Qulupnay va daromad orzusi: karantin zonada hayot qanday kechmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja
V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent yaqinida maxsus "karantin shaharchasi"ning birinchi bloklari qurilganiga ham bir oydan oshdi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri ikki haftalik profilaktik izolyatsiya rejimida odamlar vaqtlarini qanday o‘tkazayotganini o‘rgandi.

Poytaxtdan bir necha kilometr narida 10 ming o‘rinli butun boshli shaharcha tashkil etilgan. Bu yerga chegaralar yopilganidan keyin mamlakatga qaytib kelganlar joylashtirilmoqda. Fuqarolar maxsus zonada koronavirus profilaktikasi va uning tarqalishining oldini olish uchun 14 kun davomida shifokorlar nazorati ostida izolyatsiyada bo‘lishadi.

Fuqarolar Karantin shaharchada qanday yashamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolar "Karantin shaharcha"da qanday yashamoqda

Karantin hududdagi hayot xaqida Toshkent shahar hokimligi ko‘magida javob olishga harakat qildik va oldik ham, ammo sog‘liqni saqlash borasidagi savollarga vazirlik xodimiga bergan savollarimiz ochiq qoldi, javob ololmadik.

Maxsus ruxsatnoma va kiyimsiz obyektga kirishning iloji yo‘q: IIV xodimlari o‘rab olingan hududni ichki tomonidan, tashqi tomondan esa Milliy gvardiya xodimlari qo‘riqlashmoqda. Biroq, choralar o‘ta qat’iy bo‘lsa ham, zarur. Kuchaytirilgan nazorat maskanlari va atrofdagi devor to‘siq turli xil mish-mishlar va uydirmalarni keltirib chiqarmoqda. Ularni puchga chiqarish uchun Sputnik muxbiri shaxsan u yerga borib, joylashtirilganlardan konteyner shaharchasida hayot qanday kechayotganini o‘rgandi.

Ko‘chma joylashtirish markazi taxminan bir oy ichida kad ko‘tardi. Hozir unda har biri 605 o‘rinli 15ta blok o‘rnatilgan. 21-aprel holatiga joylashtirilganlar soni 7 473 kishi.

Maxsus hududga kelganlar o‘zlarining karantindagi kunlarini Instagramda namoyish etish yoki Feysbukda postlar yozishdan mahrum – bu yerda uyali aloqa shahar telefonlari bilan almashtirilgan. "Sim orqali" odamlar nafaqat tashqi dunyo bilan aloqada bo‘lishmoqda, balki kerak bo‘lganda yetkazib berish xizmatlaridan ham foydalanadilar. Buning uchun ular kechayu kunduz ma’lumot markaziga qo‘ng‘iroq qilishadi.

Chekish mumkin emas, tashlang!

Karantin zonasidagi Axborot markazi rahbari Olimxon Ziyovuddinov bilan suhbatlashayotganda, navbatdagi murojaat keldi: konteynerlardan birida yashovchi juda chekishni xohlab qolgan. Erkak deyarli rahmni keltiradigan ohangda sigaret olib kelishni iltimos qilib, u hatto pulini to‘lashga tayyorligini ham aytadi. Vaziyat juda yoqimsiz, ammo operator hushmuomalalik bilan rad etdi. Bu uning o‘ylab topgani emas - Sog‘liqni saqlash vazirligi karantin zonasida chekishni taqiqlagan. Abonent tushunganday xo‘rsinadi va javob uchun minnatdorchilik bildirib, telefonni qo‘ydi.

Toshkent viloyati O‘rtasaroy tumanida xorijlan kelgan fuqarolar uchun karantin hudud tashkil qilinmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Maxsus karantin zonadan fotoreportaj

Ziyovuddinovning so‘zlariga ko‘ra, karantin hududida emizikli bolalari bor oilalar ham bor. Ularning vaqtincha yashashlari uchun maxsus ovqatlanish va gigiyena vositalari, shu jumladan bolalar tagliklari ham talab qilinadi.

Men konteyner bloklaridan birining duch kelgan birinchi raqamga terdim. Mening suhbatdoshim Feruzbek Qozog‘istondan kelgan. U yashash sharoitlaridan, ayniqsa oziq-ovqatdan mamnun.

"Bu yerda hamma narsa yaxshi. Faqatgina kichik bir muammo: dezinfeksiyalashdan keyin konteynerning eshik tutqichlari zang bilan qoplanadi. Men korroziyani ketkazgani hech qanday yog‘ topolmayapman", - deya shikoyat qiladi davlat mulkiga o‘z mulkiday qarayotgan mehnatkash mehmon.

Mehmon, shuningdek, muloqot yetishmovchiligidan jabr ko‘rmaydi: u har kuni qarindoshlari bilan qo‘ng‘iroqlashmoqda - har bir xonada telefon mavjud.

Maxsus e’tiborga talab mijozlar

Mening keyingi qo‘ng‘irog‘imga bo‘linmalardan birining shifokori javob beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, homilador ayollarga karantin hududida alohida e’tibor talab etiladi. Hozirda bunday mehmon besh nafar.

"Agar ulardan biri bugun kabob hoxlab qolsa, ikkinchisi qulupnay talab qiladi", - deydi suhbatdosh.

© Xokimiyat g. TashkentaBlyuda, kotorie podayut v karantinnoy zone pod Tashkentom
Qulupnay va daromad orzusi: karantin zonada hayot qanday kechmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Blyuda, kotorie podayut v karantinnoy zone pod Tashkentom

Uning qo‘shimcha qilishicha, karantin shaharchasining ushbu toifadagi mehmonlari uchun bo‘linma ichida piyoda sayrlarning alohida tartibi mavjud. Toza havoning yetishmasligi onaning va uning tug‘ilajak bolasining sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun rahbariyat oqilona yondoshuvga qaror qildi.

© Xokimiyat g. TashkentaBlyuda, kotorie podayut v karantinnoy zone pod Tashkentom
Qulupnay va daromad orzusi: karantin zonada hayot qanday kechmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Blyuda, kotorie podayut v karantinnoy zone pod Tashkentom

Homilador ayollarning ratsioni ham umumiy ratsiondan farq qiladi, ammo shifokorlar allergiya qo‘zg‘alishini oldini olish uchun qulupnayni tavsiya qilmaydi.

© Xokimiyat g. TashkentaBlyuda, kotorie podayut v karantinnoy zone pod Tashkentom
Qulupnay va daromad orzusi: karantin zonada hayot qanday kechmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Blyuda, kotorie podayut v karantinnoy zone pod Tashkentom

Yana bir muammo - ko‘chma lagerda tish shifokorini chaqirib bo‘lmaydi. Faqatgina og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan kifoyalanmoqda, ammo ularning ta’siri vaqtincha.

Salkam sanatoriy

Sog‘ligida hech qanday muammosi bo‘lmaganlar yopiq hududda ikki haftani kitob o‘qish, televizor ko‘rish, stol o‘yinlari bilan o‘tkazishga harakat qilmoqdalar. Bolali oilalarda uy yumushlari bilan vaqt tezroq o‘tadi.

Ko‘pchilikka "hammasi ichida" sharoiti yoqapti.

"Agar 100 dollardan to‘lasa, biz yana ikki hafta turishga tayyormiz. Bu yerda bizga barchasi yoqapti, - deya xazilomuz javob berishadi. "Sharoitlar yahshimi?" degan savolimga  uchinchi kun konteyner shaharchada yashayotgan yoshlar.  - Hammasi odatdagidek: ertalab kirib haroratimizni o‘lchaydilar, muammolar bor-yo‘qligini so‘raydilar. Muammoimiz ham bor albatta: bizga ish topishga yordam berishadimi?"

Ma’lum bo‘lishicha, bu yosh yigitlar ham ishlayotgan korxona yopilganidan keyin Qozog‘istondan qaytib kelishgan.

Davlat idoralariga ishga joylashishda yordam so‘rab murojaat qilish haqidagi maslahatimga suhbatdoshlar oyiga 600 ming so‘m taklif etilayotgan ish haqqiga katta oilani boqib bo‘lmaydi - kamida uch million pul topish kerak deb javob berdi.

Bu odam ish borasida muammolar haqida shikoyat qilayotgan mahal, qo‘shnisi, to‘satdan do‘stining gapini bo‘ldi va nosga buyurtma berishni iltimos qildi.

Tashkent bez lyudey i avto: kak viglyadit uzbekskaya stolitsa v karantin - Sputnik O‘zbekiston
Karantin Toshkentni qanday o‘zgartirdi - foto

"Men juda xohlayapman, axir qirq yil davomida chekkanman", - deydi u.

bu yerda karantindagilarning istaklari albatta bajariladi, lekin bu turdagilarimas. Faqat hayotiy zarur iltimoslar bajariladi: o‘xshasa-da, xoy-naxoy sanatoriy emas.

"Karantin asirlari"ni qarindoshlari erkalatishlari mumkin – shaharchaga oziq-ovqat, dori-darmon, gigiyena vositalari va yoki kitoblar solingan posilkalar yetkazib berilishi mumkin. Faqat sovg‘a-salomni yuborishdan oldin, ma’lumot xizmatini +99870 201 06 10 raqami orqali qo‘ng‘iroq qilib ogohlantirish yaxshiroqdir - axir, bu rejim obyekti. Va karantin axir abadiy emas - chekmasdan toqat qilish yoki hatto yomon odatdan voz kechish ham mumkin.

Yangiliklar lentasi
0