O‘zbekiston va yana 18 mamlakat sportchilari qonidan doping topildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishProvedenie analiza v laboratorii
Provedenie analiza v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2008 yilgi Pekin va 2012-yilgi London Olimpiadasida ishtirok etgan 182 nafar sportchi qonidan dopig topildi. Ular orasida bir necha O‘zbekistonlik sportchilar ham bor.

TOShKENT, 10-maya — Sputnik. Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi (XOQ) o‘tkazgan qayta tekshiruvdan keyin 2008 va 2012-yilgi Olimpiada o‘yinlari medalistlari analizlaridan 63 ta sportchidan doping topilgan, deb xabar qilmoqda NRK.

XOK matbuot kotibi Alen Lyunserfixter aytishiga qaraganda, tekshirilgan analizlarning 182 tasida doping borligi aniqlangan. Ushbu sportchilar 19 mamlakat vakillaridir: Rossiya, Belorussiya, Baxreyn, Xorvatiya, Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Moldaviya, Ukraina, Gruziya, O‘zbekiston, Yamayka, Xitoy, Yunoniston, Ispaniya, Kuba, Germaniya va Qatar.

XOK xabariga ko‘ra, 2017-yilning 24-aprel holatiga 111 nafar sportchiga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilgan. Ulardan 65 nafari 2008-yil Olimpiada ishtirokchilari va 46  nafari 2012  yil Olimpiada ishtirokchilari.

Doping topilgan sportchilardan 61 nafari Olimpiada o‘yinlari medalllari sohiblari.

Yangiliklar lentasi
0