha bor tasdiqlagan. Ular halol kurashdilar va g‘alaba qozonishdi. Ammo mag‘lubiyatga uchragan amerikaliklar bunga tan bermayapti va mana ular yaxshiyam hozircha armiyani emas, o‘z xavfsizlik xodimlarini yordamga chaqirishmoqda.
Unda Davlat departamentida Olimpiada medallarini berish kerak - faqat Amerika fuqarolariga, albatta? Yoki biron bir chempionat tashkilotchisi - mamlakatning qirg‘oq chegarasiga samolyot tashuvchi kemasini olib kelish kerakmasmi? Undan amerikalik sportchilar xafa qilishmayaptimi, deb qarab turish uchun. Masalan, oltinchi yo‘lakda u yerda g‘olib kim bo‘ldi? Rusmi? Aniqmi? Yo‘q ... Yaxshisi, qayta hisoblab chiqish zarur.
So‘nggi paytdagi barcha doping janjallarining amerikalik sportchilar bilan bog‘liqligi telbalikka o‘ziga xos kuch beradi. Yuguruvchi Sha’Karri Richardson marixuana uchun diskvalifikatsiya qilindi.
Provedenie analiza v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2017
O‘zbekiston va yana 18 mamlakat sportchilari qonidan doping topildi
Gimnastikachi Simona Baylz Olimpiadada qatnasha olmadi, chunki unga ritalin olib kelinmadi. Uch yil oldin afsonaviy suzuvchi, ko‘p karra Olimpiya chempioni va jahon chempioni Rayana Loxte doping uchun diskvalifikatsiya qilingandi. Butun sport faoliyatida kortikosteroidga o‘tirib qolgan mashhur velosipedchi Lens Armstrongni eslaysizmi?
Bu faqat eng shov-shuvli janjallar. Ammo, shu bilan birga, jahon hamjamiyati nima bo‘layotganini umuman bilmaydi, masalan, AQShda professional sportida. Bu dunyoga mashhur milliy basketbol, ​​beysbol, xokkey ligalari. Minglab taniqli sportchilar, trillionlab dollarlik biznes, eng mashhur musobaqalar. Amerika antidoping qo‘mitasi USADA bu gullab-yashnayotgan yo‘nalishlarni umuman nazorat qilmaydi.
Butunjahon antidoping agentligi rahbari Oliver Niggli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2016
Doping mojarosi: opa-singil Uilyamslar, Baylz, Aloyan, navbatdagi kim?
Har bir liganing o‘z tashkiloti bor, u doping nazoratini olib boradigandek tuyuladi, lekin u yerda shunday pul aylanadiki, hech kim noqonuniy moddalar bilan ushlanmaydi. O‘ziga og‘ir bo‘ladi. 2012-yilda WADA bosh direktori Devid Xauman NBAni (Milliy basketbol assotsiatsiyasi) doping nazoratidagi "bo‘shliqlar" uchun ochiq tanqid qildi. U hatto afsonaviy basketbolchilarni o‘sish gormoni uchun testdan o‘tishga taklif qildi. Ammo ularning barchasi bu g‘oyani e’tiborsiz qoldirdilar.
Agar dopingni davlat qo‘llab-quvvatlovi haqida gapiradigan bo‘lsak, AQShdagi eng yuqori qismida Amerika sportchilarining muammolari haqida yaxshi bilishadi. Bu tizimli jarayonlar, ular faqat avloddan-avlodga murakkablashib bormoqda, o‘n minglab bolalar va yoshlarni mayib qilmoqda. Yo‘q, bu Rossiya propagandasining gumonlari emas. Keling, AQSh prezidentini eshitaylik.
Prezident RF V. Putin provel zasedanie Sovbeza RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2016
Vladimir Putin Rossiyada mustaqil doping komissiyasi tuzishni taklif qildi
"Barcha darajadagi amerikalik sportchilar - professionallar, havaskorlar va universitet sporti vakillari <...> - ularning barchasi steroid yoki boshqa taqiqlangan moddalarni ishlatish balosiga qarshi tura olmaydi <...> Bosim ayniqsa yuqori darajada, milliy terma jamoadan joy olish kerak bo‘lgan vaqtda <...> chunki siz echinish xonasiga kelasiz va yozda 20 funt (to‘qqiz kilogramm) mushak to‘plagan raqibni ko‘rasiz, va siz shunday deb o‘ylaysiz: men ham shunday qilishim kerak, aks holda u terma jamoadagi o‘rnimni oladi <...> Bu ulkan muammo ... ".
Bu Jo Baydenning nutqidan iqtibos - 2008-yilda u AQShning Delaver shtatida senator bo‘lgan va shunga o‘xshash tarzda hamkasblari oldida dopingga qarshi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilishga undagan.
Ko‘rib turganingizdek, Amerika rasmiylari Amerika sportida nimalar bo‘layotganidan to‘liq xabardor. Biroq, negadir ular Rossiyada antidoping qonunlarini buzuvchilarni qo‘lga olmoqchi. Kafka dam olmoqda.
Yangiliklar lentasi
0