O‘zbekistonda pandemiya davrida sog‘liqni saqlashga bag‘ishlangan xalqaro anjuman start oldi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVrach v zapotevshix zashitnix ochkax vo vremya raboti v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19
Vrach v zapotevshix zashitnix ochkax vo vremya raboti v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan anjuman - butun dunyodagi COVID-19ga qarshi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan.
TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida “Pandemiya davrida sog‘liqni saqlash: COVID-19ga qarshi kurashda tajriba va yutuqlar” mavzusida birinchi Xalqaro ilmiy anjuman (onlayn shaklda) start oldi. Tadbir 4-iyunga qadar davom etadi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan anjuman - butun dunyodagi COVID-19ga qarshi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan.
Molodaya samka shimpanze Anfisa v parke flori i fauni Royev ruchey na okraine Krasnoyarska - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Virusologlar yangi xavfli pandemiya haqida ogohlantirishdi
Xalqaro ilmiy kongress ishiga AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Xindiston, Yevropa davlatlaridan Italiya, Avstriya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon boshqa bir qator chet el mamlakatlarining yetakchi mutaxassislari ishtiroki rejalashtirilgan.
Pandemiya davrida respublikada qisqa vaqt ichida 20 ming o‘rinli "Karantin Markazi" qurildi, shuningdek, Namangan, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda jami 7 085 o‘rinli karantin markazlari foydalanishga topshirildi. Respublikada jami 159 ta muassasada 25 200 ta shifo o‘rinlari, shu jumladan 2 500 ta reanimatsiya o‘rinlari tashkil etildi. Toshkent viloyati Zangiota tumanida zamon talablariga to‘liq javob beradigan 4 ming o‘rinli maxsus yuqumli kasalliklarga qarshi shifoxona qad rostladi.
V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2020
Qulupnay va daromad orzusi: karantin zonada hayot qanday kechmoqda
"Inqirozga qarshi kurashish" jamg‘armasi hisobidan koronavirus infeksiyasini oldini olish tadbirlariga jami 4 825,0 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘ evaziga tibbiyot muassasalarini moddiy texnik bazasi mustaxkamlanib, zamonaviy asbob anjomlar va zaruriy tibbiy vositalar bilan ta’minlangan.
Milliy referens laboratoriyasi barpo etildi va san-epid xizmat tarkibidagi laboratoriyalar 170 ta PZR uskunalari bilan jixozlangan. Shuningdek koronavirus infeksiyasi qarshi dori vositalari, shaxsiy himoya vositalari, test-diagnostikumlar, dezinfeksion va antiseptik vositalar mahalliy ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilib, bugungi kunda amaliyotga keng ko‘lamda joriy etildi.
Koronavirus infeksiyasini tashxislash, davolash va oldini olish bo‘yicha dunyo tajribasiga asoslangan xolda 8 ta klinik standartlar ishlab chiqildi, 36280 nafar tibbiyot xodimlarini bilim saviyasi oshirilishiga erishildi.
Ampuli s vaksinoy EpiVakKorona, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Rossiyada tez orada koronavirusga qarshi to‘rtinchi vaksina muomilaga chiqariladi
Shuningdek, joriy yilda respublika bo‘yicha 4,1 mln. nafar xavf ostidagi aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlari tizimli ravishda davom ettirib kelinmoqda.
2020-2021 yillarda tibbiyot sohasiga alohida qaratilib, 55 ta xuquqiy meyoriy xujjatlar qabul qilindi, jumladan, 5 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, 25 ta prezident qaror va farmonlari va 25 ta huqumat qarorlari qabul qilindi.
Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banklari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Qarorini qabul qilinishi evaziga Sanitariya epidemiologiya xizmati salohiyatini yanada oshirishga erishiladi.
Eksponati vistavki v Uxani, organizovannoy vistavochnim sentrom, kotoriy bil vremennim gospitalem vo vremya pandemii koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
AQSh koronavirus pandemiyasi uchun aybdorni topdi
Xalqaro ilmiy kongress respublikada pandemiya davrida COVID-19ga qarshi kurashning milliy darajadagi yutuqlari va istiqbollari bo‘yicha xalqaro tajriba almashish, tibbiy yordamni va epidemiyaga qarshi tadbirlarni takomillashtirish, laboratoriya tashxisoti, reanimatsiya va intensiv terapiyaning eng muhim muammolari, kasallikdan keyingi ruhiy salomatlik hamda emlash tadbirlarining dolzarb jihatlariga qaratilgan bo‘lib, ilmiy amaliy kongress davomida olingan bilim va to‘plangan tajribalar almashinuvi respublikamizda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha vaziyatni yanada barqarorlashishiga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0