Rossiyada tez orada koronavirusga qarshi to‘rtinchi vaksina muomilaga chiqariladi

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishAmpuli s vaksinoy "EpiVakKorona", arxivnoe foto
Ampuli s vaksinoy EpiVakKorona, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada koronavirusga qarshi uchta vaksina ro‘yxatga olingan. Bugungi kunda “Sputnik Layt” vaksinasi Rossiyada oxirgi ro‘yxatga olingan vaksina bo‘ladi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Rossiyada tez orada COVID-19 ga qarshi to‘rtinchi vaksina keng muomilaga chiqariladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijiy davlatlar elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimida ma’lum qildi.
“Biz zudlik bilan koronavirusga qarshi uchta o‘zimizning samarali vaksinamizni yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Tez orada to‘rtinchisi muomilaga chiqariladi”, - dedi Putin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Anatoliy Alshteyn  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Kasal bo‘lgandan ko‘ra, vaksina olgan yaxshi - virusolog
Rossiya yetakchisi gap aynan qaysi preparat haqida ketayotganligini ochiqlamagan.
Rossiyada koronavirusga qarshi uchta vaksina ro‘yxatga olingan. Bu Gamaleya markazining “Sputnik V”, “Vektor” markazining “EpiVakKorona” hamda Chumakov markaz tomonidan yaratilgan “KoviVak” vaksinalaridir.
Bugungi kunda “Sputnik Layt” vaksinasi Rossiyada oxirgi ro‘yxatga olingan vaksina bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0