Lavrov: tez orada rossiyalik diplomatlarni doping iste’mol qilishda ayblashadi – video

Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh vakillar palatasining razvedka qo‘mitasi rahbari Adam Shiffning bayonotiga javob qaytardi.

Amerikalik siyosatchi Rossiya tashqi siyosiy idorasi rahbarining AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvini “Rossiya targ‘ibotining” muvaffaqiyati deb hisoblash mumkinligi to‘g‘risida fikr bildirgandi. Modomiki, u matbuot uchun yopiq tarzda o‘tkazilgan ekan.

“Men istisno qilmaymanki, tez orada sportchilar ortidan diplomatlarimizni doping iste’mol qilishda ayblashadi. Bizlarni jinoiy javobgarlikka tortishni talab qilishadi”, - dedi Lavrov.

Kongress VADA - Sputnik O‘zbekiston
Putin WADAning Rossiyani chetlatish bo‘yicha qarorini siyosiylashgan, deb atadi

U bu pozitsiyaning bema’niligi har qanday sog‘lom fikr yurituvchi kishiga ayonligi ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya TIV rahbari AQShga tashrif buyurdi. Qisqa fursatlarda hozirlik ko‘rilgan tashrif ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning navbatdagi ziddiylashuv fonida hamda Trampga nisbatan e’lon qilingan impichment bo‘yicha eshituvlar qizg‘in tus olgan bir pallada kechdi.

Lavrov avvaliga AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan suhbatlashdi, so‘ngra uni Amerika yetakchisi qabul qildi.

Lavrovning so‘zlariga qaraganda, uchrashuv  o‘zaro tushunish muhitida o‘tgan va tomonlar qator dolzarb muammolarni muhokama qilganlar. Tramp, o‘z navbatida, Lavrov bilan uchrashuvni "juda yaxshi" deb baholagan.

Yangiliklar lentasi
0