Vladimir Putin Rossiyada mustaqil doping komissiyasi tuzishni taklif qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel zasedanie Sovbeza RF
Prezident RF V. Putin provel zasedanie Sovbeza RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin Rossiya Olimpiya qo‘mitasiga, benuqson obro‘li sportchilar boshchiligida, mustaqil jamoat komissiyasi tuzishni taklif qildi.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Olimpiya qo‘mitasiga doping tekshiruvlari o‘tkazish uchun mustaqil komissiyatuzishni taklif qildi.

“Rossiya Olimpiya qo‘mistasiga mustaqil, takroran aytmoqdaman mustaqil, jamoat komissiyasi tuzishni taklif qilmoqchiman. Ushbu komissiyaga Rossiyalik mutaxassislardan tashqari chet ellik mutaxassislar, tibbiyot sohasi ekspertlari, qonunshunoslar obro‘li jamoat va sport vakillari kirishi mumkin”, — dedi Vladimir Putin, hukumat vakillari bilan bo‘lgan majlisda.

Albatta, komissiyaning asosiy vazifasi milliy dopingga qarshi kurash rejasini tez orada ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirish  bo‘ladi, — dedi prezident.

Rio-de-Janeyro Olimpiada simvollari - Sputnik O‘zbekiston
CAS Rossiya yengil atletikachilarini Olimpiadaga qo‘ymadi

Vladimir Putin, sportda doping bo‘lmasligi kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining tartib-intizom komissiyasi va  Xalqaro Doping agentligi bilan yaqin hamkorlikda ishlashni  taklif qildi. 

Prezident so‘zlariga qaraganda, ushbu komissiyaga “olimpiya oilasining hurmati va ishonchiga sazovor bo‘lgan, benuqson obro‘ga ega bo‘lgan kishi” boshchilik qilishi kerak.    

“Bunday odam bizning mamlakatda bor – u Smirnov Vitaliy Georgiyevich”, — deb qo‘shimcha qildi Putin.

Vitaliy Smirnov o‘tgan yili  80 yoshga to‘lgan edi. U 1971-yilda Joao Avelanj ketganidan keyin Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi a’zosi etib saylangan,  2011 yilda esa tashkilotning eng keksa a’zosi bo‘lgan edi.

Smirnov bir necha bor XOQ vitse-prezidenti, ijroiya qo‘mitasi raisi vazifalarida ishlab kelgan. 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab u XOQning faxriy a’zosiga aylangan edi. Smirnov Rossiya Olimpiya qo‘mitasi faxriy  a’zosi hamda Jismoniy Tarbiya va sport rivojlantirish qo‘mitasi a’zosi.

Eslatib o‘tamiz, Shvetsariyada joylashgan Sport Arbitraj sudi Rossiya Olimpiya qo‘mitasining da’vosiga rad javobi berib, Rossiya Yengil atletika federatsiyasini diskvalifikatsiya qilgan edi. Buning oqibatida 68 rossiyalik sportchi xalqaro Olimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqidan mahrum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0