https://oz.sputniknews.uz/20210525/virusologlar-yangi-xavfli-pandemiya-haqida-ogohlantirishdi-18905576.html
Virusologlar yangi xavfli pandemiya haqida ogohlantirishdi
Virusologlar yangi xavfli pandemiya haqida ogohlantirishdi
Sputnik O‘zbekiston
Maymun chechagi yangi epidemiyalarni keltirib chiqarishi mumkin 25.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-25T18:31+0500
2021-05-25T18:31+0500
2023-04-05T18:33+0500
jamiyat
jsst
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0b/15580530_0:144:3104:1890_1920x0_80_0_0_854416a4400a3689af8a3e9a2d9f306d.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Maymun chechagi yangi epidemiyalarni keltirib chiqarishi mumkin - bunday fikr bilan Rossiya virusologlari o‘rtoqlashdi. RIA Novosti.Moskva davlat universiteti biologiya fakulteti virusologiya kafedrasi professori Aleksey Agranovskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu virus haqiqatan ham xavfli bo‘lishi mumkin, ammo vahima qilishga hojat yo‘q. Virusologiya professori Aleksandr Chepurnov hamkasbining fikriga qo‘shildi, ammo maymunlardan odamlarga chechak yuqtirish ehtimoli juda kam, deb qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatlar juda kam uchraydi va yuqumli kasallik darajasi past.Bundan tashqari, olim ta’kidlashicha, tabiiy chechakka qarshi vaksinani takomillashtirish davom etmoqda.Chechak eng dahshatli virusli kasalliklardan biri, unga chalingan har o‘n kishidan uchtasi vafot etgan. Tirik qolganlar ko‘pincha nogiron bo‘lib qolishgan.1980 yilda aholini immunizatsiya qilish bo‘yicha global miqyosdagi sa’y-harakatlaridan so‘ng dunyo bo‘ylab chechak rasman yo‘q qilindi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu tadbirni tarixdagi eng muvaffaqiyatli emlash kampaniyasi sifatida e’tirof etdi.Maymun chechagi virusi poksviruslar oilasiga tegishli. Odam qon, biologik suyuqlik, zararlangan teri yoki yuqtirgan hayvonlarning shilliq pardalari bilan, shuningdek uzoq muddatli muloqotda havo tomchilari orqali yuqishi mumkin. Asosiy alomatlar: kuchli bosh og‘rig‘i, yuqori isitma, mushaklarda og‘riq, limfa tugunlari shishishi, terida toshma (ko‘pincha yuz, kaft va oyoqlarda paydo bo‘ladi).
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0b/15580530_196:0:2908:2034_1920x0_80_0_0_40829faf4d50e3dec1344028e09e6878.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, jsst, rossiya
Virusologlar yangi xavfli pandemiya haqida ogohlantirishdi
18:31 25.05.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Maymun chechagi yangi epidemiyalarni keltirib chiqarishi mumkin
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Maymun chechagi yangi epidemiyalarni keltirib chiqarishi mumkin - bunday fikr bilan Rossiya virusologlari o‘rtoqlashdi.
RIA Novosti.
Moskva davlat universiteti biologiya fakulteti virusologiya kafedrasi professori Aleksey Agranovskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu virus haqiqatan ham xavfli bo‘lishi mumkin, ammo vahima qilishga hojat yo‘q.
"Reja asosida ishlash kerak. Issiq qonli hayvonlar (ko‘rshapalaklar, kemiruvchilar), kana, chivin va viruslari, chivinlar va boshqa bo‘g‘imoyoqlilar viruslarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish kerak", - deydi u.
Virusologiya professori Aleksandr Chepurnov hamkasbining fikriga qo‘shildi, ammo maymunlardan odamlarga chechak yuqtirish ehtimoli juda kam, deb qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatlar juda kam uchraydi va yuqumli kasallik darajasi past.
Bundan tashqari, olim ta’kidlashicha, tabiiy chechakka qarshi vaksinani takomillashtirish davom etmoqda.
"Mavjud bo‘lgan vaksina juda samarali, ammo juda reaktogen (jiddiy salbiy reaksiyalarni keltirib chiqaradi), bir qator olimlar ishni davom ettirmoqda", - dedi Chepurnov.
Chechak eng dahshatli virusli kasalliklardan biri, unga chalingan har o‘n kishidan uchtasi vafot etgan. Tirik qolganlar ko‘pincha nogiron bo‘lib qolishgan.
1980 yilda aholini immunizatsiya qilish bo‘yicha global miqyosdagi sa’y-harakatlaridan so‘ng dunyo bo‘ylab chechak rasman yo‘q qilindi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu tadbirni tarixdagi eng muvaffaqiyatli emlash kampaniyasi sifatida e’tirof etdi.
Maymun chechagi virusi poksviruslar oilasiga tegishli. Odam qon, biologik suyuqlik, zararlangan teri yoki yuqtirgan hayvonlarning shilliq pardalari bilan, shuningdek uzoq muddatli muloqotda havo tomchilari orqali yuqishi mumkin. Asosiy alomatlar: kuchli bosh og‘rig‘i, yuqori isitma, mushaklarda og‘riq, limfa tugunlari shishishi, terida toshma (ko‘pincha yuz, kaft va oyoqlarda paydo bo‘ladi).