Doping mojarosi: opa-singil Uilyamslar, Baylz, Aloyan, navbatdagi kim?

© AFP 2023 / ADRIAN DENNISButunjahon antidoping agentligi rahbari Oliver Niggli
Butunjahon antidoping agentligi rahbari Oliver Niggli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
WADA bosh direktori Olivye Niggli tashkilot ma’lumotlar bazasiga hujumda Rossiyani aybladi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ma’lumotlar bazasi xakerlar hujumiga uchragach, amerikalik tennischilar Serena va Vinus Uilyams, gimnastikachi Simona Baylz taqiqlangan preparatlar iste’mol qilganligi, rossiyalik bokschi Misha Aloyanning Rio Olimpiadasidagi doping testi ijobiy chiqqanligi ma’lum bo‘ldi, RIA Novostiga asosan.

Fancy Bears xakerlik guruhi e’lon qilgan hujjatlarda yozilishicha, WADA Serena va Vinus Uilyams,to‘rt karra Olimpiada chempioni Baylz va basketbolchi Yelena Delle Donnga taqiqlangan moddalar qabul qilishga ruxsat bergan. Hujjatlarga qaraganda, Baylz va Delle Donnning avgustda topshirgan doping testlari ijobiy chiqqan, lekin ular sportdan chetlashtirilmagan va Rio O‘yinlarida oltin medalga erishishdi.

15 sentabr Fancy Bears yana bir hujjatni e’lon qildi. Unga ko‘ra bokschi Aloyan Rio Olimpiadasining oxirgi musobaqalari kuni topshirgan doping sinovi ijobiy chiqqan.

Chop etilgan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, tennischi Serena Uilyamsga 2010, 2014 va 2015-yillarda oksikodon, gidromorfon, prednizon, prednizolon va metilprednizolon taqiqlangan moddalarini qabul qilishga ruxsat berilgan. Vinus 2010, 2011, 2012 va 2013-yillarda prednizon, prednizolon, triamsinolon va formoterol moddalarini iste’mol qilishga ruxsat olgan. Ular nimaga asosan WADAdan bunday ruxsat olishgani haqida hujjatlarda ma’lumot yo‘q.
Baylz 2016-yil avgustida tekshiruvdan o‘tganida uning metilfenidat iste’mol qilganligi ma’lum bo‘lgan, lekin u chetlashtirilmagan va Rio Olimpiadasida to‘rtta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Unga shuningdek 2012, 2013 va 2014-yillarda amfetamin/dekstroamfetamin qabul qilishga ruxsat berilgan. Rio Olimpiadasi chempioni Delle Donn ham avgustda amfetamin tekshiruvida ijobiy natija topshirgan. Bundan tashqari u 2014 yilda WADA taqiqlagan moddalar ro‘yxatidan joy olgan amfetamin va gidrokortizon qabul qilishga ruxsat olgan.

Xitoy og‘ir atletika assotsiatsiyasi doping sababli diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

WADA va Xalqaro tennis federatsiyasi ma’lumotlar bazasiga buzib kirilganini tasdiqladi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati esa barcha amerikalik sportchilar Olimpiya o‘yinlari vaqtida dopingga qarshi qoidalarni buzmaganini ta’kidladi. Amerika antidoping agentligi rahbari Trevis Taygart opa-singil Uilyamslar, Baylz va Delle Donn taqiqlangan moddalardan davolanish maqsadida foydalanish uchun WADA ruxsatini olishganini bildirdi.

WADA bosh direktori Olivye Niggli tashkilot ma’lumotlar bazasiga hujumda Rossiyani aybladi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov rasmiy Moskva va Rossiya maxsus xizmatlarining WADA ma’lumotlar bazasiga hujumga mutlaqo aloqasi yo‘qligini bildirdi.

Rossiya antidoping xizmatining sobiq rahbari Nikolay Durmanovning aytishicha, yuqorida nomlari keltirilgan ayrim moddalarni qabul qilganlik uchun jinoiy javobgarlikka ham tortish mumkin. "Amfetamin, oksikodon va gidromorfon — afun bo‘lib, ular morfin va geroinning qarindoshi. Ritalin ham shunday. Bu moddalar uchun qamalish mumkin", – dedi Durmanov.

15 sentabr kuni esa rossiyalik bokschi Misha Aloyanning doping sinovi ijobiy chiqqani haqidagi hujjatlar oshkor qilindi. Doping sinovida Aloyanning organizmidan tuaminogeptan vositasi topilgan.

Aloyanning murabbiyi Eduard Kravsov bokschining organizmiga taqiqlangan modda unga shifokor yozib bergan tomchidorilar orqali tushganini ma’lum qildi.

Umumiy hisobda 29 sportchi xakerlar “qurboni” bo‘ldi. Payshanba kuni WADA xakerlar 8ta mamlakatning 25 sportchisiga oid ma’lumotlar oshkor etilganini tasdiqladi. WADA xakerlar faqatgina Rio-de-Janeyro Olimpiadasiga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritishgan deb umid qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0