https://oz.sputniknews.uz/20210531/aqsh-koronavirus-pandemiya-uchun-aybdorni-topdi-19005846.html
AQSh koronavirus pandemiyasi uchun aybdorni topdi
AQSh koronavirus pandemiyasi uchun aybdorni topdi
Sputnik O‘zbekiston
Tramp va Bayden to‘satdan COVID-19 haqida bir fikrga kelishdi. AQSh sobiq prezidenti pandemiya boshlanishidanoq virus Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan chiqqan... 31.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-31T16:31+0500
2021-05-31T16:31+0500
2023-04-05T18:33+0500
kolumnistlar
aqsh
xitoy
covid-19 umumjahon pandemiyasi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1f/19000391_0:164:3059:1885_1920x0_80_0_0_a239fedd0193141fc7106bdddc0bf6c0.jpg
Jo Bayden va butun Demokratik partiya og‘zida ko‘pik bilan virusning sun’iy kelib chiqishi ehtimolini inkor etgandi.Va mana – qo‘qqisdan ro‘y bergan burilish. O‘tgan haftadan boshlab prezident Bayden virusni laboratoriyada yaratilgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. liberal isteblishmentining karnayi bo‘lmish Facebook sirli kasallikning sun’iy kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan postlarni o‘chirishni to‘xtatdi.Vashington administratsiyasi koronavirusni sun’iy yo‘l bilan yaratish ehtimolini tan olishi bilanoq, darrov aybdor topildi. Prezident Bayden topshirig‘iga asosan Amerika maxsus xizmatlari faqat virus kelib chiqishining xitoycha versiyasi bilan shug‘ullanadi. Boshqa variantlar ko‘rib chiqilmayapti.XXRni beparvolikda yoki umuman qo‘poruvchilikda ayblash, albatta, hech narsa bilan tasdiqlanmagan. Xitoyliklarga qarshi ko‘p harakatli yurishlar yagona ma’lumot - The Wall Street Journaldagi maqolaga asoslangan, unda pandemiya rasmiy boshlanishidan oldin ham Uxan shahridagi ba’zi olimlar koronavirusga o‘xshash kasallikka chalingan deb yozilgan, butun voqea mutlaqo qorong‘i va isbotlanmagan.Rasmiy Pekin xitoylik olimlarga qaraganda amerikalik olimlar viruslar bilan faolroq tajribalar o‘tkazish bilan shug‘ullanishini ta’kidlab keladi. Bundan tashqari, 2019-yil yoz va kuzda ro‘y bergan voqealar ogoh bo‘lishga undaydi. Avgust oyida AQShning mashhur Fort-Detrik harbiy biolaboratoriyasi to‘satdan yopildi. Sayyoradagi eng xavfli virus va bakteriyalar u yerda saqlangan va tadqiq qilingan. “Mehr bilan tanlangan” to‘plamda - kuydirgi, chechak va vabo mavjud. O‘ta maxfiy olimlar bu namunalar bilan ijodiy eksperiment o‘tkazadi, ular asosida yangi, yanada xavfliroq variantlarni ishlab chiqarishadi.Bu yerda AQSh Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya bajarilishini o‘zaro nazorat qilish to‘g‘risidagi protokolni imzolamagan dunyodagi kam sonli davlatlardan biri ekanligini (Rossiya TIV bir necha bor aytgan) eslatish o‘rinli bo‘ladi. Ya’ni bu Konvensiyaga rozi bo‘lgan barcha davlatlar, shu jumladan Rossiya va Xitoy bir-birlarining laboratoriyalarini tekshirishlari mumkin. Ammo AQSh biolaboratoriyalarida nima qilinishi – bu fanga noma’lum. Ular Konvensiyaga amal qilishadimi yoki yo‘qmi, bu ochiq savol.Mana Fort Detrik laboratoriyasi nimanidir uchib ketishi tufayli yopildi. O‘ta maxfiylik nima, qayerga va qanday hajmda uchib ketgani haqida aniq yozishga imkon bermaydi. Biroq, o‘sha yilning sentabr oyida AQShda o‘pka kasalliklarining g‘alati epidemiyasi boshlandi. Avvaliga, bu veyplar sabab qilib ko‘rsatildi. To‘g‘rirog‘i, veyp uchun yangi, sirli aralashma, uni chekish o‘limga olib kelishi mumkin.Kasallikning alomatlari - pnevmoniya tez rivojlanishi, ichki organlarning zararlanishi - umuman, COVID-19ga juda o‘xshash. Oktabr oyida AQSh harbiylari Uxanga xalqaro sport musobaqada ishtirok etish uchun kelishadi, qator xitoylik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, amerikalik koronavirus mahalliy aholiga yuqtirishdi.Xitoylik olimlarning versiyasi bo‘yicha bahslashish mumkin, ammo umuman olganda, bu AQSh tomonidan ilgari surilgan ayblovlarga qaraganda ancha mantiqiy ko‘rinadi. Bir yildan oshiq vaqt davomida Amerikaning barcha tashviqot kuchlari virusning tabiiy kelib chiqishi nazariyasini himoya qilish uchun tashlangani ham tashvishlidir.AQShdagi koronavirus bo‘yicha bosh nazoratchi Entoni Fausi yil davomida sun’iy kelib chiqish versiyasini qat’iyan rad etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning tabiiyligidan shubhalanishga jur’at etgan "dissidentlar" tanqidga uchradi.Biroq, koronavirusning tabiiy kelib chiqishiga oid ilmiy dalillar hali topilmadi. Oxirgi marta Xitoyda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti missiyasi ularni qidirdi. Xalqaro mutaxassislar virusning ko‘rshapalaklardan odamga yuqtirish yo‘lini topa olmadilar. Bir paytlar olimlar pangolindan gumon qilishdi. Biroq, bu noyob hayvondan qanday qilib uzatuvchi zanjir bo‘lishi mumkinligi noma’lum bo‘lib qolmoqda. Bunday o‘tish uchun yagona ishonchli asos "Janubiy park" seriyasining mualliflaridan kelib chiqqan, ammo bu juda jiddiy nashrda havola etishi juda kulgili va odobsiz bo‘ladi.Umuman olganda, pangolin ham, ko‘rshapalak ham chetda qoldi. Shu bilan birga, BSST mutaxassislari Uxan laboratoriyasidan infeksiya chiqib ketish holatini topa olmadilar.Laboratoriya tadqiqotlaridagi farq ham amerikalik sheriklar foydasiga emas. XXR chet elda biolaboratoriyalari yo‘q. AQShda esa yuzdan ortiq - ular dunyoning 25ta davlatida joylashgan. G‘alati tasodifga ko‘ra, ularning aksariyati Rossiya va Xitoy chegaralarida oldida joylashgan. Birgina Ukrainada Amerikaning 16ta biolaboratoriyalari mavjud.U yerda xavfli hodisalar ro‘y berganmi? Ha, ko‘p marta. 2015-yilda Amerikaning USA Today jurnali yuzlab o‘taketgan ishlar haqida yozadi. Jurnalistlar ta’kidlashicha, faqatgina 2014-yilda bu ma’lumotlarga Ebola qo‘zg‘atuvchilari, parranda grippi va chechak kiradi. AQSh Mudofaa vazirligi "yanglishib" Janubiy Koreyadagi bazaga jonli kuydirgi hujayralarini yubordi. O‘limga olib keladigan epidemiyadan qo‘rqib, koreyslar hatto namoyishga chiqishdi.Gruziya biolaboratoriyasida amerikalik olimlar Gilead (uning asosiy aksiyadorlaridan biri, AQSh sobiq mudofaa vaziri Donald Ramsfeld) tomonidan ishlab chiqarilgan o‘ta toksik dori vositasini odamlarda sinab ko‘rishdi. Odamlar ustida o‘tkazilgan tajribalar natijasida 73 kishi vafot etdi.Ancha oldin tugagan kasalliklar epidemiyasi muntazamlik bilan Amerika biolaboratoriyalari ishlayotgan joyda boshlanadi, bu eng yoqimsiz shubhalarni keltirib chiqaradigan.O‘ta xavfli viruslar va bakteriyalarning tarqalishi oddiy beparvolikmi yoki rejalashtirilgan operatsiya ekanligini biz hech qachon bilmaymiz. Biroq, agar global hukumat diversiyasini tasavvur qilinsa - aniq nazariy jihatdan, bu hech qachon Xitoyning uslubi emas, chunki u asta-sekin va qat’iy oldinga harakat qilishni afzal ko‘radi. Bunday zo‘rayib ketadigan xatti-harakatlar so‘nggi paytlarda, o‘z qulashnii sekinlashtirish uchun behuda urinish yo‘lida, butun dunyoda tartibsizliklarni keltirib chiqaradigan, har qanday infratuzilmani yo‘q qilayotgan aynan amerikalik sheriklarga xos.
https://oz.sputniknews.uz/20210531/insoniyat-covid-26-va-covid-32-duch-kelishi-mumkin-aqsh-olimi-18996733.html
https://oz.sputniknews.uz/20210525/oldin-oylash-kerak-edi-aqsh-rossiyaga-nima-bilan-javob-berishni-topdi-18899487.html
https://oz.sputniknews.uz/20210520/ozbekistonda-aqsh-biologik-laboratoriyalari-bolmagan-va-bolmaydi-madaminov-18827360.html
https://oz.sputniknews.uz/20210518/aqsh-biolaboratoriyalari-xavfli-covid-viruslar-nimaga-qodirligini-korsatdi-onischenko-18783640.html
https://oz.sputniknews.uz/20210511/markaziy-osiyo-nega-oz-hududida-aqsh-bazalarini-qabul-qilmaydi---ekspertlar-xulosasi-18667355.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1f/19000391_164:0:2895:2048_1920x0_80_0_0_93b454ba5a03a5eb2c2980b8b1eecb21.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
kolumnistlar, aqsh, xitoy, covid-19 umumjahon pandemiyasi, rossiya
kolumnistlar, aqsh, xitoy, covid-19 umumjahon pandemiyasi, rossiya
AQSh koronavirus pandemiyasi uchun aybdorni topdi
16:31 31.05.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Tramp va Bayden to‘satdan COVID-19 haqida bir fikrga kelishdi. AQSh sobiq prezidenti pandemiya boshlanishidanoq virus Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan chiqqan, deb aytgan.
Jo Bayden va butun Demokratik partiya og‘zida ko‘pik bilan virusning sun’iy kelib chiqishi ehtimolini inkor etgandi.
Va mana – qo‘qqisdan ro‘y bergan burilish. O‘tgan haftadan boshlab prezident Bayden virusni laboratoriyada yaratilgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. liberal isteblishmentining karnayi bo‘lmish Facebook sirli kasallikning sun’iy kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan postlarni o‘chirishni to‘xtatdi.
Vashington administratsiyasi koronavirusni sun’iy yo‘l bilan yaratish ehtimolini tan olishi bilanoq, darrov aybdor topildi. Prezident Bayden topshirig‘iga asosan Amerika maxsus xizmatlari faqat virus kelib chiqishining xitoycha versiyasi bilan shug‘ullanadi. Boshqa variantlar ko‘rib chiqilmayapti.
XXRni beparvolikda yoki umuman qo‘poruvchilikda ayblash, albatta, hech narsa bilan tasdiqlanmagan. Xitoyliklarga qarshi ko‘p harakatli yurishlar yagona ma’lumot -
The Wall Street Journaldagi maqolaga asoslangan, unda pandemiya rasmiy boshlanishidan oldin ham Uxan shahridagi ba’zi olimlar koronavirusga o‘xshash kasallikka chalingan deb yozilgan, butun voqea mutlaqo qorong‘i va isbotlanmagan.
Rasmiy Pekin xitoylik olimlarga qaraganda amerikalik olimlar viruslar bilan faolroq tajribalar o‘tkazish bilan shug‘ullanishini ta’kidlab keladi.
Bundan tashqari, 2019-yil yoz va kuzda ro‘y bergan voqealar ogoh bo‘lishga undaydi. Avgust oyida AQShning mashhur Fort-Detrik harbiy biolaboratoriyasi to‘satdan yopildi. Sayyoradagi eng xavfli virus va bakteriyalar u yerda saqlangan va tadqiq qilingan. “Mehr bilan tanlangan” to‘plamda - kuydirgi, chechak va vabo mavjud. O‘ta maxfiy olimlar bu namunalar bilan ijodiy eksperiment o‘tkazadi, ular asosida yangi, yanada xavfliroq variantlarni ishlab chiqarishadi.
Bu yerda AQSh Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya bajarilishini o‘zaro nazorat qilish to‘g‘risidagi protokolni imzolamagan dunyodagi kam sonli davlatlardan biri ekanligini (Rossiya TIV bir necha bor aytgan) eslatish o‘rinli bo‘ladi. Ya’ni bu Konvensiyaga rozi bo‘lgan barcha davlatlar, shu jumladan Rossiya va Xitoy bir-birlarining laboratoriyalarini tekshirishlari mumkin. Ammo AQSh biolaboratoriyalarida nima qilinishi – bu fanga noma’lum. Ular Konvensiyaga amal qilishadimi yoki yo‘qmi, bu ochiq savol.
Mana Fort Detrik laboratoriyasi nimanidir uchib ketishi tufayli yopildi. O‘ta maxfiylik nima, qayerga va qanday hajmda uchib ketgani haqida aniq yozishga imkon bermaydi. Biroq, o‘sha yilning sentabr oyida AQShda o‘pka kasalliklarining g‘alati epidemiyasi boshlandi. Avvaliga, bu veyplar sabab qilib ko‘rsatildi. To‘g‘rirog‘i, veyp uchun yangi, sirli aralashma, uni chekish o‘limga olib kelishi mumkin.
Kasallikning alomatlari - pnevmoniya tez rivojlanishi, ichki organlarning zararlanishi - umuman, COVID-19ga juda o‘xshash. Oktabr oyida AQSh harbiylari Uxanga xalqaro sport musobaqada ishtirok etish uchun kelishadi, qator xitoylik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, amerikalik koronavirus mahalliy aholiga yuqtirishdi.
Xitoylik olimlarning versiyasi bo‘yicha bahslashish mumkin, ammo umuman olganda, bu AQSh tomonidan ilgari surilgan ayblovlarga qaraganda ancha mantiqiy ko‘rinadi. Bir yildan oshiq vaqt davomida Amerikaning barcha tashviqot kuchlari virusning tabiiy kelib chiqishi nazariyasini himoya qilish uchun tashlangani ham tashvishlidir.
AQShdagi koronavirus bo‘yicha bosh nazoratchi Entoni Fausi yil davomida sun’iy kelib chiqish versiyasini qat’iyan rad etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning tabiiyligidan shubhalanishga jur’at etgan "dissidentlar" tanqidga uchradi.
Biroq, koronavirusning tabiiy kelib chiqishiga oid ilmiy dalillar hali topilmadi. Oxirgi marta Xitoyda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti missiyasi ularni qidirdi. Xalqaro mutaxassislar virusning ko‘rshapalaklardan odamga yuqtirish yo‘lini topa olmadilar. Bir paytlar olimlar pangolindan gumon qilishdi. Biroq, bu noyob hayvondan qanday qilib uzatuvchi zanjir bo‘lishi mumkinligi noma’lum bo‘lib qolmoqda. Bunday o‘tish uchun yagona ishonchli asos "Janubiy park" seriyasining mualliflaridan kelib chiqqan, ammo bu juda jiddiy nashrda havola etishi juda kulgili va odobsiz bo‘ladi.
Umuman olganda, pangolin ham, ko‘rshapalak ham chetda qoldi. Shu bilan birga, BSST mutaxassislari Uxan laboratoriyasidan infeksiya chiqib ketish holatini topa olmadilar.
Laboratoriya tadqiqotlaridagi farq ham amerikalik sheriklar foydasiga emas. XXR chet elda biolaboratoriyalari yo‘q. AQShda esa yuzdan ortiq - ular dunyoning 25ta davlatida joylashgan. G‘alati tasodifga ko‘ra, ularning aksariyati Rossiya va Xitoy chegaralarida oldida joylashgan. Birgina Ukrainada Amerikaning 16ta biolaboratoriyalari mavjud.
U yerda xavfli hodisalar ro‘y berganmi? Ha, ko‘p marta. 2015-yilda Amerikaning
USA Today jurnali yuzlab o‘taketgan ishlar haqida yozadi. Jurnalistlar ta’kidlashicha, faqatgina 2014-yilda bu ma’lumotlarga Ebola qo‘zg‘atuvchilari, parranda grippi va chechak kiradi. AQSh Mudofaa vazirligi "yanglishib" Janubiy Koreyadagi bazaga jonli kuydirgi hujayralarini yubordi. O‘limga olib keladigan epidemiyadan qo‘rqib, koreyslar hatto namoyishga chiqishdi.
Gruziya biolaboratoriyasida amerikalik olimlar Gilead (uning asosiy aksiyadorlaridan biri, AQSh sobiq mudofaa vaziri Donald Ramsfeld) tomonidan ishlab chiqarilgan o‘ta toksik dori vositasini odamlarda sinab ko‘rishdi. Odamlar ustida o‘tkazilgan tajribalar natijasida 73 kishi vafot etdi.
Ancha oldin tugagan kasalliklar epidemiyasi muntazamlik bilan Amerika biolaboratoriyalari ishlayotgan joyda boshlanadi, bu eng yoqimsiz shubhalarni keltirib chiqaradigan.
O‘ta xavfli viruslar va bakteriyalarning tarqalishi oddiy beparvolikmi yoki rejalashtirilgan operatsiya ekanligini biz hech qachon bilmaymiz. Biroq, agar global hukumat diversiyasini tasavvur qilinsa - aniq nazariy jihatdan, bu hech qachon Xitoyning uslubi emas, chunki u asta-sekin va qat’iy oldinga harakat qilishni afzal ko‘radi. Bunday zo‘rayib ketadigan xatti-harakatlar so‘nggi paytlarda, o‘z qulashnii sekinlashtirish uchun behuda urinish yo‘lida, butun dunyoda tartibsizliklarni keltirib chiqaradigan, har qanday infratuzilmani yo‘q qilayotgan aynan amerikalik sheriklarga xos.